• O‘zbekiston axborot texnologiyalari
  • O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishining huquqiy-iqtisodiy asoslari

    Download 48,2 Kb.
    bet2/3
    Sana14.06.2024
    Hajmi48,2 Kb.
    #263632
    1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu O’zbekistonda Axborot texnologiyalarni rivojlantirishning

    2. O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishining huquqiy-iqtisodiy asoslari
    Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
    Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.
    Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
    Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
    Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
    Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.
    O‘zbekiston axborot texnologiyalari
    Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
    MOBIL ALOQABugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.
    GLOBAL AXBOROT TIZIMI
    Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
    ELEKTRON RAQAMLI IMZO
    Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
    Elektron hukumat
    O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqdaO’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02 iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.
    2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.
    O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
    — davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
    — mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
    — zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;

    — davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;
    Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    — shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish;
    — malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
    Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
    — ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish;
    — 2018 yilga qadar mazkur yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
    Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.

    Download 48,2 Kb.
    1   2   3

    Download 48,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishining huquqiy-iqtisodiy asoslari

    Download 48,2 Kb.