Mavzu: radioprotektorlar




Download 17.78 Kb.
Sana17.09.2023
Hajmi17.78 Kb.
#82257

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITET BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA YO‘NALISHI
SIRTQI BO‘LIM 5-KURS 19-03-GURUH TALABASI HUSANOVA SUG‘DIYONANING
RADIOBIOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU: RADIOPROTEKTORLAR

REJA:

1. Radioprotektorlarning tasniflanishi

2. Radioprotektorlaning ta’sir mexanizmi

3. Kislorod «effekti»

4. Btoflavonoidlar - potensial samarali ta’sirga ega radioprotektorlar sifatida

Radiatsion nurlanishning salbiy ta’siridan himoyalanish va nurlanish kasalligiga qarshi ishlatiluvchi moddalar umumiy nom bilan radioprotektorlar deb nomlanadi. Radioprotektorlar sifatida amaliyotda tarkibida oltingugurt atomi mavjud bo'lgan preparatlar (sistamin), serotonin hosilalari (meksamin), glitserat efiri (batilot), kaliy yodid, enteral sorbentlar, kompleksonlar (pentasin, ferrosiri),farmakologik preparatlar (leykogen, zimozan suspenziyasi,aktovegiri), turli xil surtma malhamlardan (tezan, parmidin surtmasi, dieton surtmasi) foydalaniladi.


Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘pgina hududlarida yadro obyektlarida yuz bergan texnogen halokatlar oqibatida radioekologik vaziyat keskin izdan chiqishi qayd qilinadi. Bu holat samarali ta’sirga ega radioprotektor preparatlami yaratish masalasining dolzarbligini belgilab beradi.
Radiatsion nurlanishning salbiy ta’siridan himoyalanish va nurlanish kasalligiga qarshi ishlatiluvchi moddalar umumiy nom bilan radioprotektorlar deb nomlanadi. Radioprotektorlar sifatida amaliyotda tarkibida oltingugurt atomi mavjud bo‘lgan preparatlar (sistamin), serotonin hosilalari (meksamin), glitserat efiri (batilol), kaliy yodid, enteral sorbentlar, kompleksonlar (pentasin, ferrosin), farmakologik preparatlar (leykogen, zimozan suspenziyasi, aktovegin), turli xil surtma malhamlardan (tezan, parmidin surtmasi, dieton surtmasi) foydalaniladi. Radioprotektor (lotin tilida radius - nur va protector - himoya qilmoq degan ma’noni anglatadi) - biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanish ta’siriga chidamliligini oshiruvchi kimyoviy modda hisoblanadi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki muvafaqqiyatli sinov tajribalari 1949-yilda amalga oshirilgan. Radioprotektorlar hujayrada amalga oshuvchi fizik-kimyoviy jarayonlar, moddalar almashinuvi faolligiga ta’sir ko‘rsatish orqali radiatsion nurlanishning salbiy ta’sirini susaytiradi.
1945-yilda yuz bergan «Xirosima-Nagasaki fojiasi»dan keyin radiobiofizika fan sohasi rivojlanishida yangi davr boshlangan. Ya’ni radiatsion nurlanishning odam organizmiga ta’sir oqibatlari aniqlangan, shuningdek, nurlanish kasalligiga qarshi davolash va profilaktika nuqtayi nazaridan samarali vositalami yaratish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar boshlangan.
1955-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan Atom radiatsiyasining odam organizmiga ta ’sirini о ‘rganish bo‘yicha qo ‘mita tashkil qilingan.
Radioprotektorlarning tasniflanishi
Ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri davomida yoki ushbu ta’sirdan keyin, odam organizmida radiatsion zararlanishga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday modda - radioprotektor (Radioprotective agent) sifatida qayd qilinishi mumkin. Umumiy holatda, radioprotektorlar 3 ta guruhga tasniflanadi:
1. Profilaktik moddalar (Prophylactic agents);
2. Mitigatorlar (Mitigators);
3. Terapevtik (davolovchi) moddalar.
Profilaktik radioprotektorlar - radiatsion nurlanish ta’sir qilishi oldidan qo‘llanilganda, ionlashtiruvchi nurlanishning organizmga salbiy ta’sirini susaytiruvchi moddalar hisoblanadi.
