|
-rasm. “O‘zqishxo‘jtexnika” birlashmasi tizimlari
|
bet | 3/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #235619 |
Bog'liq Servis xizmatning avzalliklari. Kafolatlangan servis xizmati
2003 yildan boshlab tugatilgan barcha shirkat xo‘jaliklarining markaziy ta’mirlash ustaxonalari negizida muqobil mashina traktor parklari (MTP) tashkil etildi.
Bunday shaklga o‘tishga bir qator omillar asos bo‘ldi, jumladan, texnik xizmat ko‘rsatish zvenolari, ya’ni ijrochilari va mahsulot etishtiruvchilar, ya’ni kolxoz, sovxoz, fermerlar orasidagi munosabatlar iqtisodiy qiziqishlarga asoslandi, O‘zbekistonda qishloq xujaligi texnikalariga ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar tizimi ma’lum darajada shakllandi, bu tizim respublika, viloyat va tuman doirasida faoliyat ko‘rsatdi (85-rasm).
85-rasm. “UZCASESERVISE” qo’shma korhonasi tuzilmasi
Texnik xizmat ko‘rsatish iste’molchilari respublika darajasida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (mexanizatsiya boshqarmasi), Respublika fermer xo‘jaliklari uyushmasi (texnika ta’minoti bo‘limi); viloyat boshqarmalari, fermer xo‘jaliklari uyushmasi viloyat vakilligi; tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, fermer xo‘jaliklari uyushmasi tuman vakilligi hisoblandi.
Mashina-traktor stansiyalari (MTS)ning markaziy ta’mirlash ustaxonasi (MTU)da traktorlar, ularning dvigatellari kapital ta’mirlangan. Xo‘jalikda joylashgan brigada ustaxonasida murakkab texnik qarovlar o‘tkazilgan va nosoz detallar, qismlar va mexanizmlar almashtirilgan. MTSlar dalalarda yangi texnikadan samarali foydalanish imkoniyatini yaratgan va shartnoma asosida asosiy agrotexnik tadbirlar bajarilgan, fan yutuqlari va ilg‘or tajribalar faol targ‘ib qilingan, kadrlar tayyorlashga e’tibor berilgan (87-rasm). Vazirlar Mahkamasining 95-sonli (24.03.95 y.), 432-sonli (06.12.96 y.), 152sonli (19.03.97 y.) va 106-sonli (10.03.98 y.) karorlari asosida tuman mashina traktor park (MTP)lari tizimini tashkil etilgan va rivojlantirilgan.
Mazkur xujjatlarga asosida tuman MTPlarining funksiyalari etib belgilangan va ular quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
fermerlar va boshqa mahsulot etishtiruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga binoan tuproqqa ishlov berish, ekinlarni etishtirish va hosilni yig‘ishtirish bilan bog‘liq mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish;
mashina, uzel va agregatlarni kapital va joriy ta’mirlash, detallarini kayta tiklash va yangilash;
fermerlarning ehtiyot qismlar va boshqa resurslar (mashina, dvigatel, ta’mirlash materiallari va boshqalar) bilan ta’minlash;
fermerlarga yangi va kapital ta’mirdan chiqqan mashinalarni etkazib berimsh;
transport xizmatlarini ko‘rsatish;
|
| |