|
Mavzu: Rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni rejalashtirish Reja
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 37,06 Kb. | | #146977 |
Bog'liq referat
Mavzu: Rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni rejalashtirish
Reja:
1. Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushincha.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish.
3. Nutqiy faoliyatni loyihalashtirish usullari.
Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: shaxs, individual xususiyatlar, nutq markazi ta’lim, tarbiya, nutq qobiliyati, rivojlanish, omillar, yosh davrlari, to‘g‘ri talaffuz, ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari bola rivojlanishining beshta asosiy sohasini, jumladan, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari” sohasini belgilab beradi. Ushbu talablar milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning parvarishi va taʼlimi sifatini taʼminlab berishni, shuningdek, ularni tarbiyalash va rivojlantirishning samarali shakllari va metodlarini joriy etishni eng muhim vazifalar deb hisoblaydi.
Kichkina bolalar - tashqi taʼsirlarsiz, aniq fikrlaydigan, qiziquvchan, kattalar olamiga kirishga intiladigan shaxslar. Bu olamning kalitlaridan biri – savodxonlik. Savodxonlik eng muhim akademik ko‘nikma hisoblanadi, chunki bolalarning maktabdagi va undan keyingi hayotidagi muvaffaqiyati matnni ravon o‘qish va to‘liq tushunish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Nutqni o‘zlashtirish – kattalar va bolalar bir-biri bilan gaplashganda va bir-birini tinglaganda sodir bo‘ladigan ikki tomonlama almashinuv. Pedagogning eng katta vazifalaridan biri kamroq so‘zlash va bolani ko‘proq gapirishga undash sanaladi. Pedagoglar kun davomida ahamiyatli voqealar haqida hikoya qilib berish orqali bolalarga tinglash va gapirishni o‘rganishda yordam berishi mumkin. O‘zaro munosabatlarning mazkur barcha ko‘rinishlari bolalarning so‘z boyligini oshiradi, shunday qilib, ular o‘qishni boshlaganida matnni tushunishi oson bo‘ladi. So‘zlarni bilish (so‘z boyligi miqdori) va o‘qish mahorati o‘rtasida yaqin bog‘liqlik bor. Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining zimmasiga barcha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini rivojlantirish va to‘g‘rilash maqsadida standart va integratsiyalashgan umumiy ta’limiy mashg‘ulotlarni loyihalash uchun guruhda rivojlantiruvchi o‘qish muhitini tashkillash vazifasi yuklatilgan.
“Til va nutq” rivojlantirish markazida talimiy mashg‘ulotlar individual va 2–3 ta tarbiyalanuvchidan iborat kichik guruhlarda o‘tkaziladi.
Shuningdek, u bolalarning mustaqil faoliyati markazlaridan biriga aylanadi, bu yerda ko‘rgazmali materiallarni o‘rganish va o‘ynash ular uchun yoqimli va qiziqarli bo‘ladi. “Til va nutq” markazining maqsadi –tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi muhitni optimal tashkil etishdan iborat.
“Til va nutq” markazining vazifalari:
Fonematik eshitish qobiliyatini rivojlantirish(so‘z tarkibidagi fonema va tovushlarni farqlay olish).
Nutqiy nafas olishni rivojlantirish.
Ovozni idrok qilishni takomillashtirish.
Talaffuz motorikasini rivojlantirish.
To‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Tushunchalar va leksik-grammatik kategoriyalarni umumlashtiruvchi lug‘atni faollashtirish.
Monolog nutqni rivojlantirish.
O‘qish-yozishni o‘rgatishga tayyorlash.
Bolalar jamoasida nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish.
Hamdardlik tuyg‘usini tarbiyalash (qayg‘usiga sherik bo‘lish, qo‘llabquvvatlash istagi).
Guruhda do‘stona munosabatlarni mustahkamlash.
Jamoaviy ishlash uchun ijobiy motivatsiya hosil qilish.