Mitigatorlar - radiatsion nurlanish ta’siri davomida yoki undan keyin, nurlanishning salbiy ta’sirini susaytirish maqsadida qo‘llaniluvchi radioproteksion moddalar hisoblanadi. Mitigator moddalar radionuklidlaming biologik to‘qima hujayralariga so‘rilishini, yig‘ilishini susaytiradi. Masalan, kaliy yodid (K l) qo‘llanilganda qalqonsimon bez hujayralarida radioaktiv ‘5337 izotopi yig‘ilishi susayishi qayd qilinadi. Kaliy yodid (K l) tuzi qalqonsimon bezning yodga bo‘lgan talabini qondiradi va o‘z navbatida, radiatsion nurlanishga bo‘Igan talabini qondiradi va o‘z navbatida, radiatsion nurlanish fonida radionuklidlaming salbiy ta’sirini susaytiradi.
Terapevtik (davolovchi) moddalar ~ radiatsion nurlanish ta’sirida yuzaga keluvchi patologik holatlami (nurlanish sindromlari) bartaraf qilish, biologik to‘qimalar hujayralari funksiyasini qayta tiklash maqsadida foydalaniluvchi radioprotektor moddalar hisoblanadi. Odatda, radioprotektorlar kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmiga ko‘ra, tasniflanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, radioprotektorlar quyidagi turlarga tasniflanadi:
• Tarkibida oltingugurt atomi mavjud bo‘Igan radioprotektorlar (merkaptoetilamin, aminotiol).
• Indolilalkilaminlar (meksamin, serotonin).
• Arilalkilaminlar (tiramin, noradrenalin, dofamin, adrenalin).
• Imidazol hosilalari.
• Boshqa radioproetkorlar (atsetilxolin).
-Вi, В2 , Bn vitamin, gormonlar (estradiol, estriol, androsteron,metiltestosteron, adrenokortikotrop gormon, adrenalin, noradrenalin) tabiiy radioprotektorlar hisoblanadi.
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra, radioprotektorlar quyidagi turlarga tasniflanadi:
• Gipoksik ta’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar (serotonin,meksamin, feniltiazol, benzotiazol, ditiazin, imidazolin);
• Gipoksik tavsifga ega bo'lmagan ta’sir ko‘rsatuvchi radioprotektorlar (sistamin, sistein, sistafos, gammafos).
Foydalaniluvchi doza qiymatiga bog‘liq holatda, radiatsion nurlanishdan himoyalash samaradorligiga ko‘ra radioprotektorlarquyidagi guruhlarga taniflanadi
• Mieloprotektorlar - odatda, bir martalik radiatsion nurlanishda (1-10 Gr) samarali qo‘llaniladi;
• Enteroprotektorlar - (tiazol', triazol, tiadiazin, geterilalkan, prostaglandin) 10-20 Gr diapazonda radiatsion nurlanishga qarshi qo‘llanilib, organizm to'qima hujayralarida kislorod iste’moli qiymatini susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
• Serebroprotektorlar - (glutamatergik sinaps blokatorlari)80 Gr radiatsiya nurlanishi ta’siriga qarshi foydalaniladi.Shuningdek, radioprotektorlar himoyaviy ta’sir vaqti davomiyligiga ko‘ra quyidagi turlarga tasniflanadi:
• Qisqa vaqt davomida ta’sir ko‘ rsatuvchi radioprotektorlar(adrenalin, noradrenalin);
• Uzoq vaqt davomiyligida ta’sir ко‘rsatuvchi radioprotektorlar.
Radioprotektorlarning ta’sir mexanizmi
1942-yilda V.Deyl tomonidan ayrim kimyoviy moddalar (radioprotektor) hosil bo‘luvchi erkin radikallami bog‘lab olishi hisobiga, radiatsion nurlanishning ferment tizimlari funksiyasiga buzuvchi ta’siri darajasini susaytirishi aniqlangan.
1960-yillarda Z.Bak va P.Aleksander tomonidan radioprotektorlaming hujayrani radiatsion nurlanish ta’siriga chidamli holatga o'tkazishi («biokimyoviy shok») haqidagi gipotezasi, shuningdek, E.F.Romansev tomonidan «radioprotektorlarning majmuaviy biokimyoviy ta ’sir mexanizmi» (1968), E.Ya.Graevskiy tomonidan «sulfigidril ta ’sir» (1969) kabi gipotezalar ilgari surilgan.
