Barkamol avlod tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o'rni




Download 107.53 Kb.
bet4/13
Sana02.11.2023
Hajmi107.53 Kb.
#93275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
web 1
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob
1.2 Barkamol avlod tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o'rni
Ma’lumki, internet-axborot va hujjatlarning o‘zaro almashinishini ta’minlaydigan kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir.
Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo) shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor.
Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferensiyalar o‘tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video yoki audiomuloqot qilish.
Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda.
Lekin internet ko‘plab foydali jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarini ham namoyon qilmoqda. Aholida ayniqsa yoshlarda axborot iste’moli madaniyatining sustligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko‘nikmaning yetishmasligi ba’zilarning g‘arazli kimsa va oqimlar ta’siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo‘liqishlariga sabab bo‘lmoqda. Xitoy Xalq Repspublikasida internetga qaramlik kasallik sifatida e’tirof etilib, uni davolovchi maxsus shifoxonalar tashkil etilgani so‘zimizning isbotidir.
Global tarmoq natijasida yuzaga kelgan eng katta muammo, bu, albatta, qaramlik, tobelik kasalligidir. Yoshlarning ko‘p vaqtini inernetda o‘tkazishlari global muammoga aylanib ulgurgan. Bugun internet ayrim yoshlar uchun mashhur yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari qahramoni Hoshimjon topib olgan sehrli qalpoqchadir.
Umuman, internetga qaramlikning eng og‘ir jihati real olamni, insoniylik burchi va vazifalarini unutishdir. Inson haqiqiy hayotda yashashi, halol mehnat qilishi, ilm olishi, zimmasidagi vazifalarini sidqidildan bajarishi, elu yurtiga fidoyilik bilan xizmat qilishi, atrofdagilarga foyda keltirishi zarur.
Internetda ko‘p vaqtini o‘tkazadigan insonning ruhiyatida mavhumlik va o‘z qobig‘iga o‘ralib olish holati kuzatiladi. Bu esa uni kelajakda “uchinchi kuchlar” tomonidan manqurtlashishi, zombilashtirilishi uchun zamiin yaratadi. Bugungi kunda buzg‘unchi guruhlar yoshlar ongiga ta’sir qilishda asosan internetdan foydalanayotganlari bejiz emas.
Internetning yana bir salbiy jihati-kishilardagi xudbinlik, manmanlik, zamonaviy tilda ifoda etganda, egosentrizm illatining kuchayishiga sabab bo‘lishidir.
Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr talabidir.
Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo'lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo'layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog'liq.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.
Bularning bari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun o'z fikrlari, qarashlari va tuyg'ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o'ziga «maftun» qilib turadi.
Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Yoki o'zlarining yozgan «asarlari» yo »maqola», «xabar», «she'r»larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko'klarga ko'tarib maqtashadi.
Qizig'i shundaki, ba'zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo'qmi, degan ishtibohga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g'aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o'sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog'iga ham etib bo'lmaydi.
Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo'lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko'kka ko'tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. G'iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba'zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o'zlariga yoqmagan odamlarning obro'sini to'kish, erga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo'qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o'ylashadi. erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo'llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo'llar bilan oshkor qilishadi. Shu sabab ko'pchilik bu tarmoqlarni yoqtirishmaydi. Lekin shunga qaramay, statistik ma'lumotlarga nazar solsak, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o'zaro muloqotga kirishishmoqda.
Xo'sh, ijtimoiy tarmoq nima o'zi, uning qanday turlarini bilamiz?
Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan – «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda.
Kishining ta'bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g'oyalar, axloqsizlik, g'ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o'tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Zero, ijtimoiy tarmoqlar tubanlik girdobiga giriftor etuvchi mafkurachilarining asosiy dastaklaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Binobarin, bu holat har birimizdan tahdidlarga nisbatan muntazam ogohlikni talab etmoqda.
Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o'tkazishga harakat qilayotgan g'arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan milliy ma'naviyatimizga yot g'oyalar va axborot xurujlarining yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari kishini tashvishga solmoqda.
Qayd etish joizki, «ommaviy madaniyat» namoyon bo'lish xususiyatlariga ko'ra, til, din, e'tiqod, irq, makon, xalq va millat tanlamaydi. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga raxna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik haqida, G'arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz va buni yoshlarga o'rgatishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, dizinformatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g'oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo'layotgan yovuz va buzg'unchi g'oyalar ta'sirini o'z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo'lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab etishlari lozim bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.

Download 107.53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 107.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Barkamol avlod tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o'rni

Download 107.53 Kb.