“Til va nutq” markazining olib boriladigan ta’limiy faoliyatlarni loyihalashda rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasi ta’minlanishi talab etiladi. “Til va nutq” markazining rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasi:
Bolalar bilan nutq va savodxonlikni takomillashtirish ustida ishlashda pedagoglar ularga ijtimoiy-hissiy, jismoniy va aqliy rivojlanishda, shuningdek, boshqa sohalarda (matematika, ilm-fan, texnologiya, ijodkorlik) asosiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish:
harakat orqali nutqni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya jarayonida makon va zamon tasavvurlarining shakllanishi;
ko‘rgazmali faoliyat jarayonida materiallarning turli xil xususiyatlarini va predmetlarning vazifalarini o‘rganish;
harakatlantiruvchi mashg‘ulotlar jarayonida bilish faoliyatining turli ko‘rinishlari shakllanishi;
yozish ko‘nikmalarini egallashga tayyorlanish uchun qo‘lning kichik mushaklari va ko‘rish-harakatlanish muvofiqligini rivojlantirish;
turli xil yozish uskunalari, jumladan, klaviaturadan foydalanish;
predmetlarning tashqi xususiyatlari, shakli, rangi, o‘lchami, hidi, taʼmi, makon va zamondagi o‘rnini tavsiflash va anglash jarayonida sensomotorika va nutqni rivojlantirish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish:
Kelishmovchiliklarni mustaqil hal qilish yoki hissiyotlarni boshqarish uchun mashg‘ulot loyihalarida pedagogik vaziyatlarni yaratish, axloqiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni o‘z-o‘ziga va tengdoshlarining xatti-harakatlariga baho berishga, muammolarni hal qilishga undash;
mutolaa va kitob ulashishdan zavqlanish tuyg‘usini rivojlantirish;
qahramonlarning o‘xshash va farqli tomonlarini o‘rganish;
ruhiy kechinmalarni (o‘zining va boshqalarning) va ularni qanday ifodalashni o‘rganish;
fikr almashishning yangi usullarini o‘rganish;
atrof-muhit va narsalar haqida qayg‘urishni o‘rganish;
bolalarni kattalar mehnati, mehnatning inson hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish; mehnatga nisbatan hurmatni tarbiyalash;
mehnatga oid harakatlarni, kasb-hunar va baʼzi mehnat qurollarini nomlay olishni o‘rgatish.
his-tuyg‘ular haqidagi tushunchalarni o‘rgatish (xijolat tortgan, qo‘rqqan, xursand va h. k.).
Bilish jarayonini rivojlantirish:
Bilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatining shakllanishi fikrlash jarayonlarini – taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish hamda tasniflashni o‘z ichiga oladi, shuningdek, nutqning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantiradi, lug‘at boyligini ko‘paytirishga yordam beradi.
Matnlarni tinglash va tushunish mahoratining shakllanishi;
sabab-taʼsir munosabatlarini aniqlashni o‘rgatish;
diqqatni jamlash, voqealar ketma-ketligini aniqlash.
boshlang‘ich matematik tushunchalarning shakllanishi bolalarga taqqoslash, tenglashtirish, vaqt va joy (atrofida, ortida, oldida, orqadan, ichida, tepasida, ostida va h.k.) masalalarini yaxshi tushunish mahoratini o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
kitoblardagi sonlar, shakllar va geometriyani o‘rganish;
shablonlarni o‘rganish (muayyan iboralar hikoya va kitoblarda qanday takrorlanishi).
matematika bilan bog‘liq tushunchalarni (tomon, burchak, uchburchak, to‘rtburchak va h.k.) o‘rgatish;
hayot, yer, atrof-muhit va fizika fanlari haqida mutolaa qilish;
ko‘ringan narsalarni kuzatish va qayd etib borish;
geografiyani o‘rganish;
tarixni o‘rganish;
kelajak haqida faraz qilish.
Ijodiy rivojlanish:
Bolalarga mayda qo‘l motorikasini rivojlantirishga yordam beradigan ijodiy ishlarni yaratishni o‘rgatish bajariladigan harakatlarning aniqligini oshiradi; ish jarayonida bolalar turli xil materiallar va ularning xususiyatlari bilan tanishadi.
