|
Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi
|
bet | 21/27 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 59,78 Kb. | | #14371 |
Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.
|
| |