|
Mavzu: Qazuvchi tashuvchi mashinalarning asosiy qismlarini o’rganish Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 22,9 Kb. | | #239034 |
Bog'liq vnggvng
Mavzu: Qazuvchi tashuvchi mashinalarning asosiy qismlarini o’rganish
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar: qo‘llanishi, asosiy qismlari, ish jihozining bog‘lamlari va bajaruvchi mehanizmlar.
2. Buldozerlar asosiy parametrlari va tasnifi, buldozerning jihozi osma jihozining boshqa turlari va agregatlash.
3. Ish jihozining konstruksiyasi: otvalning shakli va parametrlari
4. Buldozerlar turlari va ko‘rsatkichlari va ish unumdorligi xisobi.
Yo‘l qurilishida bajariladigan yer ishlarining hajmini asosiy qismi ekskavator, buldozer, skreper, greyder kabi qurilish mashinalari yordamida bajariladi.
Buldozer, pichoqli ag‘dargich, brus yoki rama ko‘rinishidagi suruvchi qurilma va ag‘dargichni gidravlik boshqarish sistemalarini o‘z ichiga olgan, gusenistali yoki pnevmog‘ildirakli baza traktorlarning osma uskunalaridan iborat. Ular I –IV kategoriyadagi xamda oldindan yumshatilgan qoya va muzlagan gruntlarni qavatlab qazib olish va surishda qo‘llaniladi. Buldozerlar yordamida qurilish maydonlarini tekislash, ko‘tarmalar qilish, turli chuqurlar kovlash, tog‘ bag‘irlarida terrasalar tayyorlash, boshqa mashinalar tashidigan tuproqlarni tekislash, poydevor va kommunikastiyalar uchun xandaqlar qazish, chuqurlar, xandaqlar va bino poydevori atrofini to‘ldirish, atrofni qor, tosh, mayda daraxtlar, butazor va changalzorlardan, to‘nka va qurilish axlatlaridan tozalash va boshqa ishlar bajariladi.
Ish organi – otvalning o‘rnatilishiga ko‘ra buldozerlar ikki xil bo‘ladi: otvali burilmaydigan (oddiy) ya’ni otvali traktorning bo‘ylama o‘qiga doimo perpendikulyar vaziyatda o‘rnatilgan buldozerlar va otvali buriladigan (universal) buldozerlar, buning otvali gorizontal tekislikda ikkala tomonga xam 50 - 650 gacha xamda traktorning bo‘ylama o‘qiga nisbatan 900, ba’zan esa vertikal tekislikda xam ikkala tomonga 3 - 80 buriladigan vaziyatda o‘rnatish mumkin.
Buldozerlarning ish sikli quyidagicha: mashina oldinga xarakatlanayotganda ag‘dargich boshqarish sistemasi yordamida gruntga botib kiradi,pichog‘i bilan grunt qatlamini qirqib, surib o‘z oldida grunt prizmasi xosil qiladi va uni yer sirti bo‘ylab sudrab bushatadigan yoki saqlanadigan joyga olib boradi. Gruntni to‘kkandan so‘ng ag‘dargich transport xolatiga ko‘tarilib, mashina yana grunt olish joyiga qaytib keladi va sikl takrorlanadi.
Buldozerlarning asosiy parametrlariga ag‘dargichning balandligi N va uzunligi L, asosiy qirqish burchagi , ag‘dargichning ketingi burchagi , ag‘dargichning ko‘ndalangiga qiyalatish va planda burilish burchaklari (ag‘dargichi buriladigan mashinalarda), ag‘dargichning buldozer tayanch yuza satxidan ko‘tarilish balandligi h1 ag‘dargichning buldozer o‘sha yuza satxidan tushish chuqurligi h2 kiradi. Ag‘dargichning pastki qirrasiga ishqalanishga bardoshli qotishmadan iborat, almashadigan ikki tig‘li qirquvchi pichoqlar (yon tomoniga ikkita va o‘rtasiga bittadan) o‘rnatilgan. Yuqori qismining o‘rtasiga esa to‘plangan tuproq to‘kilmasligi uchun kozirok o‘rnatilgan bo‘ladi.
Buldozerning burilmaydigan ag‘dargichi ikkita suruvchi brus ko‘rinishidagi suruvchi qurilmaga sharnirli maxkamlangan, bruslarning ketingi uchlari baza mashina yuritish qurilmasining tusinlariga sharnirli biriktirilgan.
Buldozerning buriladigan ag‘dargichi universal suruvchi ramaga maxkamlangan, bu ramaga ag‘dargichdan tashqari turli gidravlik boshqariladigan almashib ishlaydigan uskunalar - buta kesgich, daraxt yikitgich, to‘nka kovlagich, qori tozalagich va boshqalar o‘rnatilishi mumkin. Buriluvchi ag‘dargich suruvchi rama bilan ag‘dargichning baza mashinaga nisbatan burilishiga imkon beradigan markaziy sharli sharnir 7 va ikki yon tirgaklar 6 orqali bog‘langan bo‘ladi.
Gusenistali buldozerlar texnologik imkoniyatlarni anchagina oshiradigan qo‘shimcha tez almashadigan ish uskunalari bilan jixozlanadi.
Buldozer ishlagan paytda quyidagi kuchlar xosil bo‘ladi (rasm): gruntni qirqishga bo‘lgan qarshilik kuchi Rr, ish jixozini gruntga kiritishga qarshilik kuchi Rp, grunt sudraluvchi prizmasining grunt bo‘yicha ishqalanish kuchi Rpr, ag‘dargich qirqish qirrasining ishqalanish kuchi Rtr1 xamda grunt ag‘dargich bo‘yicha xarakatlanganda xosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi Rtr2. Buldozerning xarakat o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan mana shu kuchlarning yig‘indisi buldozerning ilashish bo‘yicha tortish kuchi St dan kichik bo‘lishi kerak.
Buldozerning gruntni qirqish va surishdagi ish unumdorligi (m3/soat):
|
| |