1970-yillaming oxirida E.N.Goncharenko va Yu.B.Kudryashev tomonidan «radiorezistentlikn/ng endogen foni» gipotezasi ilgari surilgan, ya’ni radioprotektorlar biologik to‘qimalarda lipidlarning peroksidli oksidlanishini mahsulotlari hosil bo‘lishini kamaytirishi, shuningdek, bunda radiatsion nurlanishning salbiy ta’siriga qarshilik ko‘rsatuvchi, antioksidant moddalar, tiol guruhiga ega moddalar, biogen aminlar konsentratsiyasi ortishi qayd qilinadi.
Yuriy Borisovich KUDRYASHOV - biologiya fanlari doktori, professor, 1962-yildan boshlab, M V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Biofizika kafedrasi Radiatsion biofizika laboratoriyasi mudiri (2016), ekologik biofizika, radiatsion biofizika yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borgan, 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 12 ta monografiya, darslik va o ‘quv qo‘llanmalari muallifi hisoblanadi.
Radioprotektorlaming ta’sir mexanizmi radiatsion nurlarish davomida biologik to‘qima hujayralarida nurlanish ta’siriga sezgir biokimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish orqali ifodalanadi.
Natriy nitrat (NaNOi) tuzi hujayralarning bo‘linish jarayonini susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishi orqali, shuningdek, metgemoglobin hosil qilish asosida radioproteksion ta’sir ko‘rsatadi.
Umumiy holatda radioprotektorlaming ta’sir mexanizmi quyidagi holatlar asosida tushuntiriladi:
• Erkin radikallami o‘ziga bog‘lab oladi;
• Mitoxondriyada oksidlanish-qaytarilish potensiali qiymatini o‘zgartiradi;
• Endogen SH -guruhlar konsentratsiyasini oshiradi;
• Radiatsion nurlanish ta’siriga chidamlilik darajasini oshiradi. Masalan, serotonin, dofamin, gistamin kabi endogen aminlar konsentratsiyasi ortishi radiatsion nurlanish ta’siriga chidamlilik darajasini oshiradi;
• Kislorod «effekti» mexanizmi faolligini susaytiradi;
• Ayrim radioprotektorlar DNK reperatsiyasi jarayonini kuchaytiradi;
• Hujayrada moddalar almashinuvi jarayoni faolligi susayishi hisobiga radiatsion nurlanish ta’siri susayadi.
Hozirgi vaqtda amaliyotda - «Sistamin gidroxlorid», «IndralinВ190», «S-nafitizin» radioprotektor preparatlaridan foydalaniladi.
Tadqiqotlarda statinlar (statins) radiatsion nurlanish sharoitida DNK reparatsiyasi jarayonini faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Amalga oshirilgan tadqiqotlarda in vitro sharoitida kofein radioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi va y-nurlanish sharoitida DNK makromolekulalari strukturasida yuzaga keluvchi buzilishni h3C ^ sezilarli darajada kamaytirishi qayd qilingan.
Shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqotlarda biologik obyektlar tarkibida suv miqdori ortishi bilan radiatsion nurlanishning salbiy ta’siri susayishi qayd qilingan.
Ayrim tadqiqotlarda asalari (Apis mellifera) zaharining radioproteksion ta’sirga egaligi qayd qilingan.
Tibbiyot amaliyotida radioprotektor preparatlardan o‘sma kasalliklarini radiatsion nurlanish yordamida davolash (onkoterapiya) jarayonida foydalaniladi. Ma’lumki, odam organizmi to‘qima hujayralarining tabiiy funksional faolligi izdan chiqishi va organizm uchun xavf tug‘diruvchi hujayralarga aylanishi kuzatilgan holatda, organizm genomida bu hujayralaming «o‘z -o ‘zini nobud qilish dasturi» ishga. tushirilishi asosida yo‘q qilinishi amalga oshadi.
