• MUSTAQIL ISHI MAVZU: PYTHONDA MURAKKAB KO’RINISHDAGI MATEMARIK MASALALARNI YECHISHDA SHART OPERATORLARINI QO’LLAGAN HOLDA DSTURLARNI YARATISH.
  • Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi. To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi.
  • Mavzu: pythonda murakkab ko’rinishdagi matemarik masalalarni yechishda shart operatorlarini qo’llagan holda dsturlarni yaratish




    Download 0,7 Mb.
    Sana13.12.2023
    Hajmi0,7 Mb.
    #118145
    Bog'liq
    ALGARITM 222




    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI URGUT FILIALI
    BEZNISNI BOSHQARISH VA TABIIY FANLAR FAKULTETI AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI YO`NALISHI TALABASI NORKULOVA BAXTIGULNING ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH FANIDAN
    MUSTAQIL
    ISHI

    MAVZU: PYTHONDA MURAKKAB KO’RINISHDAGI MATEMARIK MASALALARNI YECHISHDA SHART OPERATORLARINI QO’LLAGAN HOLDA DSTURLARNI YARATISH.



    Bajardi: NORKULOVA BAXTIGUL
    Tekshirdi: H.XURSANDOV


    Urgut – 2023

    REJA:

    1. Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi.

    2. To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi.

    3. Elif operatori va uning umumiy ko‘rinishi.

    4. Matematik masalalar dasturi.

    1. Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi.

    Python dasturlash tilida chiziqli jarayonlar buyruqlar ketma-ketligi asosida bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, buyruqlar ma’lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo‘yicha bajariladi. Python Tdasturlash tilida tarmoqlanuvchi(shartli) jarayonlarni bir necha turlarga bo‘lingan holda amalga oshirish mumkin

    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni amalga oshiruvchi operatorlarni


    qisqacha qilib shartli operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham
    qisqa, to‘liq va umumiy shartli operator ko‘rinishlarida, tarmoqlanishni
    amalga oshiradi.
    If operatori
    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida amalga oshirish
    uchun, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Algoritm
    bajarilish vaqtida ma’lum bir shartlar asosida algoritmning u yoki bu qismi
    bajarilishini ta’minlash maqsadida shartli operatorlardan foydalaniladi.
    Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga
    bo‘linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.
    Hayotdagi asosiy ko‘p masalalarni dasturlash vaqtida, albatta,
    tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar
    ham ikki xil holatni o‘z ichiga oladi, ya’ni shart rost bo‘lganda ma’lum bir
    vazifani yolg‘on bo‘lganda hech qanday vazifani bajarmaydi va shart rost
    bo‘lganda ma’lum bir vazifani yol g‘on bo‘lganda boshqa vazifani bajaradi.
    Demak, yuqoridagi ikki holatni e’tiborga olib, shartli operatorlar ham
    qisqa va to‘liq ko‘rinishga ega.
    Qisqa shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha
    if :
    operatorlar
    If operatori tarkibida shartlar ikki va undan ortiq b o‘lsa oldingi
    bobdagi mantiqiy ifodalar asosida birlashtiriladi. if operatori tarkibidagi
    shart faqat chin bo‘lgandagina : dan keyingi opertorlar bajariladi.
    Misol: Berilgan sonning juft yoki toq ekanligini aniqlang.
    a=34
    if a%2==0:
    print('juft')
    if a%2!=0:
    print('toq')
    ================ RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
    =============
    juft
    >>>

    Berilgan masala yechimida faqat bitta shart tekshirildi, bu yerda blok


    yoki begin end vazifalari hech qanday buyruqsiz amalga oshiriladi. Agar
    shartdan keyin bir nechta operator bajarilish uchun : belgisidan keyin
    ENTER tugmasi bosilib yozilaveradi yani bir soha bo‘yicha.
    Misol: Berilgan a va b sonda a>b bo‘lsa ikkita sonning yig‘idisi va
    ayirmasini, a<=b bo‘lsa ikkita sonning ko‘paytmasi va bo‘linmasini
    toping.

    a=16
    b=4


    if a<=b:
    y=a+b
    z=a-b
    if a>b:
    y=a*b
    z=a/b
    print('y=',y,' z=',z)
    ============== RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
    ==============
    y= 64 z= 4.0
    >>>
    2. To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi.

    Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to‘liq shartli


    ko‘rinishida ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi. Algoritm
    tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda ma’lum bir operatorlar,
    yolg‘on qiymat qabul qilganda boshqa operatorlar bajarilishi ham mumkin.
    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida to‘liq shartli
    operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha

    if :


    operatorlar1
    else:
    operatorlar2

    if else operatori tarkibidagi shartlarning chin qiymat qabul qilganda


    operatorlar1 bajariladi, aks holda operatorlar2 bajariladi.
    Misol: Berilgan son juft bo‘lsa 2 ga ko‘paytirib juft so‘zini aks holda
    toq bo‘lsa 3 ga ko‘paytirib toq so‘zini ekranga chop eting.
    a=15
    if a%2==0:
    print('juft')
    print(2*a)
    else:
    print('toq')
    print(3*a)
    ============= RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
    ==============
    toq
    45
    >>>

