• Pedagogik ijod
  • Xush pedagog maxorati nima va u nimalardan tashkil topgan?




    Download 124,5 Kb.
    bet10/15
    Sana07.12.2023
    Hajmi124,5 Kb.
    #113370
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI
    Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti
    Xush pedagog maxorati nima va u nimalardan tashkil topgan?
    Bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarning yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamdir.
    Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, pedagoglik kasbi murakkab va ma’suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni ta’minlaydi. Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon–e’tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob–axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular pedagoglarda kasbiy xususiyatlarni o‘zida tarbiyalab borishga ko‘maklashadi.
    Yuqorida qayd etib o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta’rif, hamda - tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo‘yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat
    Bularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yaxlit holda-tarbiyachi (pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi. Zero, pedagogik texnika–o‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini o‘zatish texnologiyasini ифодаласа, pedagogik muomala–kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, ta’lim-tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.
    Pedagogik ijod–pedagogning mahorat pillapoyalaridan ko‘tarilishida yaratuvchanlikni, tashabbuskorlikni, pedagogik uddaburonlikni va tadbirkorlikka eltuvchi yo‘lni, bu yo‘ldagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni anglatadi. O‘z navbatida bu sohada pedagogning pedagogik qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u pedagogik jarayonda pedagogning aqliy, emotsional–irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimdonligini va ularning bir-biriga bog‘liqligini hamda yaxlit bir butunlik kasb etishini ifodalaydi.

    Download 124,5 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 124,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xush pedagog maxorati nima va u nimalardan tashkil topgan?

    Download 124,5 Kb.