Biroq, immun tizim funksiyasi susayishi natijasida funksiyasi ishdan chiqqan hujayralarni «tanib olish» jarayonining faolligi susayadi va o‘z navbatida, nazoratsiz ravishda, cheksiz ko‘payish xossasiga ega bo‘lgan - o‘sma hujayralari kelib chiqadi va organizm hayot faoliyati uchun xavf yuzaga keladi. Radiatsion terapiya odam organizmida o‘sma hujayralarining ko‘payishini cheklash va yo‘qotishga qaratiladi. Biroq, radiatsion nurlanish ishdan chiqqan hujayralarga tanlab ta’sir ko‘rsatmaydi va bunda sog‘lom to‘qimalarning ham radiatsion zararlanishi kuzatiladi. Shu sababli, bunday vaziyatda organizmning umumiy holatini yaxshilovchi radioprotektor preparatlardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.
Masalan, radioterapiya amaliyotida foydalaniluvchi, tarkibi limon siropi, leysin, valin, izoleysin, taurindan tashkil topgan -«Sartar» (Rossiya) radioprotektor preparati odam organizmida zaharli moddalaming salbiy ta’sirini susaytiruvchi, antioksidant, gepatoprotektor, radioprotektor ta’sir faolligiga egaligi va immun tizim funksiyasini faollashtirishi qayd qilinadi207.
Kislorod «effekti»
Kislorod «effekti» - muhit tarkibida kislorod (02) konsentratsiyasi va bosimi mavjud sharoitda radiatsion nurlanish ta’siri kuchayishi hodisasi hisoblanadi.
Kislorod «effekti» mexanizmi quyidagi holatlar asosida izohlanadi:
• Kislorod elektron akseptori sifatida o‘rin tutadi va radiatsion nurlanish ta’sirida DNK makromolekulasida ionizatsiya jarayonida hosil bo‘lgan juftlashmagan elektron kislorod bilan bog‘lanadi va o‘z navbatida, DNK reperatsiyasi mexanizmi faolligi susayadi;
• Shuningdek, kislorod radiatsion nurlanish jarayonida suv radiolizi faol mahsulotlari hosil bo‘lishini kuchaytiradi va o‘z navbatida, makromolekulalarning erkin radikallar ta’sirida buzilishi ehtimolligi darajasi ortadi.
1912-yilda o‘sma kasalligida rentgen nurlanish yordamida davolash mexanizmini o‘rganish jarayonida G.Shvars tomonidan nurlanish hosil qiluvchi rentgen trubkasi moslamasi bemor teri sohasiga qattiq bosilganda, bu sohada kislorod tashuvchi qon tomirlar siqilishi natijasida qon o‘tishi susayishi va o‘z navbatida, nurlanish ta’siri ham susayishi aniqlangan.
1949-yilda X.Patt tomonidan tajriba hayvonlarida sistein radiatsion nurlanish ta’sirida nobud boiishdan himoyalovchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, N.N.Suvorov, P.G.Jerebchenko, S.P.Yarmonenko, L.Grey, D.Keyter kabi tadqiqotchilar tomonidan biologik organizmlar to‘qimalarida kislorod miqdorining kamaytirilishi radiatsion nurlanishning salbiy ta’sirini susaytirishi aniqlangan. ...
Ko‘pgina radioprotektorlar kislorod iste’moli darajasini susaytiruvchi ta’sir ko'rsatadi (gipoksik ta’sir).
1951-yilda L-sistein hosilalari radioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi va biologik organizmda kislorod iste’moli qiymatini susaytirishi, o‘z navbatida, radiatsiyaning salbiy ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, L-sistein hosilalari gistamin, pirodoksin kabi preparatlar bilan birgalikda terapevtik ta’siri kuchayishi (sinergizm) qayd qilingan. To‘qimada nafas olish jarayoni ingibitorlari - furfurolsiangidrin, asetonsiangidrin (sianoforlar) radioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Bioflavonoidlar - potensial samarali ta’sirga ega radioprotektorlar sifatida
Odatda, ko'pgina kimyoviy radioprotektor preparatlar yuqori darajada toksik ta’sirga egaligi va qisqa vaqt (~l-2 soat) davomida terapevtik ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinib208, shu sababli fitopreparatlar asosida, samarali ta’sirga ega bo‘lgan va qo‘shimcha salbiy ta’sir kuzatilmaydigan radioprotektor preparatlaming yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega hisoblanishi ta’kidlanadi.
Shuningdek, tibbiyot amaliyotida o‘sma kasalligiga qarshi radiatsion terapiya usulidan foydalaniladi, biroq radiatsion nurlanish me’yoriy holatdagi biologik to‘qimalarga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.
