• Pedagogik mahorat” fanining maqsadi
  • Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari
  • Shuning uchun xozirgi kun tarbiyachisi
  • Mavzu: pedagogikning ijodkorlik sifatlari uning faoliyati va inovatsion jarayoni




    Download 124.5 Kb.
    bet8/15
    Sana07.12.2023
    Hajmi124.5 Kb.
    #113370
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI
    Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti
    Mahorat-bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish san’atidan iborat. Pedagog o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biluvchi, fan va san’atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o‘qitish va tarbiyalash metodikasini har tamonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Bo‘lajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda ma’ruza darslarining o‘rni qanchalik zarur bo‘lsa, seminar mashg‘ulotlarining o‘rni ham shunchalik muhimdir.
    Pedagogik mahorat” fanining maqsadi- pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
    Pedagogik mahorat-bu tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishda, psixologik va metodik tayyorgarlikda, yoshlarni o‘rgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab-topib amaliy faoliyatda
    Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari
    Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi.
    Maktabgacha ta’lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo‘lib juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
    Shuning uchun xozirgi kun tarbiyachisi

    • pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;

    • O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan, e’tiqodli fuqaro;

    • ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni muqammal egallagan;

    • pedagoglik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘radigan, har bir bola ulg‘ayib, yaxshi inson bo‘lishiga chin ko‘ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashadigan;

    • erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‘lmog‘i darkor.

    Davlatimiz xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan pedagogga bog‘liq. Hozirgi kunda ta’lim - tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, pedagoglarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qilib o‘stirish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan.

    Download 124.5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 124.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pedagogikning ijodkorlik sifatlari uning faoliyati va inovatsion jarayoni

    Download 124.5 Kb.