• 4. Taraqqiyotning o`zbek modeli.
  • O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari




    Download 18.31 Kb.
    bet3/3
    Sana11.04.2023
    Hajmi18.31 Kb.
    #50410
    1   2   3
    Bog'liq
    beginner elementary placement test
    3. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.


    Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
    Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalishi belgilangan:
    1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
    2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
    3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
    4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
    5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
    Mazkur yo'nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat.
    Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
    Ayni paytda bu muhim strategiya davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab bermoqda.
    Bu bejiz emas. Nega deganda, Prezident Sh.M.Mirziyoev Asosiy Qonunimizning Istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan eng muhim vazifalarni hayotga chuqur tatbiq etish jarayonlarida ham Yo'lboshchimizning yonida turib, ta'bir joiz bo'lsa, elkama-elka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini o'tagan.


    4. Taraqqiyotning o`zbek modeli.


    O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi ta'minlanadi . «O'zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda).
    O'zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.
    O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi
    O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllant
    Download 18.31 Kb.
    1   2   3




    Download 18.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari

    Download 18.31 Kb.