Qofiyani o‘rganish va qo‘shiqlarni takrorlash;
sanʼat va musiqa uslublarini o‘rganish;
o‘qiyotgan va tayyorlagan kitoblari orqali suratlar va tasviriy sanʼatni o‘rganish;
o‘zini ijodkorlikda ifodalash uchun so‘zlardan foydalanish;
hikoya, ertak va boshqalardan foydalanish;
o‘z yurtining tarixiy-madaniy merosiga hurmatni shakllantirish.
“Til va nutq” markazining boshqa rivojlanish markazlari bilan integratsiya: Nutq rivojlanishi vazifalarini hal qilish bola rivojlanishining barcha asosiy sohalari (jismoniy, ijtimoiy-hissiy, kognitiv va ijodiy) bo‘yicha integratsiyalangan, bu bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning to‘liq rivojlanishini taʼminlaydi.
“Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazi. Bolalar ushbu markazda fikrlash va maʼlumotlar almashish qobiliyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan so‘zlashuv ko‘nikmalarini takomillashtiradi. Ertaklarni sahnalashtirishda bolalar gaplarni to‘g‘ri tuzishni o‘rganadi, intonatsiya va ovozni o‘zgartirish orqali har xil qahramonlarni gavdalantiradi. Bolalarning lug‘at boyligi ortadi va faollashadi, alohida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi. O‘yin abstrakt tafakkurni shakllantirish va o‘qishga tayyorlash vositasi sanaladi. O‘yin davomida bolalar o‘z ona tilida muloqot qiladi, nutq moslashuvchanligini oshiradi, so‘z boyligini ko‘paytiradi va yangi tushunchalarni o‘zlashtiradi. Kelajakdagi mavzular asosida o‘ynash bolalarning voqealar mantiqiy ketma-ketligi va matnlarni tushunishini osonlashtiradi.
“Sanʼat” markazi. Yangi ertak va hikoyalarning qahramonlari bilan tanishish bolalarda o‘z his-tuyg‘ularini rasmlarda yoki ijodiy faoliyatning boshqa bir shaklida ifodalab berish istagini uyg‘otadi. Pedagog bolalar chizgan suratga ularning ismlarini yozib beradi, bu esa harflarni o‘zlashtirish va o‘qishga ko‘maklashadi. Qofiyalarni o‘rganish va qo‘shiqlarni takrorlash xotirani rivojlantiradi.
Sanʼat va musiqa uslublarini o‘rganish bolalarda o‘z ona tili va xorijiy tillarning ahamiyatiga nisbatan tushuncha va hurmatni shakllantiradi. Bolalar o‘zlari tayyorlagan yoki o‘qiyotgan kitoblaridagi rasmlar orqali tasviriy sanʼatdan xabardor bo‘ladi. So‘zlardan foydalanish, lug‘at boyligini oshirish bolalarga ijodkorlikda o‘zlarini yaxshiroq ifodalash imkonini beradi.
“Fan va tabiat” markazi. Hayot, yer, ekologiya va fizika fanlari haqidagi kitoblarni o‘qish; savollar va kuzatishlarni yozib olish bolalarni fan va tabiatni o‘rganishga undaydi.
Tajriba orqali bolalar o‘z fikrlarini aniq shakllantirishni, maqsad va vazifalar qo‘yishni, taqqoslashni, savollar berishni, xulosa chiqarishni, mulohaza va xulosalarini bildirishni o‘rganadi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining grammatik tuzilishi va nutq ravonligi takomillashadi.
Bolalar vaqt (kecha, bugun, ertaga, oldin, keyin va hokazo) haqidagi tasavvurga; joy (oldinda, orqadan, yonma-yon, o‘rtasida, ichida, tashqaridan) haqidagi tasavvurga; ilm-fanga tegishli tushunchalarga (og‘ir-yengil, jonli-jonsiz, yangi-eski va boshqalar) ega bo‘ladi; so‘z boyligini sezilarli darajada oshiradi va savodxonligini shakllantiradi.
“Qurilish, konstruksiyalash va matematika” markazi. Nutq rivojlanishi inshootlarni nomlash, bino bo‘limlarining shakl va o‘lchamlarini tavsiflash, bo‘lajak imorat va u haqidagi hikoyalarni muhokama qilish, taqqoslash imkonini beradigan (bir xil, boshqacha, uzun, qisqa va h.k.) tegishli kitoblar va leksika bilan tanishish jarayonida amalga oshadi.
