Mavzu: Konservalash jarayoni haqida umumiy tushuncha Reja




Download 30.13 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2023
Hajmi30.13 Kb.
#88538
  1   2
Bog'liq
Konservalash jarayoni haqida umumiy tushuncha
13 optik tola, O\'zbekistonda moliya pul tizimi, O`zbekiston Respublikasi, bufer eritmalar. bufer eritmalarning, Mol, molekulyar yoki molyar massa Atom massalarning halqaro birl-fayllar.org, konserva mahsulotlariga qo\'yiladigan talablar, KOnserva oziqaviy-energetik qiymat, 2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt, 8 Kimyoviy element tushunchasi, S2985G и S2965 Руководство по настройке, 6 Gerbitsidlar, 9 Aminokislotalarni ajratib olish, (Ro\'ziboyeva)SUT VA SUT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI, Aromatik uglevodordlar

Mavzu: Konservalash jarayoni haqida umumiy tushuncha
Reja:

  1. Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari

  2. SabzavotIi konservalar.

  3. Meva-rezavorli konservalar.

Inson qishloq xo'jalik mahsulotlarini iste'mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib kelmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo'lgan. Ko'chmanchi xalqlar yig'ilgan meva va urug'larni saqlash uchun maxsus yerto'lalar qurishgan. Qabilalar o'troq bo'lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlab, zararkunandalardan himoya qila boshlashgan. O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e'tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida o'zgaruvchan bo'lganligi sababli go'sht, yog', sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik mahsulotlari saqlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki osib saqlash, qoqi qilish, quritish kabilar keng qo'llaniladi. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go'sht, qazi va tuxumni ko'mib saqlash, poliz mahsulotlarini, osib saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayhon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qo'llanib kelingan. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qog'oz qutilarda saqlangan. Ma'lumki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmay turib, aholini yil bo'yi turli mahsulotlar bilan ta'minlash masalasini hal qilib bo'lmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Konservalash bu oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash va yaroqlilik muddatini uzaytirish maqsadida ishlov berish usulidir. 271 Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash va konservalash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg'or tajribaga tayanib ish ko'rilsa, mahsulotning isrof bo'lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20 % va undan ham ko'proq qO'shimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlanishi mumkin.

Download 30.13 Kb.
  1   2




Download 30.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Konservalash jarayoni haqida umumiy tushuncha Reja

Download 30.13 Kb.