Shu sababli, hozirgi vaqtda kimyoviy radioprotektor moddalaming (AET, WR2721, WR 1065 va boshqalar) salbiy toksik ta’sirga egaligi uchun, tabiiy o‘simlik moddalari asosida, toksik ta’sirga ega boMmagan radioprotektor preparatlami ishlab chiqish yo‘nalishida amalga oshiriluvchi tadqiqotlar dolzarb ahamiyatga ega hisoblanishi qayd qilinadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda invitro sharoitida o‘simlik moddalari asosida yaratilgan ayrim radioprotektor moddalar qon tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, tajriba hayvonlari organizmida immun tizimini faollashtirishi orqaliterapevtik ta’sir ko‘rsatishi qayd qilingan.
• a-Tokoferol monogfyukozid - toksik ta’siri kam bo‘lgan, samarali radioprotektor hisoblanadi212.
• Baicalein - 5-50 mkM konsentratsiyada ta’sir ko‘rsatuvchi, kuchli radioprotektor bo‘lib, lipidlarning peroksidlanish jarayoni ingibitori hisoblanadi.
• Troxerutin - Sophora japonica o‘simligidan ajratib olingan flavonoid bo‘lib, radiatsion nurlanish ta’siri sharoitida kuchli radioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi qayd qilingan.
Kislorod erkin radikallarini bog‘lab oluvchi, antioksidant ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan flavonoidlar asosida radioprotektor vositalami ishlab chiqish yo‘nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Flavonoidlar biologik to‘qimalarda endogen antioksidant ferment tizimlarining (superoksiddismutaza, katalaza glutation peroksidctza, glutation reduktaza) fimksiyasini faollashtirishi, immun tizimini barqarorlashtirishi, gepatoprotektor, kardioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, DNK darajasida yuzaga keluvchi buzilishlar darajasini susaytirishi orqali radiatsion nurlanish sharoitida biologik organizmlarda qayta tiklanish jarayonini tezlashtirishi taxmin qilinadi.
Shuningdek, qayd qilib o‘tish kerakki, amalga oshirilgan tadqiqotlarimizda flavonoidlar polifunksional terapevtik ta’sir xususiyatlariga ega hisoblanishi kuzatildi.
Jumladan, kversetin, rutin va katexin in vitro sharoitida tajriba hayvonlari miokard funksiyasi faolligini oshirishi va sezilarli darajada antiaritmik ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Shuningdek, amalga oshirilgan tajribalarda pulikarin flavonoidi kuchli gipotenziv ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlarda Ocimum sanctum o‘simlik turidan ajratib olingan flavonoidlar tajriba hayvonlarida sezilarli darajada radioprotektor sifatida ta’sir ko‘rsatishi qayd qilingan.
Flavonodlaming antioksidant ta’sir mexanizmlari radiatsion nurlanish sharoitida biologik to‘qimalarda o‘sma kasalliklari kelib chiqish ehtimolligi darajasini susaytirishi mumkinligi taxmin qilingan.
Ayrim flavonoidlar (nepitrin, scutellarein, rutin, naringin) radiatsion nurlanish ta’sirida tajriba hayvonlarining nobud bo‘lish darajasini kamaytirishi aniqlangan.
Tadqiqotlarda Pilea microphylla o‘simlik turidan ajratib olingan kversetin-3-O-rutinozid flavonoidi in vivo sharoitida tajriba hayvonlarida radiatsion nurlanishning salbiy ta’sirini kamaytirishi aniqlangan va bu ta’sir biologik to‘qimalarda antioksidant tizim muvozanatini qayta tiklashi, shuningdek, radiatsion nurlanish ta’sirida rivojlanuvchi apoptoz jarayonini susaytirishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.
Tajribalarda kversetin y-nurlanish va rentgen nurlanishi ta’siri sharoitida kuchli radioproteksion ta’sir faolligiga egaligi qayd qilingan.
Rutin, kvarsetin qon tomirlar devori tonusini mustahkamlaydi, S vitamini o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda rutin va kversetin y-radiatsion nurlanish sharoitida endogen antioksidant ferment tizimlari - superoksiddismutaza, katalaza glutation peroksidaza, glutation reduktaza flmksiyasini faollashtirishi, erkin radikallar konsentratsiyasini kamaytirishi, lipidlarning peroksidli oksidlanishi darajasini kamaytirishi aniqlangan.