Shuningdek, matematika miyaning nutq rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi maʼlum markazlarini rivojlantirishga yordam beradigan idrok, fikrlash ishlari (taqqoslash, abstraksiyalash, simvollar bilan ifodalash), diqqat va xotirani rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar eshigini ochadi.
Nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarida matematik kontentli o‘yinlardan foydalaniladi (vaqt, fasllar bo‘yicha oriyentatsiya, geometrik shakl va ranglarni mustahkamlash, joy oriyentatsiyasi, hisoblash ko‘nikmalarini mustahkamlash, predmetlarni taqqoslash).
Bu o‘yinlar bolalarga otlarni kelishikda sonlar (sanoq va tartib sonlar) bilan moslashtirish mahoratini mustahkamlashga, so‘zlarning tovushli tahlilini mashq qilishga, so‘zlarning kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganishga yordam beradi, shu bilan birga, nutq ravonligini ham rivojlantiradi.
“Til va nutq” markazi jozibador va shinam ko‘rinishi zarur; ideal holatda u yerda gilam, stullar, yostiqlar va iloji bo‘lsa, divan bo‘lishi kerak. Kitoblar tokchalarga chiroyli qilib terilishi lozim.
Markaz tarkibiy qismlarini tanlashda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak: hafta mavzusini aks ettirishi hamda bolalarning individual va yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak;
“Til va nutq” markazi ijodkorlik markazining yonida joylashishi kerak; rivojlantirish markazi qulay va ko‘rkam bo‘lishi muhim. Uning dizayni bolalar uchun jozibali bo‘lishi va ularda mustaqil faoliyat istagini uyg‘otishi kerak; o‘yin materiallari bolalar qo‘li yetadigan joyda bo‘lishi zarur; burchakni materiallar va jihozlar bilan to‘ldirib tashlash shart emas.
Bo‘limlar bo‘yicha tashkillangan kutubxonada tabiat haqida, hayvonlar haqida yoki mualliflar bo‘yicha kitoblarni joylashtirish mumkin,. Har xil janr va mavzulardagi kamida 10–12 ta kitob namoyish qilinadi.
Bolalarga rasmlari bor tematik ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar, albomlar yoki materiallar. Topishmoqlar, tez aytishlar, sheʼrlar albomi. Shtrixovka va kodlash uchun blankalar, trafaretlar, qo‘lni yozishga tayyorlash uchun perfokartalar, qo‘lda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar.
Og‘zaki nutqiy o‘yinlar kartotekasi hafta mavzusidan qatʼi nazar, butun yil davomida bo‘lishi kerak. Harflarni tasvirlash uchun didaktik material (arqonchalar, bog‘ichlar, sim, toshchalar, qum, plastilin va boshqalar).
Turli materialdan tayyorlangan, har xil rang va o‘chamdagi harflar to‘plami, turli uslubdagi harflar alifbosi (tayyorlov guruhlari uchun). So‘z boyligini, nutqning tovush madaniyatini va nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga, bolalarga savodxonlikni o‘rgatishga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar.
O‘yinlardan – “Rassom nimada xato qilgan?” didaktik materiallari, o‘yinlar – “Farqlarni toping” turidagi rasmlar. “Rasm asosida hikoya tuzing”, “Tartib bo‘yicha qo‘ying va hikoya tuzing” rasmlar to‘plamlarini joylashtirish tavsiya etiladi.
Loyihalash bo‘yicha tavsiyalar: Bolalarning o‘zi ijod qilib chizgan rasmlardan tayyorlangan albomlar va kitobchalar. Markaz boshqa markazlarga qaraganda materiallarga boyroq bo‘lishi kerak, chunki u yerda jihozlar qancha ko‘p bo‘lsa, bola ularni shuncha ko‘p ko‘radi, ular haqida gapiradi, do‘stlari bilan muloqot qiladi, so‘z boyligini oshiradi, nutqini rivojlantiradi.
Rasmlar va naqshlar guruh xonasidagi mebel va devorlarni bezab turadi. Markazni bezatishda ertak va multfilmlarning sevimli ommabop qahramonlari, hayvonlar hamda harflar suratidan foydalaniladi.
