• 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
  • Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI




    Download 18.31 Kb.
    bet1/3
    Sana11.04.2023
    Hajmi18.31 Kb.
    #50410
      1   2   3
    Bog'liq
    beginner elementary placement test

    Mavzu: O’ZBEKISTONNING O’Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI



    1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar

    2. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.

    3. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.

    4. Taraqqiyotning o`zbek modeli.



    1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.


    O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo etar edi.
    Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur edi».
    Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar echimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy ahvolga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday echilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini erkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi.



    Download 18.31 Kb.
      1   2   3




    Download 18.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI

    Download 18.31 Kb.