Ko‘nikmalar – pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usulidir. Malakalar




Download 124,5 Kb.
bet13/15
Sana07.12.2023
Hajmi124,5 Kb.
#113370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI
Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti
Ko‘nikmalar – pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usulidir.
Malakalar pedagogning ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisidir. Ular pedagog kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluvchi jarayonlardir, ular qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida pedagog kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud pedagog ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarda ro‘yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ko‘nikmalarni umumlashtirib mohirlik ham deb ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo bo‘lish jarayonida shakllanadi.
Pedagogning pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V.Kuzmina shunday yozadi: “Ta’lim – tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar pedagog o‘z pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste’dodning pedagogda yo‘qligi natijasida ro‘y beradi”. Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan pedagoglar faqat o‘zlari egallagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadilar. Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun pedagogda layoqat, zehn va qiziqish bo‘lishi kerak. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari. Pedagogik– psixologiyada pedagog qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat o‘zoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning o‘zoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
Pedagog faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud.

Download 124,5 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 124,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘nikmalar – pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usulidir. Malakalar

Download 124,5 Kb.