Shu bilan birga, “Til va nutq” markazidagi rasmlar funksional bo‘lib, ular asosida bolalarga savol berish yoki og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni o‘ylab topishingiz mumkin: “Rasmda kim tasvirlangan? U qanaqaligini taʼriflab ber”, “Bilmasvoy bilan salomlash. Unga kunni qanday o‘tkazganingni aytib ber”, “Ushbu rasm asosida kichik hikoya o‘ylab top” va h.k.
“Bilimdon”, “Baby Terra”, “Buloqcha”, “Я и мой Ребенок” (“Men va farzandim”), “Gulxan” va boshqa jurnallar, harflari yirik rang-barang bolalar kitoblari, rivojlantiruvchi topshiriqlardan iborat kitoblar.
San’at markazi” bolalarga quvonch, hayajon va qoniqish hislarini beradi. U turli hil vazifalarni amalga oshiradi, lekin, avvalambor, ijodga bo‘lgan qobiliyatni milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarga xurmat, tasavvur, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, kreativlikni kengaytiradi va mustahkamlaydi. “San’at markazi” maqsad va vazifalari :
Bunyod qilish va ijodiy layoqatni amalga oshirishni rag‘batlantiradi;
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi;
verbal va noverbal muloqot;
intellektual qobiliyatni rivojlantiradi;
yirik va mayda motorikani rivojlantiradi;
taktil sezgisini boyitadi;
yangi materiallar bilan tanishishda qoniqish imkonini beradi;
milliy madaniyat va ijodga bo‘lgan xurmatni shakllantiradi.
“San’at markazi” faoliyat turlari va bolalarni markazga jalb qilish yo‘llari: Rassomlik; Barmoq rassomligi; Barmoq rassomligi sovun ko‘pigi bilan; Barmoq rassomligi kraxmal bilan; Shimgich bilan rasm chizish; Dog‘lar usulidagi rassomlik; Arqon rassomligi; Mum rassomligi; Loy, plastilin, tuzli xamir va boshqa ashyolardan shakllar yasash;
Bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha integratsiya “San’at markazi” bolalarni hamma sohada rivojlanishiga omil yaratadi: ruhiy, jismoniy, ijtmoiy bilim, bilim orttirish.
Ruhiy rivojlanish ushbu omillarga asosan amalga oshadi: So‘zsiz muloqotda bo‘lish imkoniyati. His-tuyg‘uni ifoda qilish yo‘li mavjudligi. Ruhiy yengillashish imkoniyati.
Jismoniy rivojlanish imkoniyatlari: Mayda motorika nazoratini rivojlantirish. Taktil sezgilarni rivojlantirish. Idrok keskinligini oshirish. Yirik harakatlar mototrikasini rivojlantirish. Ko‘z va qo‘l harakatlari tajribasini orttirish hisobiga muvofiqlashtirish.
Ijtimoiy rivojlanish qo‘yidagilar hisobiga ro‘y beradi: Bolalarda mustaqillik va o‘ziga ishonchni amalga oshirishda yordam beradi. Boshqa bolalar bilan va navbat bilan ishlash imkoniyatini. Bolalarda javobgarlik va buyumlarni avaylab asrash hissini rag‘batlantirish. Madaniy va badiiy merosni qadriga yetish hislarini shakllantirish.
Bilim olish ko‘nikmalarini rivojlanishi qo‘yidagilarga asosan amalga oshiriladi: Bolalarning so‘z boyligi oshishi. Sabab-natija munosabatlarini qanday va nima uchun, nimadir sodir bo‘ladi. Rang va shakllarni o‘rganish. E’tibor doirasini kengaytirish. Rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha integratsiya:
“Til va nutq” markazi. Asarlar syujetlariga taaluqli rasm solish, qo‘lyozma kitoblar, badiy jurnallar chiqarish - badiy, adabiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali usullaridir. “Rassomchilik turlari” bo‘yicha to‘plangan reproduksiyalardan ravon nutqni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin. Genderlik o‘ziga xosligi hisobga olgan holda umumiy material, shu bilan bir qatorda o‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida materiallar bilan ta’minlanishini taqozo qiladi.
