|
Rahbarning asosiy ish uslubi
|
bet | 2/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #242724 |
Bog'liq boshqaruv psixologiyasiRahbarning asosiy ish uslubi
Ijodkor
avtoritar
liberal
demokrat bo‘lishi mumkin.
Kreativlik (ijodiy yondoshuv)-rahbarning ishni ko‘zini bilishi, pirovord natijani oldindan ko‘ra olishi, ishning strategiyasi, taktikasi, texnologiyasini avvaldan rejalashtirib, uni uddaburonlik bilan hal etishi, jamoa va hamkorlarni muassasa muammolariga jalb etishi, ularning e’tiborini torta olishda ko‘rinadi.
Avtoritar rahbarlik usuli -qattiq qo‘llik, printsipiallik, hukmronlik, yagona shaxs fikrining tan olinishi, shaxslararo munosabat faqat bir kishining hukmiga ko‘ra amalga oshirilib, yakka hukmronlik tamoyiliga asoslanadi.
Liberal rahbarlik usuli -faoliyatni erkinlashtirish, shaxslararo munosabatda rahbar bilan xodimlarning o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, hamijodkorlik, hamdardlikka ega emasligi, o‘zaro befarqlik prinsiplariga asoslanadi.
Demokratik rahbarlik usulida o‘zaro hamjihatlik, boshqalar fikrini inobatga olish, tenghuquqlilik, tafovutga bormaslik, mustaqil fikrlashga da’vat etish, hamjihatlik asosida ish yuritish, “men” va“biz” tamoyiliga amal qiladi.
Rahbarlik usuli - bu rahbarning xodimlarni korxona yoki tashkilotning rivojlantirish maqsadlari tomon yetaklashidan iborat jarayondir.Bu jaroyonni mazmunan muhim jihatlariga e’tibor qaratish, jadal ijtimoiylashuv va xodimlarning emotsional barqarorligini ta’minlashda zmonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish rahbardan mahorat va bilim, ko‘nikma, malaka talab qiladi. - Rahbarlik usuli - bu rahbarning xodimlarni korxona yoki tashkilotning rivojlantirish maqsadlari tomon yetaklashidan iborat jarayondir.Bu jaroyonni mazmunan muhim jihatlariga e’tibor qaratish, jadal ijtimoiylashuv va xodimlarning emotsional barqarorligini ta’minlashda zmonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish rahbardan mahorat va bilim, ko‘nikma, malaka talab qiladi.
Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi.
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.
Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi.
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur.
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;
E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |