|
Aktyori ko‘rinadigan (planshetniy) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar
|
bet | 7/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 21,98 Kb. | | #242855 |
Bog'liq Qo`g`irchq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni9. Aktyori ko‘rinadigan (planshetniy) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz, har xil rangli bo‘yoqlar, yog‘och parchalari, yog‘och ustasi ishlatadigan asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo‘lgan bosqichlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar kabi bo‘ladi.
6-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqning bosh qismini mexanizator yoki butaforlar tayyorlagan qo‘g‘irchoqning gavda qismiga qatiriladi. So‘ngra ikki dona yog‘och parchasi (gabit) ni olib qo‘g‘irchoq gavdasining orqa qismi va gavdasining orqa qismiga qatiriladi. Eskizda ko‘rsatilgandek yuz qismi bezaladi, har xil mato (gazlama)lardan esa libos tikiladi.
Stol qo‘g‘irchoqlari asosan stol ustida o‘ynatiladi. Qo‘g‘irchoqbozlar ba’zan bunday tomoshalarni ochiq shirmali tomosha (spektaklz) deb ham ataydilar.
10. Soyali (tenevoy) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: ekran yasash uchun oq mato, harxil o‘lchamli yog‘ochlar, qaychi, jilvir qog‘oz, qattiq karton yoki ishlatish uchun tayyorlangan hayvon terisi (fanera ham bo‘lishi mumkin), yog‘och ustasi ishlatadigan asbob-anjomlar, har xil o‘lchamli mix, ekranni yoritish uchun elektr jihozlari.
1-bosqich. Ekran tayyorlash.
Soyali tomosha ko‘rsatish uchun eng avvalo, ekran tayyorlash kerak. Buning uchun yog‘ochdan to‘rt burchak shakl yasab, unga oq rangli mato tortiladi. Yoritish uchun esa ekran chetlariga yoritgichlar o‘rnatiladi.
2-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
Tomoshada kerakli qo‘g‘irchoqlar va dekoratsiyalar tasvirini oddif vatman qog‘oz yoki rasm daftariga rangli holatda chiziladi.
3-bosqich. Nusha ko‘chirish.
Qadimda qo‘g‘irchoqbozlar soyali tomosha qo‘g‘irchoqlarini yasashda har xil hayvon terilaridan foydalanishgan. Zamonaviy qo‘g‘irchoqbozlar fanera yoki qattiq kartonlardan foydalanishmoqda. Tasvir (eskiz)da chizilgan qo‘g‘irchoqning o‘lchamiga qarab qattiq karton yoki faneraga nushasi ko‘chiriladi.
|
| |