O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuterni tashkil etish" fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Protsessorlarning tuzilishi, Protsessorlarning ichki registrlar.
Bajardi: DI-22-12-guruh
talabasi Qo’ziboyev X.
Qabul qildi: Norqulov.A
Samarqand – 2024
MAVZU: Protsessorlarning tuzilishi, Protsessorlarning ichki registrlar.
REJA:
Kirish
Protsessorlarning tuzilishi
Protsessorlarning ichki registrlar
Xulosa
Kirish
Kompyuter protsessorining va umuman kompyuterning tuzilishi va qanday ishlashini o'rganish jarayonida - protsessor, xotira va ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi - asosiy, ya'ni tezkor xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma'lum bir ketma-ketlikda bajarilishini ta'minlaydi. Kompyuterni va uning protsessorini tashkil etuvchi qurilmalar - shinalar orqali bog'langan bo'ladi. Shina deganda parallel o'tkazgichlar to'plamlaridan iborat bo'lgan, adreslar, ma'lumotlar va boshqarish signallarini uzatib berilishini ta'minlaydigan «qurilmalar» tushuniladi. Ko'pincha shina deganda parallel o'tkazgichlar to'plami tushuniladi, aslida esa shina turli xil ma'lumotlarni uzatish uchun mo'ljallangan qurilma sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida ma'lumotlarni uzatish jarayonida kerak bo'ladigan - registrlar, turli xildagi kombinator elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo'ladi.
|