Ma’lumki, radiatsion nurlanish ta’sirida biologik to‘qima hujayralarida navbatdagi buzilishlaming biokimyoviy zanjirini boshlab beruvchi - kislorodning faol shakli (erkin radikal) hosil bo‘lishi jarayoni kuchayadi, aynan polifenol birikmalari, jumladan flavonoidlaming radioproteksion ta’siri antioksidant ta’sir mexanizmi orqali izohlanadi.
Ocimum L. o‘simlik turlaridan ajratib olingan flavonoidlar radiatsion nurlanish sharoitida ferment tizimlari faolligiga ta’sir ko‘rsatish orqali radioprotektor sifatida ta’sir qilishi mumkinligi taxmin qilingan.
Tadqiqotlarda turli xil o‘simliklardan ajratib olingan flavonoidlar sezilarli darajada radioprotektor ta’sir effektiga egaligi qayd qilingan bo‘lib, jumladan Alpinia galanga L, o‘simligidan ajratib olingan galangin, kaempferide flavonoidlari in vitro sharoitida 2 Gry-nurlanish ta’siri sharoitida DNK makromolekulasida yuzaga keluvchi buzilishlarga sezilarli darajada qarshilik ko‘rsatishi aniqlangan va bu flavonoidlarning radiatsion nurlanish ta’sirida hosil bo‘luvchi erkin radikallarning salbiy ta’sirini neytrallovchi ta’sir ko‘rsatishi bilan bogiiqligi taxmin qilingan. Aloe arboresceits Emblica officinalis Mentha arvensis Gingo biloba Radioprotektor sifatida ta’sir xususiyatiga ega bo'lgan ayrim o‘simlik turlari.
Shuningdek, hesperidin flavonoidi tajriba hayvonlarida 10-160 mg/kg dozada qorin bo‘shlig‘iga in’eksiya qilingan sharoitda 2 Gr y- nurlanish sharoitida DNK makromolekulasida yuzaga keluvchi buzilishlarga qarshi radioproteksion ta’sir ko‘rsatishi qayd qilingan.
Hozirgi vaqtda radioprotektor preparatlaming yangi avlodi sifatida, tarkibida bioflavonoidlar mavjud bo‘lgan bir qator preparatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, tarkibida flavonoidlar mavjud bo‘lgan «Vitokan» (Ukraina) preparati antioksidant va radioprotektor ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.
Kversetin flavonoidi y-nurlanish ta’siri sharoitida tajriba hayvonlarida DNK makromolekulasidagi buzilishlar yuzaga kelishini sezilarli darajada susaytirishi qayd qilingan va flavonoidlar radioprotektor sifatida ijobiy ta’sirga ega preparatlami ishlab chiqishda istiqbolli manbalar hisoblanishi ta’kidlangan
Radioprotektorlarning bir nechta tasnifi mavjud. Ularning aksariyati dori vositalarining kimyoviy tuzilishi yoki ularning ta'sir qilish muddati tamoyillarini oladi. Harbiy radiologiyada radioprotektorlarni himoya qilish vaqtiga qarab ajratadigan tasnif o'rnatildi.
Qisqa muddatli radioprotektorlar.
a) azotli oltingugurtli radioprotektorlar.
Bu guruhga sistamin, kistafos, gammafos, sisteamin kiradi.
Hozirgi vaqtda standart radioprotektor sistamin (diaminodietilsulfid) hisoblanadi. Preparat ikkita olti burchakli qip-qizil qalam qutilarida individual birinchi tibbiy yordam to'plamida va bir qator boshqa to'plamlarda, har biri 0,2 g dan 6 tabletkadan iborat.Sistamin va boshqa radioprotektorlar AI bilan aloqa qilishdan 40-60 daqiqa oldin olinadi, ta'siri. 4 dan 6 soatgacha davom etadi. Sistamin gidroxloridning odatiy dozasi 6 tabletka - 1,2 g. Issiq (30 ° C dan yuqori) va baland tog'li iqlim sharoitida 4 tabletka (0,8 g) ishlatiladi. Agar kerak bo'lsa, preparatni 4-5 soatdan keyin yana qabul qilish mumkin. Sistaminning gamma-nurlanish taʼsirida toʻgʻridan-toʻgʻri sarflanishi 1,5 ga, neytronlar taʼsirida esa 1,1 ga teng. Gammafos bu guruhdan samaraliroq, gamma-neytron nurlanishi bilan uning FUD 2-2,5 ga etadi.