Bu bo‘yash kitobchalari, trafaretlar, shablonlar, tasvir va haykaltaroshlik ketma-ketligining texnologik xaritalari, qiz va o‘g‘il bolalar uchun individual ishlash uchun kartalar bo‘lishi mumkin.
“Rolli o‘yinlar va dramatizatsiya markazi”.Teatr bolaning tasavvuriga turli xil vositalar, shu qatorda, tasviriy san’at orqali ham ta’sir qiladi. Bolalar kattalar bilan birgalikda spektakllarga dekoratsiya va kiyimlar o‘ylab topishda qatnashadilar.
Qurilish va konstruktorlik markazi Konstruktorlash o‘zining xislati bo‘yicha tasviriy faoliyat va o‘yinga o‘xshaydi - unda ham tevarak atrof aks etadi. konstruktorlik faoliyati estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashda ham muxim ahamiyatga ega. Bolalarni zamonaviy binolar (ko‘priklar, mehmonxonalar) va ba’zi ular anglay oladigan arxitektura yodgorliklari bilan tanishish jarayonida “Mening uyim” badiy did, arxitektura yodgorliklaridan zavqlanish, istagan bir qurilmaning qiymati nafaqat uni ishlatish maqsadiga, balki uni bezatish talablariga javob berishida - tashqi ko‘rinishi shakllarning soddaligi va ravshanligi, ranglarining uyg‘unligini, bezaklarining hamohangligini anglab oladi.
Ilm-fan va tabiat markazi Tasviriy faoliyat va tabiat bilan tanishishi orasidagi uzviylik tabiat haqidagi tushunchasini va ijodiy ko‘nikmalarini boyitadi. Tabiat obrazlarini rasmda, ganchkorlik, aplikatsiyalarda, ifoda etishga intilish tabiat haqidagi bilimlarining kengaytirishga, tabiat obyektlari va hodisalarining ko‘rinishini anglash va baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bolalar ijodi tabiat tasvirlari bilan boyiiladi.
Bolalar rasmlarida, ganchkorlik buyumlaridab applikatsiyalarda yangi mavzular paydo bo‘ladi. Tabiatni anglash jarayonida ham, uni ifodalash jarayonida ham bolalarda tabiatni o‘rganish va uni ijodda aks ettirish asosida yotgan idrok, taffakur kilish usullari: tahlil, sintez, taqqoslash, o‘xshatish, umumiylashtirish, tasavvur, tabiatga va tasviriy ijodga ijobiy emotsional munosabat kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi.
“San’at markazi” mavzuli rejalashtirish asosida bezatiladi. Mavzu tanlangan materiallarda aks etishi kerak. Hudud va etnomadaniyat komponentlarini kiritish MTT o‘ziga hosligini e’tiborga olishni tavsiya qilinadi (“Kuzgi tabiat” mavzusiga shahar tabiati, kuzgi bog‘, kuzgi ekin dalalari ko‘rinishlarini va haqida maslahat berish mumkin). Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq amaliy-dekorativ san’ati bilan tanishtirishda o‘quv-didaktik materiallar, didaktik o‘yinlardan foydalanadi. Xalq amaliydekorativ buyumlari aralash qo‘yilmaydi.
Uzluksiz o‘quv faoliyati davomida bolalar milliy mato naqshlari bilan tanishadigan bo‘lsalar, bolalar ijodiyotini rivojlantirish markaziga tegishli buyum va illyustratsiyalar qo‘yiladi (adras, atlas, bekasam matolari elementlari, milliy liboslar: choponlar).
Tayyorgarlik guruhlarida ikkita hunarmandchilik buyumlarini - bolalar uchun yaxshi tanish va yangisini qatora qo‘yish ruxsat beriladi. Agar guruhda amaliy dekorativ san’at buyumlarining katta to‘plami yig‘ilsa, xalq amaliy san’ati muzeyi yaratiladi. Bolalarni tasviriy san’at turlari (rangtasvir, amaliy-dekorativ san’at va hq) bilan, rangtasvir janrlari (tabiyat tasviri, portret, natyurmort, maishiy janr, jangovor rasm) bilan tanishtirishda, albomlar, illyustratsiyalar, otkritka to‘plamlari, reproduksiyalar, didaktik o‘yinlardan foydalanadi.
