|
Mavzu Paxtani dastlabki tozalash texnologiyasi
|
Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 27,62 Kb. | | #260460 |
Bog'liq Mavzu Paxtani dastlabki tozalash texnologiyasi
Mavzu Paxtani dastlabki tozalash texnologiyasi
Reja
Paxta tozalash zavodlarining asosiy vazifasi
Paxtani chigitidan ajratish texnologiyasi
Paxta tozalash zavodlarining asosiy vazifasi har yili qabul qilingan chigitli paxtadan uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda yuqori sifatli tola, momiq va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta tozalab, ular tarkibidagi uzun tolalami ajratib olish hamda urug'lik chigitlami tayyorlashda kasalliklarga qarshi dorilash bilan ham shug‘ullaniladi. Paxta tozalash zavodlarining asosiy texnologik uskunasi ikki xil: arrali jin va g‘o‘lali jin bo‘lib, arrali jinlar o‘matilgan zavodlarda o‘rta tolali chigitli paxta, g‘oiali jinlar o'matilgan zavodlarda esa uzun tolali chigitli paxta ishlab chiqarishga beriladi. Hozirgi vaqtda respublikamizda 2-H arrali jinlar o‘rnatilgan bir qatorli va ikki qatorli (4-^8 jinlar) zavodlar bor. G ‘o‘lali jinlar ham qatorlar tarzida joylashtirib, har qatorda 8-H2 dona uskunadan bo'ladi. Arrali jinlar va linterlar o‘matilgan paxta tozalash zavodi bosh ishlab chiqarish binosidagi jinlar hamda linterlar qatori 6-rasmda keltirilgan. 7-rasmda g‘o‘lali jinlar o‘matilgan paxta tozalash zavodining bosh ishlab chiqarish binosidagi jinlar qatori (batareyasi) ko‘rsatilgan Paxta tozalash zavodining ma’lum bir vaqt ichida ishlab chiqargan asosiy mahsuloti - tolaning eng ko‘p miqdori zavodning ishlab chiqarish quwatini belgilaydi. Paxta tozalash zavodlarida o'matilgan jinlar soni har xil boigani uchun ulaming ishlab chiqarish quwati ham turli xil bo‘ladi. Paxta tozalash zavodining yillik tola ishlab chiqarish quwatini (Qt) (4) formula bilan aniqlanadigan bo‘lsa, ishlab chiqarishga kerakli xomashyo miqdorini (Qp) (5) formula yordamida hisoblanadi. 8-rasmda zamonaviy o‘rtacha quwatli paxta tozalash zavodining umumiy texnologik jarayoni sxemasi keltirilgan. Umumiy texnologik jarayon quyidagicha olib boriladi: daladan yoki paxta tayyorlov maskanlaridan avtotransportlarda (1) olib kelingan paxta o‘zining sifatiga bog‘liq qabul qilish bo'limida (2) tarozida tortiladi, sifatini aniqlash uchun texnologik laboratoriyaga namuna olinadi, keyin quritish-tozalash sexiga (3) yoki saqlash (4)ga yo‘naltiriladi. Iflosliklardan to‘liq tozalangandan keyin (5), chigitli paxta ishlab chiqarish uchun bosh binoga o‘tadi. Unda chigitli paxta jinlashga (6) beriladi, ajratilgan tola tozalash uskunasida (7) tozalaniladi va toylash uchun zichlash sexiga (11) beriladi. Chigit bo‘lsa, linterlashdan (8) keyin ajralgan momiq tozalash (9) va toylash uchun zichlash sexiga (11) keltiriladi. Jinlash va linterlashda hosil bo‘lgan tola chiqindilan regeneratsiya hamda tozalash (10)dan o‘tgandan keyin toylash uchun zichlash sexiga (11) beriladi. Toylangan tayyor mahsulotlar (12) va urug'lik, texnik chigitlar (13) hisob-kitobdan, nazoratdan to‘liq o'tkazilgandan keyin saqlash va sotish uchun (14) omborlarga, xaridorlarga jo ‘natiladi. Arrali va g‘o‘lali jinli paxta tozalash zavodlari chigitli paxtani ishlab chiqarish davrida: tola, momiq, tozalangan tola chiqindilari, urug‘lik va texnikaviy chigit mahsulotlarini oladi. Bulaming ichida tola asosiy mahsulot, boshqalari qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. 