Oltingugurt-azotli radioprotektorlarning ta'sir qilish mexanizmi:
1. IQ ta'sir qilish vaqtida biosubstratning qo'zg'atilgan molekulalariga bevosita ta'sir qilish va elektron qatlamni tiklash orqali ularning jismoniy holatini normallashtirish;
2. biosubstratning faol molekulalarini vaqtincha, teskari tarzda inhibe qilish, ularni shikastlanishdan "himoya qilish";
3. hosil bo'lgan yog' kislotasi radikallarini gidroperoksidlar hosil bo'lish bosqichida faolsizlantirish, shu bilan zanjirli reaktsiyalarni blokirovka qilish va limfadagi radiotoksinlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish;
4. ikki valentli metallarni bog'lash - peroksidlanish reaktsiyalarini tugatishga yordam beradigan oksidlanish katalizatorlari;
5. limfa sekretsiyasi ortishida namoyon bo'ladigan limfa tizimining drenajlash va detoksifikatsiya qilish funktsiyasini kuchaytirish.
b) biogen aminlar.
Bu guruhga meskamin kiradi - serotoninning sintetik analogi, indralin (B-190-B), naftizin, "C" preparati.
Indralin (B-190-V) shoshilinch foydalanish uchun standart radioprotektor hisoblanadi. Gamma-neytron nurlanishida Fud 1,3-1,5 ga etadi. Preparat mo'ljallangan nurlanishdan 5-10 daqiqa oldin 0,45 g (0,15 g dan 3 tabletka) miqdorida qo'llaniladi, himoya ta'siri 1 soat davom etadi.
Indralin to'g'ridan-to'g'ri alfa-agonistdir. Ushbu guruhdagi dori vositalarini himoya qilish mexanizmi radiosensitiv organlar va to'qimalarda qon ta'minotidagi vazospazm va qon aylanishining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lib, bu to'qimalarning himoyasini belgilaydigan gipoksiya rivojlanishiga olib keladi.
Biogen aminlar xromosoma aberatsiyasining chastotasini kamaytiradi va shu bilan o'simta hosil bo'lish xavfini kamaytiradi.
Uzoq muddatli radioprotektorlar.
a) Estrogen faolligi bo'lgan dorilar.
Ushbu guruhga kiritilgan standart dori dietilstilbestrol (DES yoki RDD). DES mumkin bo'lgan nurlanishdan 1-2 kun oldin 25 mg (0,025 g 1 tabletka) miqdorida og'iz orqali qabul qilinadi, bu 10-14 kun davomida tananing qarshiligini oshirishga olib keladi. Ushbu guruhning radioprotektorlarining FUD 1,2-1,3 ni tashkil qiladi.
Himoya ta'sirining mexanizmi giperestrogenizm holatiga asoslanadi, bu membrana fosfolipidlarining erkin radikal oksidlanish jarayonlariga chidamliligini oshiradi va umuman limfaning antioksidant faolligini oshiradi.
Giperestrogenizmning oqibatlari:
1. Suyak iligining proliferativ faolligini teskari inhibe qilish, bu nurlanish vaqtida uning kamroq zararlanishini va kelajakda gematopoezning tez tiklanishini ta'minlaydi.
2. Sistamin kabi, DES limfa tizimining drenajlash va detoksifikatsiya funktsiyasini kuchaytiradi, bu limfa ajralishining ortishi bilan namoyon bo'ladi.
3. Qalqonsimon bezning funksiyasiga ta'sir qiladi va buyrak usti po'stlog'ining endokrin faolligini faollashtiradi, bu esa radiatsiyadan keyingi katabolizm jarayonlarini zaiflashtirishga yordam beradi va biosintetik jarayonlarning faollashuvi tufayli radiosensitiv to'qimalarning tiklanishini kuchaytiradi.
4. Retikuloendotelial tizimni rag'batlantiradi, bu organizmning ARS balandligi davrida rivojlanadigan toksemiya va bakteriemiyaga chidamliligini oshiradi.
