• Davr xarajatlari hisobi.
  • Nazorat uchun savollar
  • Mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha




    Download 95.14 Kb.
    bet9/9
    Sana16.03.2024
    Hajmi95.14 Kb.
    #174422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu (1)
    Untitled 1214, Cover (A10-031).pm6.en.uz, Amaliyot kundaligi, Mavzu “Yengil atletika 4x10 masofaga moksimon yugurishlarni ba-fayllar.org, 24 Topshiriq Davr xarajatlari tarkibi va hisobi, Субподрядный договор Сурхандарья Камол ака
    Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

    Schyotlarning
    bog‘lanishi

    Debet

    Kredit

    1

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan asosiy
    vositalarning eskirishi

    2710

    0210-0299

    2

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda band bo‘lgan xodimlarga
    mehnat haqi to‘lash xarajatlari

    2710

    6710

    3


    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga ko‘rsatilgan va ularning is’temol qilgan xizmatlari
    qiymati

    2710


    2310


    4

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlarining sotish va
    ma’muriy xarajatlarga taqsimlanishi

    9410, 9420

    2710

    5

    Hisobot davri oxirida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar zararlarining
    davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi

    9430

    2710

    6

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning
    sarflanishi

    2710

    1010-1090

    7

    Mahsulot olish uchun hayvonlarning so‘yilishi

    2710

    1110, 1120

    8

    Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat ko‘rsatuvchi
    xo‘jaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi

    2710

    3110-3190

    9

    Asosiy sexlar mahsulotlarining bir qismi xizmat ko‘rsatuvchi
    xo‘jaliklarning ehtiyojlari uchun ishlatildi

    2710

    2810

    10


    Mol yetkazib beruvchilardan xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bug‘, energiya va
    xokazolar) va xizmatlar

    2710


    6010


    11

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda sug‘urta bo‘yicha xarajatlar

    2710

    6510

    12

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari bo‘yicha maqsadli
    davlat jamg‘armalariga ajratmalar

    2710

    6520

    13

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun
    turli korxonalarga bo‘lgan qarzlar

    2710

    6990

    14

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning kapital qo‘yilmalarni amalga
    oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi

    0810-0890

    2710

    15

    Ilgari xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan
    chiqarilgan materiallarning qaytarilishi

    1010-1090

    2710

    16

    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari o‘stirishdagi va
    bo‘rdoqiga boqilayotgan xayvonlarning tannarxiga kiritildi

    1110, 1120

    2710



    1. Davr xarajatlari hisobi.


    Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
    Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
    Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari»
    9420-«Ma’muriy xarajatlar»
    9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
    Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

    • temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;

    • savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

    • mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan boG‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

    • ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

    • savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

    • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

    • sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlarining eskirishi;

    • savdo reklamasi xarajatlari;

    • bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.

    Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisovaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan boG‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
    9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvaraG‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
    Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
    Unga quyidagi xarajatlar kiradi:

    • boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

    • boshqaruv xodimlariga tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

    • xizmat yengil avtotransporti va xizmat mikroavtobusini saqlash, g‘llash va ijaraga olish xarajatlari;

    • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;

    • boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

    • ijara, xizmatlar ko‘rsatilgani uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa);

    • bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar va boshqalar.

    Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:

    • Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, normalar doirasida va ulardan ortiqcha mutaxassislar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bundan mustasno.

    • Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish choG‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan

    taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.

    • Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.

    • Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash.

    • Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.

    • Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.

    • Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sag‘hatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashyoulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.

    • boshqa xarajatlar.

    Yuqoridagi keltirib o‘tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi.


    Nazorat uchun savollar


    1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmunini aytib bering.

    2. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning farqli jihatlari nimalardan iborat?

    3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning zamonaviy usullarini aytib bering.

    4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi qanday tashkil qilinadi hamda mahsulot tannarxida qanday aks ettiriladi?

    5. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubiyotini aytib bering.

    6. Davr xarajatlariga qaysi turdagi xarajatlar kiradi.

    7. 54-sonli Nizomning mohiyatini yoritib bering.

    Download 95.14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 95.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha

    Download 95.14 Kb.