2- LABORATORIYA ISHI
ANALOG – RAQAMLI VA RAQAMLI – ANALOG O’ZGARTGICHLARNI TADQIQ
ETISH
1.Umumiy ma’lumotlar. Raqamli texnikaning
asosiy elementi bu analoq
raqamli o’zgartgich (ARO’) va raqamli analog o’zgartgichlardan (RAO’) iborat.
Ularning inglizcha nomlari ADC – analog digital converter va DAC – digital analog
converter deyiladi. Umuman analog signal yoki raqamli signal nima? Bizni o’rab
turgan tabiatdagi mavjud signallar analog signal hisoblanadi.
Analog signal
deganda uzluksiz xarakterga ega bo’lib to’g’ridan – to’g’ri o’lchash mumkin bo’lgan
va ma’lum kattalikka ega signallarga aytiladi. Masalan,
tezlik, tezlanish, suv sarfi,
suv sathi, bosim va h.k.
Raqamli sugnal deb esa diskret qiymatlarga ega bo’lg’an
bevosita o’lchash mumkin bo’lmagan signallarga aytiladi. Quyida 2.1 va 2.2 –
rasmlarda analog signal va raqamli signallar keltirilgan.
2.1 – rasm. Analog signal
2.2 – rasm. Raqamli signal
Analoq signallarni raqamli signallarga o’zgartirishdan maqsad quyidagilar:
mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar
arifmetik amallarni raqamli
signallarda bajaradi;
raqamli signallar analog signallarga nisbatan shovqin ta’siridan ko’proq
himoyalnagan;
raqamli signallarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatlari mavjud.
Analog signallarni raqamli signalga o’zgartirishning oddiy struktura sxemasi
quyidagi 2.3 – rasmda keltirilgan.
2.3 – rasm. Analog signalni raqamli signalga o’zgartirish struktura sxemasi
Analog raqamli o’zgartgichning quyidagi turlari mavjud:
qarama – qarshi turi;
Parallel (flash) turi;
Ketma – ket yaqinlashish turi;
Sigma – delta turi.
Analog raqamli o’zgartgichning qo’llanilishi:
1. Raqamli voltmeterlarda, analog kuchlanishni o’lchaydi va undagi ARO’ yordamida
raqamli signalga o’zgartiriladi.
2.
Mobil telefonlarda, analog signal bo’lgan tovushni ARO’
yordamida raqamli
signalga o’zgartiriladi va qayta ishlanadi.
3. Turli ovoz yozish qurilmalarida va h.k.
Raqamli signalni analog signalga o’zgartirishning
oddiy struktura sxemasi
quyidagi 2.4 – rasmda keltirilgan.
2.4 – rasm. Raqamli signalni analog signalga o’zgartirish struktura sxemasi.
Raqamli analog o’zgartgichlarning quyidagicha ikkita turi mavjud:
Vaznga ega rezistorlardan iborat RAO’ (R-2R invertor yoki no inverter);
Qarchilik bo’lg’ich sxemali RAO’.
Raqamli analog o’zgartgichlarni loyihalashda
quyidagi asosiy texnik
xarakteristikalarga e’tibor qaratish zarur:
Ruxsat etilgan qiymat (resolution);
Tayanch kuchlanish;
Chiziqlilik;
Tezlik;
Xatolik.