9-rasmda chigitli paxta xomashyosidan olinadigan mahsulotlar balansi ko‘rsatilgan, ulaming o'rtacha chiqish darajasi foiz hisobida berilgan. Paxta tolasidan, asosan, to‘qimachilik fabrikalarida oldin ip yigirilib, tayyorlangan ipdan har xil ko‘rkam matolar ishlab chiqariladi. Paxta tolasining tipi eng yomon ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi: la, lb, 1, 2 va 3-tipidagi paxta tolalari uzun (ingichka) tolali; 4, 5, 6 va 7-tipdagilariga esa o‘rtacha tolali paxta navlari kiradi. Har bir tipdagi paxta tolasi rangi, tashqi ko‘rinishi va dogiariga qarab 5 ta navga bo'linadi: I, II, III, IV, V. Paxta tolasining navi rangi va mikroneyr ko‘rsatkichining asosiy diapazon ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi. Paxta tolasining nuqsonlari va iflos aralashmalarining miqdoriga ko‘ra o‘zining har bir naviga qarab va tashqi ko‘rinishi namunalariga muvofiq quyidagi sinflarga bo‘linadi: oliy, yaxshi, o‘rta, oddiy, iflos Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqariladigan paxta momig‘i kimyo sanoati uchun xomashyo bo‘lib hisoblanadi. Maxsus kimyoviy ishlash asosida momig‘dan selluloza tayyorlanadi. Paxta sellulozasidan esa yuqori sifatli tola va plastmassa olinadi. Plastik massadan kinoplyonka, elektromotorlar uchun izolatsion m ateriallar, mustahkam plastik m ateriallari, uskunasozlik va qurilishda keng miqyosda ishlatiladigan lak va linoleum tayyorlanadi. 0 ‘z DSt 645:95 davlat standartiga muvofiq paxta momig‘i shtapel uzunligi bo‘yicha 2 tipga bo‘linadi. Tip A-7-^8 mm va undan uzun; Tip B-6-^7 mm va undan qisqa. Tashqi ko‘rinishi, rangi va pishib yetilganligi bo‘yicha paxta momig‘i I va II navlarga ajratiladi. Har qaysi tip va navdagi paxta momig‘i iflos aralashmalari va butun chigitlaming massaviy ulushi bo'yicha 3 ta sinflarga bo‘linadi: oliy, o‘rta, iflos. Paxta chigiti awalo respublikadagi moy-yog‘ zavodlari uchun eng asosiy xomashyo hisoblanadi. Bir tonna texnik chigitdan 170-:-200 kg yog‘ olish mumkin. Ishlatish me’yori bo‘yicha paxta yog‘i dunyoda soya, kungaboqar va araxis yog‘laridan keyin to‘rtinchi o'rinni egallaydi. Paxta yog‘ining ayrim qismini texnikaviy maqsadda ishlatiladi, ya’ni atir va xo‘jalik sovunlar, moy va xalq xo‘jaligiga kerakli boshqa maxsus moy olish uchun ishlatiladi. Urug'lik chigitlar har yilgi hosildorlik uchun qishloq xo'jaliklariga ekish uchun tayyorlab beriladi. 0 ‘z DSt 596-93 davlat standartiga muvoflq texnik chigit tarkibidagi nuqsonli chigit miqdoriga qarab 4 ta sanoat naviga bo‘linadi: I, II, III, IV. Chigit tukdorlikning massaviy ulushi I, II, o‘rta tolali seleksion navlari 5-H0,5%, uzun tolali seleksion navlar 2+1,5 % bo'lsa, III, IV o‘rta tolali seleksion navlari 7-H3%, uzun tolali seleksion .navlari 4^-9 % dan ortmasligi kerak. Paxta tozalash zavodlarida olinadigan tolali chiqindilar karton, ruberoyid olishda xomashyo hisobida ishlatilsa, matras, ko‘rpachalar, yumshoq mebellar tayyorlashda ulaming ichiga qo‘shib ishlatiladi. Tolali chiqindilami paxta zavodlarida qayta ishlash natijasida ajratib olingan tolalar to‘qimachilik sanoatida va tibbiy paxta tayyorlashda foydalaniladi. Paxta tozalash zavodi chiqindilari texnik sharoitlar TSh 30-01- 2002 va TSh 30-02-2002 ga muvofiq ikki xilga bo‘linadi: ♦ kalta momiq aralashgan chiqindilar (TSh 30-01-2002); ♦ ulyuk aralashgan chiqindilar (TSh 30-02-2002). Bularning tarkibida: tola, momiq, m ag‘iz ulyuk va iflos aralashmalari bo'ladi. Tolali qismining massaviy nisbati 10^-30% m e’yorida bo‘lishi kerak.
|
| |