|
Sakkizlik va o`n oltilik sanoq sistemalaridan foydalanish
|
bet | 2/3 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 23,4 Kb. | | #131720 |
Bog'liq sanoq tizimlarida kodlash asoslarini o\'rganishSakkizlik va o`n oltilik sanoq sistemalaridan foydalanish.
Ikkilik sanoq sistemasi kompyuter uchun juda qulay bo`lgani bilan inson uchun ancha noqulay, chunki u juda katta uzunlikda bo`lib tushunish og`ir.
Sonlarni o`nlik sanoq sistemasidan ikkilikga va teskarisiga o`girish kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Lekin kompyuterdan professional darajada foydalanish uchun “mashina so`zi” degan tushuchani bilish kerak.kerak.
Buning uchun sakkizlik va o`noltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan.
Ularda sonlar razryadlari mos ravishda uch marta (sakkizlikda) va to`rt marta (o`noltilikda) qisqaroq.
Sakkizlikdagi va o`noltilikdagi sonlarni ikkilikga o`tkazish juda oson, faqat har bir raqam mos ravishda unga ekvivalent bo`lgan triada (uchlik raqam) yoki tetrada (to`rtlik raqam) bilan almashtiriladi.
misol:
Demak ikkilikdagi sonni sakkizlik (o`noltilik) sanoq sistemasiga o`tkazish uchun shu sonni butun qismini o`ngdan chapga qarab va kasr qismini esa chapdan o`ngga qarab uchliklarga (to`rtliklarga)ajratamiz. Agar xonalar yetmassa o`zimidan nollar qo`shamiz. Har bir uchlik (to`rtlik) o`rniga mos sakkizlikdagi (o`noltilikdagi) raqamni jadvaldan qarab qo`yamiz. Misol:
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi [13]. Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi. Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin. Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Kompyuter xotirasida belgilar o’rniga uning kod raqami saqlanadi. Matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko’rinishda ifodalanadi. Harf va belgilarning tasviri ularni ekranga chiqarish va chop qilish jarayonida taqdim qilinadi. Hozir kunda shaxsiy kompyuterlarda axborotlarni kodlashda ASCII (American Standart Code for Information Interchange-Axborot almashish uchun 40 Amerika standart kodi) deb nomlanuvchi standart kodlash jadvalidan foydalanilmoqda. Ushbu kodlash jadvalining yarimi (0-127 ta belgilar) o’zgarmas va qolgan ikkinchi yarimi (128-255 ta belgilar) esa ushbu kodlash tizimidan foydalanadigan davlatning alifbo belgilarini kodlash uchun ajratilgan. Misol uchun, quyida lotin alifbosidagi ba’zi harflarning o’noltilik va ikkilik sanoq sistemasidagi kodlari keltirilgan: I harfini Unicode tizimidagi kodi 004916 =00000000010010012 L harfini Unicode tizimidagi kodi 004C16 =00000000010011002 M harfini Unicode tizimidagi kodi 004D16=00000000010011012 Kompyuterda ILIM so’zi Unicode halqaro kodlash tizimida ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 sonlarining quyidagicha ketma-ketlikdan iborat bo’ladi: 0000000001001001000000000100110000000000010010010000000001001101 Ushbu harflarni Unicode (o’noltilik) va ASCII(o’nlik) kodlash tizimilaridagi kodini Microsoft Word dasturida Вставка→Символ buyrug’i orqali ham bilish
Xulosa
Ushbu o’quv qo’llanma uch bobdan iborat bo’lib, birinchi bob “Hisoblash texnikasining rivojlanish bosqichlari va shaxsiy kompyuter tuzilishi” deb nomlandi, u o’z navbatida quyidagi paragrflarni o’z ichiga olgan: Hisoblash texnikasining rivojlanishi va ularning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi, Shaxsiy kompyuter tuzilishi va uning axboriy-mantiqiy asoslari, Shaxsiy kompyuterlarning tashqi qurilmalari, ikkinchi bob “Axborotlarni o’lchash va kodlashtirish” deb nomlandi, u o’z o’z navbatida quyidagi paragrflarni o’z ichiga olgan: Axborotlarni kodlash, Kompyuter grafikasi, Grafik axborotlarni kodlash, Grafik axborotlarni o’lchash, Audio axborotlarni kodlash va o’lchash, Video axborotlarni kodlash va o’lchash, uchinchi bob “Sanoq sistemasi” deb nomlandi, u o’z o’z navbatida quyidagi paragrflarni o’z ichiga olgan: Sanoq sistemasining rivojlanish tarixi, Sanoq sistemalari va ularning asosiy qoidalari, Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemalariga o’tish, Davriy sonni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazish, Sanoq sistemalari ustida arifmetik amallarni
3
bajarish, Sanoq sistemasida qiziqarli masalalar, Sonlarning kompyuterda
tasvirlanishi, Butun sonlar ustida kompyuterning arifmetik operatsiyalarni bajarishi, Modifitsirlangan kodlar va ular ustida amallar bajarish, Haqiqiy sonlarning kompyuterda tasvirlanishi va ular ustida amallar, Kompyuterda normallashgan sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish va Bir sanoq sistеmasidan boshqasiga o‘tkazishda Excel dasturi imkoniyatlari kabi mavzularni o’rganishida bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish maqsadida nazariy va amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi.
|
| |