|
Payvandlash usullarining tasnifi
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #231751 |
Bog'liq Mavzu Payvand birikmalar va choklarning asosiy turlariPayvandlash usullarining tasnifi
Metallami payvandlash usullarini GOST 19521-84 ga ko’ra quyidagi sinflarga ajratiladi:
Termik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektr yoy yordamida, elektr shlakda, elektron nurida, gaz alangasida, plazmada va boshqalar) da metallarni payvandlash joylarini qizdirishda ajraluvchi issiqlik energiyadan foydalaniladi.
Termomexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektrokontakt, gaz alangasida qizdirib presslash va boshqalar) da metallarni payvandlash joylari ajraluvchi issiqlik energiyada qizdirilib, yuqori plastik holatga keltirilib bosim bilan siqib payvandlanadi.
Mexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (ultra tovush yordamida, portlovchi moddalarni portlatib, sovuqlayin ishqalab va boshqalar)da metallarni payvandlash joylari mexanik energiyani issiqlikka aylanishida qizib yuqori plastik holatga keltirilgach bosim bilan siqib payvandlanadi.
Payvand chok bilan biriktirilgan bir qancha elementlar to’plami payvand birikma deb yuritiladi.
Payvandlash yo’li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko’proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.
Uchma-uch birikmalar (1-
2-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari:
Uchma-uch birikmalar (2-rasm: a). Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo’shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko’proq tarqalgan. Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to’g’rilamoq zarur.
Ustma-ust birikmalar (2-rasm: b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10-12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi.
Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.
Burchak hosil qilgan birikmalar (2-rasm: v). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to’g’ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo’yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).
|
| |