• Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi
  • Chiziqli algebrya va analitik geometriya elementlari




    Download 134.5 Kb.
    bet1/7
    Sana27.11.2023
    Hajmi134.5 Kb.
    #106209
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    CHIZIQLI ALGEBRYA VA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARI
    Iqtisodiy usish, tarjimai xol, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AQSH MEDIA TALIMINING KINOTALIM BILAN UYGUNLASHUV MASALASI, perevod, Quruqlik gidroljgiyasidan amaliy mashg\'ulotlar, VA43111364 (1), 1-MA\'RUZA (1), 1-MAVZU, 8-bob. Pulga talab funksiyasi reja-fayllar.org, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y-fayllar.org, maqola, 15 Muminov Alisher Abdumannonovich Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalriga atpDoYK, Д.Хажикулова ShKSPUATXKfani

    CHIZIQLI ALGEBRYA VA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARI

    Reja:


    1. Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi

    2. Tekislikda analitik geometriya elementlari. Tekislikda to`g`ri chiziq


    Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi

    Chiziqli algebra usullari keng ko`lamda iqtisodiyotni rejalashtirish bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llaniladi. Biz quyida asosan, tarmoqlararo balansning matematik modeli bilan tanishamiz.


    Iqtisodiyotni sonli tahlil qilish va xususan, ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish masalasi o`zaro ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlar oqimlarini qarashga keltiriladi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy sistema har biri biror-bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashgan tarmoqlardan iborat deb qaralishi mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlanadi va tarmoqlar orasida mahsulot oqimlari vujudga keladi. O`zaro mahsulot oqimlarining vujudga kelishi muqarrardir, chunki har bir tarmoq o`z mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida o`zga tarmoq mahsulotidan foydalanadi yoki uni sarflaydi.
    Iqtisodiyotning normal rivojlanish asosiy shartlaridan biri barcha tarmoqlar bo`yicha ishlab chiqarish sarflari va umumiy yig`indi mahsulot orasida balansning mavjudligidir. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi ishlab chiqarish tarmoqlari sohasiga qayt-masligini va shaxsiy ehtiyojni qondirishga, jamg`arishga sarflanishini yoki eksportga chiqarilishini e`tiborga olish talab etiladi.
    Iqtisodiy sistemaning yalpi mahsuloti uning n ta o`zaro bog`liq tarmoqlarida ishlab chiqariladi deylik. Ishlab chiqarish sikli yakunlanadigan vaqtni o`z ichiga olgan davrni qaraymiz.
    x1, x2, …, xn – mos ravishda, birinchi, ikkinchi, …, n – tarmoqlar-ning natural birliklarda ishlab chiqaradigan yalpi mahsulot hajmlari bo`lsin. Aytaylik, qaralayotgan davrda x– metallurgiya tarmog`ining tonna hisobida ishlab chiqaradigan metall miqdori, x– kimyo tarmog`i-ning ishlab chiqaradigan mahsuloti miqdori, x– avtomobilsozlik tar-mog`ining ishlab chiqaradigan yengil avtomobillari soni bo`lsin va ho-kazo.
    x(x1; x2; …; xn) – sistemaning yalpi mahsulot vektori deyiladi. k –tarmoqning xk birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i – tarmoq mahsuloti sarfini xik orqali belgilaymiz. Masalan, misolimizda x13 – x3 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun 1-tarmoq mahsuloti metall sarfi miqdorini anglatadi. i - tarmoqning ishlab chiqarish sohasiga qaytmaydigan yakuniy mahsulot miqdori yi bo`lsin. u(u1; u2; …; un) – sistemaning yakuniy mahsulot vektori deyiladi.
    Sistemaning i - tarmog`i mahsuloti xi uchun moddiy balans sxemasini «mahsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlash» prinsipi bo`yicha qu-yidagicha tasvirlash mumkin.


    Moddiy balansning oqimlar tenglamalarini




    (1)

    ko`rinishda yozish mumkin.


    k – mahsulotning bir (shartli) birligini ishlab chiqarish uchun i-mahsulotning bevosita sarfi miqdori aik bo`lsin. aik kattaliklarga bevosita xarajat koeffitsientlari yoki texnologik koeffitsientlar deyiladi.
    Masalan, misolimizga qaytsak, a13 – 1 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan metall miqdoridir.
    O`z-o`zidan ko`rinadiki, i – mahsulotning k - tarmoqqa jami sarfi xik k-tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i - mahsulotning bevosita sarfi aik ning ushbu tarmoq ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori xk ga ko`paytirilganiga teng: xik = aikxk ya`ni, ishlab chiqarish sarflarida chiziqlilik printsipi o`rinli bo`lsin. (1) tenglamalar sistemasini


    yoki

    ko`rinishda yozish mumkin. Oxirgi sistemani, o`z navbatida, vektor-matritsa ko`rinishida quyidagicha yozish mumkin:





    Download 134.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 134.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiziqli algebrya va analitik geometriya elementlari

    Download 134.5 Kb.