• Ektremal kompetentlik
  • Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari




    Download 175,4 Kb.
    bet4/12
    Sana09.06.2024
    Hajmi175,4 Kb.
    #261860
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mahoratli pedagogni o\'qitishda kasbiy kompetensiyani rivojlantirish.

    Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o′sishga erishish,
    malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o′z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

  • Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg′or texnologiyalarni o′zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

  • Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to′g′ri harakatlanish malakasiga egalik.

    Pedagog­olimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtai­nazardan yanada kengroq va sinchiklab o′rganish imkonini beradigan turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o′rganib chiqilgan.
    S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta′riflari keltirilgan:
    ­ o′qish­o′rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar va moyilliklarga asoslangan umumiy layoqatlilik;
    ­ bilim va vaziyatlar o′rtasidagi aloqani o′rnata bilish qobiliyati, muammoga mos keladigan hal etish yo′lini topish (kompetentlik deb aytish uchun biror­bir vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo′ladi, namoyon etilmagan kompetentlik – kompetentlik emas, yashirin imkoniyatlar bo′lib qolsa ham katta gap).
    L.M. Dolgova, P.V. Simonov va boshqalarning fikricha, kompetentlik − olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. Namunalarga o′xshash harakatlarni ko′zda tutadigan “bilim, ko′nikma va malakalardan” farqli o′laroq, kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi. “Kompetentlik – ijtimoiy amaliyot ko′rinishidagi bilim va ko′nikmalarning mavjudligi bo′lib, u ta′lim jarayoni natijalariga ijtimoiy­madaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo′yiladigan hollarda namoyon bo′ladi”, − deb ta′kidlaydi L.M. Dolgova.
    V.V. Bashevning ta′kidlashicha, kompetentliklar – insonning individual qobiliyati bo′lib, ular shart­sharoitlar o′zgargan paytda ushbu qobiliyatning boshqa shart­sharoitlarga ko′cha olishida namoyon bo′ladi. Qo′llash sohalari ularning maxsusligi va aniqligini belgilaydi (matematik, tillar bo′yicha, siyosiy va boshqa kompetentliklar). Jamiyatni o′rganish sohasida samarali faoliyat ko′rsatuvchi odam quyidagilarga qodir bo′lishi kerak, ya′ni kompetentli odam:
    1) o′zi tushib qolgan vaziyatni tadqiq eta olishi;
    2) boshqa odamlar bilan muloqot o′rnata olishi;
    3) qarorlar qabul qila olishi;
    4) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo′yicha individual va jamoaviy harakatlarni tashkillashtira olishi;
    5) faoliyatning yangi usullarini egallay olishi.
    Shunday qilib, kompetentlikni layoqatlilik, tayyorlik, imkoniyatga egalik va shu bilan birga, ma′lim bir harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo′lib, sub′ektning qo′yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kasbiy, ijtimoiy va boshqa faoliyati jarayonida namoyon bo′ladi.
    Kompetentlik – individning umuman jamiyatda va xususan kasbiy sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo′lgan, atrofidagi ob′ektlar va sub′ektlar bilan o′zaro hamkorligi bo′yicha ma′lum bir malakalari va kasbiy tajribalari shakllanganligining muayyan darajasi demakdir.
    N.G. Vitkovskayaning ta′riflashicha, kompetentlik − qo′yilgan muammolarni hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim, ko′nikma va malakalari, ma′naviy sifatlari, psixologik xususiyatlari) va tashqi (moddiy­texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarini safarbar qila olishga qodirligidir.
    Psixologik nuqtai­nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik – muayyan insonning xarakteristikasi, ya′ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo′yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir.
    N.A.Muslimov o′zining tadqiqot ishlarida o′qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya′ni motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga bo′lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o′qituvchi axborot va ma′lumotlarni uzatishga, bilim, ko′nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to′siqlarni, jismoniy va aqliy zo′riqishlarni enga olishlik, o′zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), amaliy ko′nikmalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi ko′nikmalari), hissiy sifatlar (o′z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini shakllantirishi, o′zining aniq hislari (qahr, g′azab, bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish, mag′rurlik, qo′rqish, ko′ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni boshqarishi hamda o′z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi) hamda o′z–o′zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdonlilik, o′z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o′z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o′z jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari tashkil etishini ta′kidlab o′tadi.

    Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o′ziga xos jihatlari o′rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.


    O′z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi:

    O′zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o′ziga xos jihatlari o′ranilgan bo′lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o′ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko′ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:


    Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bo′lishda o′z ustida ishlash va o′z-o′zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O′z-o′zini rivojlantirish vazifalari o′zini o′zi tahlil qilish va o′zini o′zi baholash orqali aniqlanadi.






    Download 175,4 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 175,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari

    Download 175,4 Kb.