|
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari
|
bet | 19/27 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 59,78 Kb. | | #14371 |
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
|
| |