|
Mavzu: power point dasturi bilan ishlashni o’rganish
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 17,03 Kb. | | #139008 |
Bog'liq 7-mavzu Taqdimotlarni tayyorlash Power Point
MAVZU:POWER POINT DASTURI BILAN ISHLASHNI O’RGANISH
Taqdimot muharrirlarining maqsadi turli jarayonlar uchun taqdimotlar yaratishdan iborat. Bu maqsadda MicroSoft firmasi foydalanuvchilarga Power Point dasturini yaratgan. Slaydlar yaratishning usullarini Power Point 2016 varianti orqali tanishamiz. Power so‛zining ma’nosi “biror bir narsaga jon bag‛ishlash” yoki “qurilmalarni yoqish” kabi ma’nolarni anglatadi.
Point so‛zining ma’nosi esa “nuqta” degani. Demak, Power Point so‛zining ma’nosi “nuqtani ishlatish”, “nuqtaga jon kiritish” ma’nolari bilan mos keladi. Power Point taqdimot yaratish dasturlari ichida eng yaxshisi va qulay dastur hisoblanadi. Sababi WORD, Excel dasturlari bilan ishlashni o‛rgangan foydalanuvchilar uni tez o‛zlashtiradilar. Ma’ruzachi biror axborotni tinglovchiga yetkazishda namoyish materiallaridan foydalanadi.
Namoyish materiallari qog‘oz, elektron, plyonka, va prospektlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Power Point ushbu ko‘rinishdagi namoyish materiallarini tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy dastur hisoblanadi. Power Point dasturida inson faoliyatidagi (biror sohada) namoyish uchun to‘plangan materiallarni slaydlarga joylashtirish, ularni multimedia (matn, audio, video, animatsiya va grafik ob’yekt)lardan foydalanib shakllantirish, masalan: matn mazmunini rasm ko‘rinishida tasvirlash, maxsus effektlar yordamida bezash orqali tezkor taqdimotlar yaratishni ta’minlaydi. Power Point dasturi vа uning ish оynаsi Power Point dasturida ikkita asosiy tushuncha mavjud, slayd - multimedia tizimlarini ko‘rsatuvchi sahifa va taqdimot - slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, u bitta faylda saqlanadi. Power Point boshqa dasturlar bilan chambarchas bog‘langan. Power Point taqdimotlarini yaratishda Word matnlarini, Excel elektron jadvallarini va grafikani bog‘lash mumkin.
MS Power Point dasturi yordamida turli mazmundagi ma’ruzalar, hisobotlar, dasturlar va shu kabi hujjatlarni slaydlar tarzida tayyorlash mumkin. POWER POINT dasturining imkoniyatlari quyidagilardan iborat:: • Taqdimot (prezentatsiya) va slaydlar tashkil qilish; • Rasm va grafiklarni slaydlarga joylashtirish; • WEB uchun taqdimot (prezentatsiya) tashkil qilish; • Internetda hamkoplikda ishlash; • MS OFFICE dasturlari bilan hamkoplikda ishlash. Power Point 2016 dаsturini ishga tushirish Power Point 2016 dаsturini yuklаshdаn оldin Windows 10 аmаliyot tizimi dаsturini yuklаsh lоzim. Bu esа sоddа, yа’ni hоzirgi pаytdа kоmpyuter yuklаnishi bilаn аmаlgа оshаdi. Power Point dаsturini yuklаsh jаrаyoni quyidаgichа: “Sichqоnchа” ko‘rsаtkichi ekrаnning quyi qismidа jоylаshgаn Пуск (Start) tugmаchаsigа keltirilib chаp tugmаsi bоsilаdi. So‛ngra ekranda hosil bo‛luvchi dasturlar ro‛yxatidan PowerPoint 2016 tanlanadi va “sichqоnchа” chap tugmasi bosiladi: Natijada kompyuter ekranidagi quyidagi boshlang‛ich oynadan dastur taklif qilayotgan slaydlarning ko‛rinishlardan biri, masalan, [Пустая презентация] tanlanadi. Natigada ekranga Power Point 2016 dasturining ish oynasi hosil bo‛ladi: Tez foydalanish paneli– foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez-tez foydalanib turiladigan buyruqlarning belgisini joylashtirish va zarur bo‛lganda foydalanish imkonini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo‛shish uchun panelning oxiridagi tugmaga kelib “sichqoncha” chap tugmasini bosish kerak. So‛ng ro‛yxatdan kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sarlavha satrida ayni vaqtda tayyorlanayotgan hujjatning (faylning) nomi va muharrirning nomi aks etadi. Excelda tayyorlanayotgan taqdimot (презентация) deb nomlanadi.
Аgаr yаngi hujjаtgа nоm berilmаgаn bo‛lsа, u hоldа dоimiy qаbul qilingаn birinchi hujjаt uchun Презентация ikkinchisi uchun Презентация vа hоkаzо nоmlаr berilаdi. POWER POINT dasturi lentalari Power Point 2016 dasturida quyidagi lentalardan foqdalaniladi: Файл; Главная; Вставка; Дизайн; Переходы; Анимация; Слайд-шоу; Рецензирование; Вид. 1. Dasturning Файл lentasi fayllar ustida turli amallarni bajarishga imkon beruvchi buyruqlardan tashkil topgan: Сведения - fayl haqida turli ma’lumotlarni olish; Создать – yangi fayl hosil qilish; Открыть – mavjud faylni ochish; Сохранить – faylni saqlash; Сохранить как – faylni boshqa nomda saqlash; Печать – faylni chop etish; Закрыть – dasturni yopish. 2. Dasturning Главная - bosh lentasi Windows buferi bilan ishlash (Буфер обмена), slaydalar yaratish (Слайды), slaydlardagi shrift turlari, o‛lchami, ko‛rinishlarini o‛zgartirish (Шрифт), abzatslar bilan ustida turli amallar bajarish (Абзац), slaydlarga turli shakl va rasmlar qo‛yish (Рисование) hamda slaydlarni tahrirlashga (Редактирование) imkon beradi: 3. Dasturning Вставка – qo‛yish, o‛rnatish lentasi slaydlar hosil qilish, jadvallar, shakllar, diagrammalar, havolalar, turli ob’yektli matnlar, izohlar va belgilarni hamda multimedia amallarini (videoyozuv, ovozlarni) slaydlarga qo‛yish uchun zarur bo‛lgan buyruqlardan tashkil topgan: 4. Dasturning Дизайн – dizayn lentasi yordamida taqdimot mavzusiga mos ko‛rgazmali ko‛rinishlarni tanlash, turli variantlardan foydalanish, slayd o‛lchamini va fonini o‛zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin: 5. Dasturning Переходы - slaydlarga o‛tish lentasi slaydlarni ekranga turli effektlarda chiqishini ta’minlab, slaydlarni ovoz bilan chiqishi va slaydlarni almashish vaqtini belgilashga imkon beradi: 6. Dasturning Анимация - ob’ektlarga animatsiya (harakat) berish lentasi buyruqlari animatsiya elementlarini qo‛yish, animatsiya effektlarini o‛rnatish, animatsiya sohasini belgilash, animatsiya tartibini o‛zgartirishga mo‛lgallangan: 7. Power Pointning Слайд-шоу lentasi yordamida slaydlarni ko‛rishni boshlash, ko‛rish vaqtini belgilash va slayd-shoyni sozlash kabi amallarni bajarish mumkin: 8. Dasturning navbatdagi Рецензирование – taqrizlash lentasi buyruqlari slaydlarda imloni tekshirish, yozuv tilini o‛zgartirish, slaydlarga izohlar qo‛yish, yozuvlarni qo‛lyozma ko‛rinishda yozish kabi amallarni bajarishga imkon beradi: 9. Power Point dasturining Вид - ko‛rinish lentasi slaydlarni ko‛rish rejimi xususiyatlarini o‛zgartirish, masshtablar, oynalar va makroslar bilan ishlashga xizmat qiladi:
|
| |