I BOB. MAHORATLI PEDAGOGNI O'QITISHDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH.
1.1. ”Kompetensiya” tushunchasi va unung pedagogik mazmuni
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o′rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo′lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo′lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo′sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o′zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o′rinda shu va shunga yondosh g′oyalar yuzasidan so′z yuritiladi.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan
bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat
va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi
“Kompetentlik” tushunchasi ta′lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan′anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o′zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o′zaro munosabatlarda yangi yo′l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to′la ma′lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo′nalish bo′yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o′zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o′rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma′lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o′z faoliyatida qo′llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo′ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:
o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy
faoliyatida samarali qo’llaydi
Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.
|