|
Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish. Darsning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 16,97 Kb. | | #115869 |
Bog'liq Mavzu Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo-fayllar.org
Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish. Darsning maqsadi
Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot.Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga tikuvchilikda qo`lda bajariladigan ishlar, ularning ahamiyati va ish o`rnini tashkil qilish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga qo`l ishlari va ish o`rnini tashkil etishga oid dastlabki tartib-qoidalar haqida ma’lumot berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning gazlamalarga ishlov berish haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni ish o`rnida tartibli ishlashga o`rgatish.
Darsning jihozi: tabiiy, sun`iy va sintetik va aralash tolali gazlamalardan hamda qo`lda bajarilgan ishlardan namunalar, jihozlangan ish o`rni.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
So’rash:
Tikuvchilikda qanday turdagi gazlamalardan foydalaniladi?
Qo`l ishlari haqida nimalarni bilasiz ?
Qo`l ishlari nima sababdan bajariladi ?
Qo`l ishlarini bajarishda nimalarda e’tibor berish kerak ?
Yangi mavzuni bayon qilish.
http://begoyim.edunet.uz/mos.htm
Nazariy ma’lumot.
Kiyim tikishda gazlamaga dastlabki ishlov berishda, o`lchash va bichishda uning ayrim detallari yoki qismlarni vaqtincha biriktirib turishda qo`l ishlaridan foydalaniladi. Qo`l ishlari ikki guruhga bo`linadi:
Tik turib bajariladigan ishlar va o`tirib bajariladigan ishlar.Ishlar esa kiyim yoki detalni ham stol ustiga, tikuvchining tizzasiga qo`yib qilinishi mumkin. Oyoq toliqmasligi uchun o`tirib bajariladigan ish o`rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o`rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo`yiladi. Tik turib bajariladigan ish stolining chap tomoniga andozalarni ilib qo`yish uchun kronshteyn o`rnatilgan bo`ladi. Stol o`ng tomonidan old qismida chegaralangan joy bo`lib, bu yerda qaychi, bo`r va hakozo saqlanadi. Stol o`ng tomoning yuqori burchagiga organic shisha tagiga texnologik yoki instruksion karta yoki ish chizmasi joylanadi.Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo`yiladi. Rasmda ishlab chiqarishda ishlovchi tikuvchining ish o`rni ko`rsatilgan . Biz bulardan foydalanib, o`z ish o`rnimizni tashkil etib olamiz. Shuni unutmaslik kerakki, tik turib yoki o`tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto`g`rib o`lsa odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib, yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Tikuvchi to`g`ri o`tirishi uchun oyoqlar polga yoki taglikka to`la tiralib turishi kerak.Oyoqlarni chalishtirib o`tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi; gavdani boshni to`g`ri tutib yoki salgina oldinga egib o`tirish kerak; Ko`krakni stolga tirab o`tirish yaramaydi; qo`l tirsakdan bukilib, gavdadan taxminan o`n sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga tirab o`tirish yaramaydi; tikayotgan kiyim yoki detalni ko`zdan 25-30 sm masofada tutish kerak; ish o`rni yaxshi yaratilgan bo`lishi yorug`lik chap tomondan tushib turishi lozim.Tik turib ishlaydigan tikuvchi gavdani to`g`ri va qattiq tutib turishi, bo`yin va ko`krak qismida umurtqa to`g`ri turishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo`l ishlari bajariladigan ish o`rniga oid talablar. Ish o`rnini tashkil qilish. Darsning maqsadi
|