|
Qo`l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo`yiladi
| bet | 2/2 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 16,97 Kb. | | #115869 |
Bog'liq Mavzu Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo-fayllar.orgQo`l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo`yiladi:
-
Bir detaldan ikkinchi detalga bir chiziqlarini o`tkazish uchun nusxalama (salqi) qaviq bilan yoki yordamchi andaza qo`yib burlanadi.
-
Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ulashda ipning rangi asosiy detali rangidan ancha farq qilishi kerak;
-
Qaviqlarni detallarga tushurishda qaviq yirikligi o`n tomonida ham teskari tomonida ham bir xil bo`lishi kerak;
-
Detallarni ko`klashda qaviqqator shu detaldagi nusxalama qaviqqator ustidan yoki bo`r chizig`I ustidan tushuriladi.Ko`klab bo`lgandan keyin nusxalama qaviq ishlari olib tashlanadi;
-
Qo`l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip nomeri qaysi qaviq qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi. Qaviq, yirikligi va qaviqqator zichligigazlamaning qalin yupqaligi va shu qaviqqa qo`yilgan talablarga bog`liq bo`ladi;
-
Ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joining o`ziga ikki-uchta qaviq solib puxtalanadi;
-
Doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo`lishi shart;
-
Petlyalarni yo`rmashda qaviqqatorlar orasida ochiq joy qolmasligi lozim;
-
Ikki detalning biri-o`rish ipi bo`ylab, ikkinchisi arqoq ipi boylab bichilgan bo`lsa ularni ulashda arqoq bo`ylab bichilgan detalni ust tomonga qo`yish kerak. Qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni ust tomonga qo`yish kerak.
-
Amaliy mashg’ulot.
O`quvchilar o`qituvchining ko`rsatmasi rahbarligi ostida o`z ish o`rinlarini tashkil etishni va undan to`g`ri foydalanishni o`rganadilar.
-
Mustahkamlash.:
-
qo’l ishlariga nimalar kiradi,
-
qo`l ishlari qanday guruhlarga bo`linadi?
-
Qo`l ishlariga oid ish o`rinlari qanday tashkil etiladi?
-
Qo`l ishlarini bajarishga qanday talablar qo`yiladi ?
12. Uyga vazifa.
O`tilgan mavzuni o`rganib kelish.
http://fayllar.org
|
| |