• Tayyorlash jarayoni
  • 6. Qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash. Kerakli jihozlar
  • 1-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
  • 2-bosqich. Qolip (forma) tayyorlash.
  • Mavzu: Qo`g`irchq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni Reja




    Download 21,98 Kb.
    bet4/8
    Sana18.05.2024
    Hajmi21,98 Kb.
    #242855
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qo`g`irchq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni

    5. Qutili qo‘g‘irchoqlar. Qutili qo‘g‘irchoqlar ham oddiy sharoitda yasash mumin bo‘lgan qo‘g‘irchoqlardir. Bu ayniqsa, bolalarning ijodiy faoliyati uchun juda qiziqarlidir.
    Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan), lekin butun qutilar (gugurt, choy va boshqa narsa-buyum qutilari), qaychi, bezash uchun rangli qog‘ozlar, yelim.


    Tayyorlash jarayoni: masalan, xo‘rozni yasash uchun katta-kichik o‘lchamda uch xil quti olinadi. Dastlab katta quti, o‘rta va yana sal kattaroq qutilar birin-ketin joylashtiriladi. So‘ngra yupqa qog‘ozdan xo‘rozning toji, ikki yon boshiga qanotlari, ko‘zi, qoshi dum qismi, og‘zi yasalib, yopishtiriladi:
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: birinchi navbatda ertak bilan tanishib chiqiladi. Ertakning voqea bo‘lgan joylari, sahna ko‘rinishlari eskiz qilinadi. Bu eskiz qo‘g‘irchoq teatri “tili”da dekoratsiya eskizi deyiladi. Masalan: uy, daraxt, stol, stul va hokazo narsalar bunga misol bo‘lishi mumkin. qahramonlar esa bitta-bitta o‘rganilib, xarakterlari va ularga xos obrazlar yaratiladi. 


    6. Qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash.
    Kerakli jihozlar: 
    qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz va har xil rangli bo‘yoqlar.


    1-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
    Bunday qo‘g‘irchoqlarni yasash uchun eng avvalo, oddiy vatman qog‘oz yoki rasm daftar varog‘iga yasaladigan qo‘g‘irchoqlarning tasviri (eskizi) chiziladi. Qo‘g‘irchoqning ko‘rinishi, uning xarakteri va qanday kiyimda bo‘lishi ana shu rangli tasvirda aks etgan bo‘lishi kerak.


    2-bosqich. Qolip (forma) tayyorlash. 
    Chizilgan tasvirga qarab loydan va plastilindan o‘sha qo‘g‘irchoqning bosh qismi haykali yasaladi. Bosh qismi tayyor bo‘lgach, ingichka po‘lat sim olib qo‘loq o‘rnatiladigan joydan teng ikkiga bo‘linadi va qattiq karton qog‘oz olib unga yotqizib qo‘yiladi. So‘ngra qotishma yopishib qolmasligi uchun haykalchaning yuza qismini vazelin bilan yog‘lab chiqiladi va albastr yoki gipsdan suyuqroq qotishma tayyorlanib yog‘langan joyga qo‘yiladi. Qotishma qotgandan so‘ng uni qo‘lga olib ichidagi loy yoki plastilinni o‘yib chiqarib olinadi. Natijada qolip (forma) tayyor bo‘ladi.



    Download 21,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 21,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Qo`g`irchq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni Reja

    Download 21,98 Kb.