• Tayanch so‘z va iboralar
  • 1-Mavzu: fanga kirish reja: Fanning ta’rifi va mohiyati




    Download 266.87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana02.04.2024
    Hajmi266.87 Kb.
    #185026
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 маъруза
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi


    1-Mavzu: FANGA KIRISH 
    Reja: 
    1. 
    Fanning ta’rifi va mohiyati. 
    2. 
    Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar 
    3. 
    Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli
    Tayanch so‘z va iboralar: texnologiya, axborot, axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari, axborotlashtirilgan jamiyat , axborotlashtirish  
     
    1. 
    Fanning ta’rifi va mohiyati 
    «Texnologiya» grekcha so‘z bo‘lib(techne) mohirlik, ustalik, biror ishni 
    uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo‘llanilgan. Jarayon 
    deganda esa maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui 
    tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi 
    va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
    Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish 
    jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot 
    shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining 
    majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
    Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham, 
    mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki xodisa 
    to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo‘ladi. Texnologiya xodimning 
    axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon 
    bo‘ladi.
    Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning 
    boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy 
    elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik 
    operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur 
    texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, 
    mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish 
    uchun jalb etish mumkin bo‘lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
    Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab 
    beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq emas) tabiiy 
    (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy 
    izlanishlari natijasida to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil 
    etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi 
    butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. 
    Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy 
    tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
    Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga 
    nisbatan ta’siri har xil bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki 
    prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
    Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi mahsulotni 
    olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va 
    qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish 


    jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
    asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
    Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot 
    ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiyalar ro‘yhatini 
    belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga 
    oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan), amalda 
    o‘sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim 
    funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‘ta 
    murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni 
    yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‘qligi 
    haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda, 
    tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, 
    material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish jarayoni tushuniladi.
    Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini 
    xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul 
    qilish mumkin.

    Download 266.87 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 266.87 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: fanga kirish reja: Fanning ta’rifi va mohiyati

    Download 266.87 Kb.
    Pdf ko'rish