|
Protsessorlar, turlari va xususiyatlari
|
bet | 1/7 | Sana | 08.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #270621 |
Bog'liq PROTSESSORLAR
REJA:
Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlari, turlari, xususiyatlari va bajaradigan vazifalari,.
Boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma, mashina takti va mashina sikllari, protsessor turlari, matritsali va vektorli protsessorlar.
Qo‘zg‘almas va suriluvchi vergulli bo‘lgan protsessorlar, Intel va AMD protsessorlari.
Pentium sinfi protsessorlari, turli xil firmalarda ishlab chiqilgan protsessorlar turlari va imkoniyatlari.
Kalit so‘zlar: CPU, Mikroprotsessor, shina, Intel-4004, yadro, kesh, tranzistor, vakum lampa, taktli chastota, gerts.
CPU – (Central Processor Unit – Централное процессорное устройство) – Markaziy protsessor qurilmasi. Protsessor (yoki mikroprotsessor) – bu kompyuterning barcha operatsiyalarini bajaruvchi, barcha tizimlarni hamda kompyuterning barcha elementlarini boshqarishni amalga oshiruvchi qurilmadir. Kompyuterning buyruqlarni tahlil qiluvchi va bajaruvchi funksional qurilmasi. Protsessor kamida buyruqlarni boshqarish qurilmasi va arifmetik-mantiqiy qurilmadan iborat bo‘ladi. Muayyan buyruqlarning aniq bajarilishini ta’minlovchi
funksional qurilma.
Protsessor inglizchada “Process” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “jarayon” — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
|
| |