• -loyiha echimlarini optimallashtirishda matematik uslullarni qo’llash;
  • Mavzu: Respublikamizda yo’llarni loyihalash uslublarini rivojlanishi




    Download 1.1 Mb.
    bet3/4
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.1 Mb.
    #40209
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Yo\'llarni loyihalash
    chizma dars ishlanma

    Avtomobil yo’llarini loyihalashda ba’zi bir muhim sanalgan kompleks talablarni hisobga olish zarur: hududning iqtisodiy va ijtimoiy talablaridan kelib chiqib optimal transport xizmatini ta’minlash; avtomobil transporti ishi samaradorligini ta’minlash, harakat xavfsizligi va qulayligini ta’minlash; yo’llarni qurish va ekspluatatsiya qilishda moliyaviy va material resurslarni iqtisod qilish. Ushbu talablarga javob beradigan loyiha echimlarini qidirish yuqori malakali loyihachi muhandislardan katta mehnat sarfini talab qiladigan murakkab vazifa hisoblanadi.

    Amaliyot shuni ko’rsatadiki, avtomobil yo’llarini loyihalashda axborot texnologiyalarini qo’llash, loyiha tashkilotlarida xodimlar ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda loyiha echimlarini sifatini yaxshilash imkonini beradi. Bu esa qo’yidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

    Amaliyot shuni ko’rsatadiki, avtomobil yo’llarini loyihalashda axborot texnologiyalarini qo’llash, loyiha tashkilotlarida xodimlar ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda loyiha echimlarini sifatini yaxshilash imkonini beradi. Bu esa qo’yidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

    -yo’llarni loyihalashdagi og’ir va bir xil turdagi hisoblash ishlarini avtomatlashtirish, masalan: bo’ylama kesimni loyihalashda loyiha chizig’ini o’tkazish va loyiha belgilarini hisoblash, mustahkamlash va er ishlari hajmini hisoblash, gidrologik hisoblashlar, suv o’tkazuvchi quvurlar tuynugi o’lchamini va ularni qurish ishlari hajmini aniqlash;

    -loyiha echimlarini optimallashtirishda matematik uslullarni qo’llash;

    -ko’pgina raqobatbardosh variantlarni ishlab chiqish va ularni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha baholash;

    -«Qo’lda» loyihalash uslubida o’zining murakkabligiga ko’ra foydalanish imkoni bo’lmagan, ya’ni hisoblashning eng aniq uslublarini qo’llash.

    Bugungi kungacha tuplangan tajribalar shuni ko’rsatadiki, loyihalashda matematik uslublarni va loyihalashning avtomatik tizimlarini qo’llash loyihalanayotgan ob’ektlarning sifatini oshiradi va qurilish bahosini sezilarli pasaytiradi, shu bilan birga loyihani ishlab chiqish muddatini bir qancha kamaytiradi. Avtomatlashgan loyihalash samarali bo’lishi uchun loyihalashning avtomatik tizimlarida ba’zi bir hisoblarni bajarish va avtomatlashgan loyihalash tizimiga o’tish talab etiladi. Bunda ma’lumot yig’ishdan boshlab ma’lumotlarni qayta ishlash va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirishni tugatishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi.


    Download 1.1 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Respublikamizda yo’llarni loyihalash uslublarini rivojlanishi

    Download 1.1 Mb.