AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMINI IDORALARARO ELEKTRON O‘ZARO HAMKORLIKNI QO‘LLAGAN HOLDA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA




Download 117,05 Kb.
bet2/20
Sana12.01.2024
Hajmi117,05 Kb.
#135477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog\'liqni s

AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMINI IDORALARARO ELEKTRON O‘ZARO HAMKORLIKNI QO‘LLAGAN HOLDA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda “Yagona reyestr” AT deb ataladi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “Yagona reyestr” AT quyidagilarni nazarda tutadi:
idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda aholiga davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va yordam berish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish;
davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning barcha turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijtimoiy yordamini tayinlashda oilalarning ehtiyojmandligi darajasini va ariza beruvchilarning qonunchilikda belgilangan mezonlarga muvofiqligini real vaqt rejimida baholash;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlarga ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun “Yagona reyestr” ATdan zarur axborotni berish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Yagona reyestr” ATning egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi;
b) “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berishni (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy nafaqalar deb ataladi) ko‘rib chiqish va tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida 2019-yil 1-oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sirdaryo viloyatining kam ta’minlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
“Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning barcha turlarini ma’muriy ta’minlash va hisobga olish jarayonlarini birlashtirishni nazarda tutadigan uning takomillashtirilishi ta’minlagan holda bosqichma-bosqich 2019-2020-yillarda amalga oshiriladi;

Download 117,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 117,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMINI IDORALARARO ELEKTRON O‘ZARO HAMKORLIKNI QO‘LLAGAN HOLDA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Download 117,05 Kb.