Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi




Download 124.5 Kb.
bet14/15
Sana07.12.2023
Hajmi124.5 Kb.
#113370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PEDAGOGIKNING IJODKORLIK SIFATLARI UNING FAOLIYATI VA INOVATSION JARAYONI
Fizika amaliy topshiriq, PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI, 2 5197699748659727758, rossiya-byudjeti
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning amarali bo‘lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir.
Pedagogik texnika–pedagogning nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari–bu avvalo pedagogning mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali bolalar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir. Pedagogning pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida pedagog ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, ta’lim oluvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari pedagogning shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z– o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi (mimika, pantomimika);

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;

  • mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;

  • nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi. Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari pedagogning shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:

  • pedagogning didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;

  • ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;

  • ta’lim muassasasida va pedagogik jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;

  • bolalar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.

Pedagogning tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o‘ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘rinishda sahnada namoyish etsa, pedagog butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida bolalar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko‘radi, guruh jamoasidagi o‘ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majburdir. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun pedagogdan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
XULOSA
Pedagog eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqot jarayonida pedagogning so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda jamiyatning pedagoglik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi pedagogga bog‘liq. Ijodiy faoliyat olib boruvchi pedagog faqatgina ta’lim oluvchilarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or pedagoglar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon pedagogi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.
Qobiliyat–shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisiga aytiladi, zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qaramaqarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va uning yettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini pedagog pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveyeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va pedagogning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:



Download 124.5 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 124.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi

Download 124.5 Kb.