    Misol. Pythonda quyidagi masalani dasturiy ta’minotini yarating.



    x=float(input('x='))


    from math import*
    if x>0:
    y=0.5*cos(x)
    else:
    y=x+8
    print('y=',y)
    ============ RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
    ================
    x=-2.8
    y= 5.2
    >>>

    3. Elif operatori va uning ko’rinishi.


    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash vaqtida, albatta, shartga
    e’tibor berish talab etiladi, chunki algoritm shart bo‘yicha tarmoqlanib
    qismlarga ajralib ketadi. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida
    qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni dasturning u yoki
    bu bo‘lagiga uzatish mumkin.
    Elif shart operatori Python dasturlash tilida aniqlangan bo‘lib, u aks
    holda ichida shart kelgan holatlarda ishlatiladi. Elif shart operatorining
    umumiy ko‘rinishi quyidagicha.

    if :


    operatorlar1
    elif :
    operatorlar2
    else:
    peratorlar3

    Bu operator aks holda qismida alohida if operatorini yozmaslik


    uchun ishlatiladi, agar false qiymatidan farqli ya’ni
    true bo‘lsa, bajariladi, aks holda
    tekshiriladi, agar chin bo‘lsa bajariladi, aks holda
    bajariladi.
    Misol. Berilgan musbat sonni kabisa yili ekanligini aniqlang. 4 ga
    karrali yillar va 100 ga karralilar ichida faqat 400 ga karralilari Kabisa
    yili hisoblanadi.
    Masalan: 16,24,2016,2020, 2400 lar kabisa va 5,100,200, 2017 lar
    kabisa yili emas.

    x=float(input('x='))


    from math import*
    if x%100==0:
    if x%400==0:
    print('kabisa yili')
    else:
    print('kabisa yili emas')
    elif(x%4==0):
    print('kabisa yili')
    else:
    print('kabisa yili emas')
    ========= RESTART: C:\Users\User\Desktop\2.py
    ====================
    x=2020
    kabisa yili
    >>>
    Tarmoqlanuvchi jarayonlarini algoritmlarida uchraydigan shartlar
    holatiga qarab, yuqorida keltirib o‘tilgan uch xil ko‘rinishdagi shartli
    operatorlarning qulay birortasidan foydalaniladi.
    4. Matematik masalalar dasturlari.



    1. Ikkita X va Y sonlarning kattasini tanlash (EKT) dasturini tuzing.





    1. X va Y haqiqiy sonlar berilgan. Z ni hisoblang:








    1. Misol. Ax+B=0 tenglamani yeching.

    Yechish. Ma’lumki, a*x+b=0 tenglamaning yechimi quyidagicha aniqlanadi:
    1). A=0, b=0 bo’lsa, tenglama cheksiz ko‘p yechimga ega;
    2). A=0, b=emas 0 bo‘lsa, tenglama yechimga ega emas;
    3). A=emas 0 bo’lsa tenglama x= -b/a yagona yechimga ega.



    4-Misol. berilgan M(X,Y) nuqtaning radiusi R ga teng va markazi


    koordinatalar boshida bo‘lgan doiraga tegishli bo‘lishini aniqlang.




    XULOSA.
    Shart operatori PYTHON dasturlash tilidagi muhim operatorlardan biridir. U


    shartga bog‘liq ravishda kod fragmentini bajarishga mo‘ljallangan. Shart operatori
    boshqarishni qaysi tarmoqqa uzatishni ta’minlaydi.
    Shаrtli оperаtоr sintаksisi: if () else . Shаrt
    iхtiyoriy shartli ifоdа bo‘lishi mumkin. Аgаr u rоst bo‘lsа operator1
    bаjаrilаdi. Аks хоldа operator2 bаjаrilаdi. Bu iхtiyoriy murakkablikdаgi
    tekshirishlаr ketmа ketligini hоsil qilishgа imkоn berаdi. Bu ketmа - ketlikdа shаrtli
    оperаtоr to‘lа yoki qisqа shаkldа bo‘lishi mumkin. Shuning uchun if vа else
    оperаtоrlаrini bir - birigа mоs qo‘yishdа хаtоlik kelib chiqishi mumkin. Tilning
    sintаksisi bo‘yichа ichki jоylаshtirilgаn shаrtli оperаtоrlаrdа har bir else eng yaqin if
    gа mоs kelаdi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




    1. Sh.A. MENGLIYEV, O.A. ABDUG‘ANIEV, S.Q. SHONAZAROV, D. Sh. TO‘RAYEV PYTHON DASTURLASH TILI. TERMIZ 2021

    2. AXATOV AKMAL, NAZAROV FAYZULLO

    PYTHON TILIDA DASTURLASH ASOSLARI (I-QISM) SAMARQAND 2020.

    Download 0,7 Mb.




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: pythonda murakkab ko’rinishdagi matemarik masalalarni yechishda shart operatorlarini qo’llagan holda dsturlarni yaratish

    Download 0,7 Mb.