Mavzu: Quduqlardagi asoratlar bilan
kurashish maqsadida bajariladigan yer osti
ta'miri ishlari
Reja:
1. Quduqning suvlanishiga qarshi kurash
2. Qatlam suvlaridan muhofaza qilish-izolyatsiya
ishlari
3. Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va sement
halqasining nogermetikligini bartaraflash
4. Yoriqli va yoriq g'ovakli qatlamlarga suv oqib
kelishini cheklash
5. Quduqqa qum kelishi oldini olish
1. Quduqning suvlanishiga
qarshi kurash
*
Qatlamni va quduqlarni muddatdan oldin
suvlanishining oldini olish uchun, ishlash
jarayonida quyidagi boshqarish usullari qo'llaniladi:
Quduqlar ishining texnologik tizimlarini
optimallashtirish bilan suvlarning konus hosil
qilishini kamaytirishga erishiladi, ko'p qatlamli
konning yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan
qatlamlaridagi suvning ildamlanish harakatini
bartaraf etish uchun esa bir vaqtda-ajratib ishlatish
usuli qo'llaniladi.
*
Neftni suv bilan siqib chiqarish sharoitida neft
konlarini ishlashda
qatlamdan olinayotgan
suyuqlikning 98% suvlanishga qadar
kuzatiladi.
*
Shuning uchun suv yo’lini berkitishdagi
ta'mirlov ishlarini amalga oshirish faqatgina
quduq muddatidan oldin suvlanish paytida
maqsadga muvofiq.
*
Ajratish - ta'mirlash ishlarining asosiy maqsadi
loyihaviy neft bera oluvchanlik koeffitsientiga
erishish uchun qatlamni ishlatishni optimal
sharoitini yaratishdan iborat.
*
Quduqlarning suvlanish yo’llarini ochiq-oydin
tasavvur etish bilan ajratish ishlarining maqsadini,
tanlangan usulni va uni amalga oshiruvchi
texnologiyani asoslashni aniq ifodalash mumkin.
Suvning kirib kelish yo'llarini o'rganishda kon
geofizikasi tadqiqoti usullari qo'llaniladi:
*
Mustahkamlanmagan quduqlarda bir nechta usullar
qo'llaniladi. Biroq bu usullar har doim ham ishonchli
emas. Shuning uchun suv oqimi yo'lini ajratish bilan
bog'liq masalalarni ajratish ishlarini natijalariga
asoslangan holda sinalgan yo'l bilan hal etish kerak.
*
Barcha ajratish - ta'mirlash ishlarini maqsadga muvofiq
holda uch ko'rinishda bajarish mumkin:
*
mustahkamlovchi quvurlar birikmasini va sement
halqasini nogermetikligini bartaraf etish;
*
alohida qatlamlarni o’chirish;
*
qatlamning alohida suvlangan oraliqlarini, qalinlik
bo'yicha joylashish o’rni va suvlanish tavsifidan qat'iy
nazar o’chirish, shu bilan birga quduqlarda suv haydash
hamda suv haydash kesmasini boshqarish.
*
G'ovaklar, yoriqlar, darzliklar va boshqa turli
o'lchamdagi kanallar suv oqimining yo'llari bo'lishi
mumkin.
*
Oqimni ajratish usulini va suv qabul qilish kesimini
boshqarishni texnologik nuqtai nazardan ajratuvchi
materiallarning dispersiyalanish bosqichiga qarab
quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1)
Tamponlovchi eritmani qatlam g’ovaklariga
sizilishi;
2)
Ingichka-dispergatsiyali
tamponlovchi
materiallar suspenziyasi;
3)
Donalangan tamponlovchi materiallar
suspenziyasi;
4)
Mexanik moslanmalar va qurilmalar;
*
Tamponlovchi to'siqlarni yaratish mexanizmi
fizik hodisalar va kimyoviy reaksiyalarga
asoslangan. Tamponlovchi materiallarini turli
xil
mumlar (SD-9, S-10) polimer eritmalari
(gipan, SFM, metas, tampakril va hokazolar),
organik birikmalar (qovushqoq
gazsizlantirilgan neft, mazut, bitum va
parafin, neft emulsiyalari, kremniyli
birikmalar (selikagel) va boshqa noorganik
jismlar (natriy silikati, kalsiylangan soda va
boshqalar)
asosida yaratish mumkin.
*
Ko’pincha uglevodorodlar asosidagi suyuqliklar va
shular qatorida g’ovaklarda siziluvchi
tamponlovchi
materiallar
ham xizmat qiladi.
*
Dispersion faza sifatida
sement, gil, parafin, yuqori
oksidlangan mum, rubraksa, yong'oq po'chog'i
poliolefinlar (polimerlar), magniy, yog'och qipig'i,
teri, asbest, qum, graviy, burg’ilovchi eritmaning
og'irlagichlari, rezina va neylon sharchalarni
qo'llash
taklif etiladi.
*
Mexanik moslamalar va uskunalarga quvurlar,
xvostovik yoki kichik diametrli qo'shimcha quvurlar
birikmasini misol qilish mumkin.
*
G’ovak muhitni jipslab berkitish mexanizmi
bo’yicha bu usullar
saralangan va
saralanmagan usullarga bo'linadi
.
*
Saralab ajratish usuli ikki guruhga ajratiladi:
1)
Suvda erimaydigan va neftda eriydigan,
materiallarning g’ovak bo’shlig’ini jipslab
berkitishni hosil qiluvchi saralangan ajratuvchi
reagentlar;
2)
Qatlam neftiga ta’sir etmaydigan va qatlam
suvi bilan aralashganda materiallar g’ovak
bo’shlig’ini jipslab berkitishni hosil qiluvchi
saralanmagan ta’sirdagi ajratuvchi reagentlar.
*
Bir yoki bir necha ta’mirlov-ajratish
ishlarini bajarganda, har bir ajratish usuli
o'zining samarali qo'llash doirasiga ega.
*
Uni mahsuldor qatlam yoki suvlantiruvchi
qatlamning geologik-fizik xususiyatlariga,
quduq konstruksiyasiga, gidrodinamik
sharoitlarga, berilgan kondagi ta'mirlov-
ajratish ishlarini o'tkazish tajribasiga,
materiallar va texnika bilan
jihozlanganligiga
bog'liq holda tanlanadi.
Juda keng ko'lamda
sement suspenziyasi va
SD-9 mum tarkibi
qo'llaniladi.
*
|