Albomlar ochiq shaklda kitob javonlarida namoyishga qo‘yiladi. Ular shu ko‘rinishda maktabgacha yoshdagi bolalarning e’tiborini tortadi. Albomlarning hammasini birvarakayiga qo‘yish tavsiya qilinmaydi. Yaxshisi o‘rganilayotgan mavzuga, bayramlarga oid bo‘lganlarini yoki boshqa shunga o‘hshash sababga ko‘ra tanlab olish zarur.
«San’at markazida» o‘yin ramzlari va o‘yin personajlari (kichik va o‘rta guruhlarda), masalan: qizcha-chyotkacha, aka-ukalar-qalamlar, rassom shapkachasi, gullar va hk. bo‘lishi kerak. Markazni bezash bo’yicha tavsiyalar Rasm solish qo‘llanmalari va ashyolar: Mum, akvarel, pastel, bo‘rlar, gel ruchkalar, markerlar, tush, ko‘mir, oddiy va rangli qalamlar, flomasterlar, o‘chirgichlar, qalam keskichlar, akvarel bo‘yoqlar, qattiqligi va o‘lchami turli xil bo‘lgan mo‘yqalamlar, suv uchun idishlar va mo‘yqalam solgichlar
Yasash uchun ashyolar: Loy, plastilin, plastika (polimer gil), un, tuz yoki tuzli xamir. Birinchi usul: 1 stakan un, ½ stakan tuz, ¼ stakan suv (o‘simlik yog‘i); Ikkinchi usul (tuzsiz): 1 stakan un, ¼ stakan suv, 1 osh qoshiq PVA yelim (bu bolalarning qo‘li tuzdan shikastlanmasligi uchun foydali), chinni gil.
Yasash uchun yordamchi ashyolar: Yasash uchun taxtachalar; burilish mashinasi; steklar (yog‘och, metall, plastmassa - bir tomoni o‘tkir, ikkinchi tomoni aylanma shaklda, belcha va stek - sirtmoq shaklda); bolalar plastilin bilan ishlayotgan bo‘lsalar ikkita issiq va sovuq suv uchun pasti mahkam turadigan bankalar, salfetkalar va lattachalar; karkaslar (shaklni turg‘unligi va materialni tejash uchun): turli xil uzunlikdagi va yo‘g‘onlikdagi tayoqchalar, yumshoq sim, qog‘oz stakanchalar, tuxum korobkalaridan qirqib olingan shakllar, konfetlar uchun selluloid formalar va hq.; asos (karton, yog‘och, shisha, disk va hk); biser, munchoq, mayda toshlar, chig‘anoq, o‘simlik urug‘lari, daraxt po‘stloqlari, shoxlari, jyolud yong‘og‘i, yonara shishkalari, yong‘oq po‘stlog‘i, dukkaklilar urug‘lari, don, tabiiy va notabiiy ashyolar; qaychi.
Applikatsiya uchun ashyolar Fon va applikatsiya qismlari uchun qog‘ozlar, yumaloq uchli xavsiz qaychilar, yelim, shakllarni yopishtirish uchun chetkacha, chetkacha solgich, shakllarni yopishtirish uchun taglik mato, podnoslar, qoldiqlar uchun bir martalik plastik likobchalar yoki korobkalar, toza salfetkalar.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, ranglarni anglash ko‘nikmalarini (palitralar rangli suvlarni hosil qilish uchun stakanchalar, rangli plyonkalar, rangli shishachalar, didaktik o‘yinlar va hq.); kompozitsion ko‘nikmalarni (o‘quv-didaktik materiallar, o‘yinlar) rivojlanitirish; grafik ko‘nikmalarni shakllantirish (lineykalar, trafaretlar, turli xil chizgi turlari uchun spirograf-lineykalar, didaktik o‘yinlar va hq.); turli xil tasviriy san’at usullarini, shu jumladan noan’anaviy (namunalar, ishni bajarish algoritmlari (tasvirlar ketmaketligi sxemasi)) dan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun tanlab olinadi.
|
| |