Sistamin va DESni birgalikda qo'llash ushbu radioprotektorlar alohida qo'llanilganda paydo bo'ladigan ta'sirga qaraganda ancha aniq ta'sir ko'rsatadi.
b) Polisaxaridlar, nuklein kislotalar va sintetik polimerlar.
Yuqori molekulyar birikmalar asosidagi biologik mexanizmlar quyidagi qobiliyatlar bilan bog'liq:
• nuklein kislotalar sintezini rag'batlantirish;
• nurlangan tanada ko'payish qobiliyatiga ega yosh suyak iligi hujayralarini joylashtirish;
• zararlangan gematopoetik to'qimalarda suyak iligi hujayralarini mahkamlash orqali yangi gematopoez o'choqlarini hosil qiladi va mavjud o'choqlarni faollashtiradi.
Shuningdek, tananing nurlanish ta'siriga chidamliligini uzoq muddatli oshirishga qaratilgan radiatsiyaviy shikastlanishlarning oldini olishning biologik usullari mavjud.
Birinchi guruh o'simlik kelib chiqishi adaptogenlari (Eleutherococcus ekstrakti, Schisandra damlamasi, jenshen damlamasi). Ular tananing ko'plab noqulay omillarga, shu jumladan AI ta'siriga chidamliligini oshiradi. Ushbu guruhdan dori-darmonlarni REMga borishdan 10 kun oldin, har kuni ovqatdan 30 daqiqa oldin 20-30 tomchidan oling. Optimal kurs 20 kun.
Ikkinchi guruh - multivitaminli va vitaminli kislota komplekslari (amitetravit, tetrafolivit, riboksin). Dori-darmonlarni RZMga kirishdan 5 kun oldin, 3 g, ovqatdan keyin kuniga 2 marta, har kuni qabul qiling. Optimal kurs 2 hafta.
Uchinchi guruh - metabolitlar - metabolik modifikatorlar - süksin kislotasining preparati - YANA. Preparat RZMda bo'lishning butun davri davomida, kuniga 2 marta ovqatdan oldin 1 tabletka suvda eritiladi.
To'rtinchi guruh - antioksidantlar (tokoferol, piridoksin, riboksin, askorbin kislotasi). Odatdagi rejimlarga muvofiq REMda qolishning butun davri davomida qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. А.Г.Гусев и др. Защита от ионизирующих излучений //Москва, 1990.- Т . 1-2.
2. А.К.Гуськова, А.В.Баранова, Р.Д.Друтман и др. Руководство по организации медицинской помощи при радиационных авариях // Москва, 1985.
3. А,К.Гуськова и др. Руководство по организации медицинской помощи при радиационных авариях // Москва, 1989.-80 с.
4. А.Н.Гребенюк и др. Медицинские средства профилактики и терапии радиационных поражений: Учебное пособие //СПб: Фолиант, 2011. - 92 с.
5. В.И.Легеза, В.Г.Владимиров. Новая классификация профилактических противолучевых средств // Радиационная биология. Радиоэкология. - 1998. - Т. 38, - №3. - С.416-425.
6. В.П.Машкович. Защита от ионизирующих излучений //Москва. - Изд-во «Энергоатомиздат», 1982.
7. Е.Ф.Романцев, В.Д.Блохина, З.И.Жуланова и др. Биохимические основы действия радиопротекторов // Москва, 1980.
8. Е.Ф.Романцев. Радиация и химическая защита // Москва.-И зд-во «Атомиздат», 1968.
9. З.Бак. Химическая защита от ионизирующей радиации //Москва. - Изд-во «Атомиздат», 1968.
10. Л.Х.Эйдус, Ю.К.Корыстов. Кислород в радиобиологии //Москва, - Изд-во «Атомиздат», 1984.
11. Л.Х.Эйдус. Физико-химические основы радиобиоло-гических процессов и защиты от излучений // Москва, 1979.
12. Л.М.Рождественский. Механизмы радиозащитного эффекта и индикация эффективности радиопротекторов // Москва.-И зд-во «Энергоатомиздат», 1985.
13. П.Куна. Химическая радиозащита // Москва, 1990. -190 с.
14. С.ПЯрмоненко, А.А.Вайнсон, Э.Магдон. Кислородный эффект и лучевая терапия опухолей // Москва, 1980.
Download 17.78 Kb.




Download 17.78 Kb.