• Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
  • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
  • Professional ta’lim Professional ta’lim




    Download 200,51 Kb.
    bet3/5
    Sana10.01.2024
    Hajmi200,51 Kb.
    #133966
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-MAVZU
    Iqtisodiy usish, tarjimai xol, CHIZIQLI ALGEBRYA VA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARI, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AQSH MEDIA TALIMINING KINOTALIM BILAN UYGUNLASHUV MASALASI, perevod, Quruqlik gidroljgiyasidan amaliy mashg\'ulotlar, VA43111364 (1), 1-MA\'RUZA (1), 8-bob. Pulga talab funksiyasi reja-fayllar.org, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y-fayllar.org, maqola, 15 Muminov Alisher Abdumannonovich Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalriga atpDoYK, Д.Хажикулова ShKSPUATXKfani

    Professional ta’lim

    Professional ta’lim

    • Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
    • boshlang‘ich professional ta’lim;
    • o‘rta professional ta’lim;
    • o‘rta maxsus professional ta’lim.
    • Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
    • O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
    • O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.

    • Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
    • Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
    • Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
    • Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

    Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

    • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
    • Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
    • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
    • Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
    • Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
    • Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

    Download 200,51 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 200,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professional ta’lim Professional ta’lim

    Download 200,51 Kb.