|
-rasm. Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga
|
bet | 6/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #235619 |
Bog'liq Servis xizmatning avzalliklari. Kafolatlangan servis xizmati90-rasm. Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik faoliyati ko‘rsatuvchi tuzilmasi
Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik faoliyati ko‘rsatuvchi tuzilmasida dilerlik korxonalari (dilerlar) ikki xil qaram va mustaqil shaklda faoliyat ko‘rsatadi.
Qaram dilerlar faqat bitta mashinasozlik firmasi bilan faoliyat ko‘rsatadi, yangi texnikalarni sotadi va texnik servisni bajaradi. Keyingi yillarda qaram dilerlar mashinasozlik kompaniyalari vakillari sonining kamayish va aksincha, mustaqil dilerlar sonini ko‘payish tendensiyalari kuzatilmoqda.
Mustaqil dilerlar mashinasozlik kompaniyalari yoki firmalardan mustaqil bo‘lgan yuridik sub’ekt. Mustaqil dilerlik korxonalari bu, asosan oilaviy tashkilotlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir necha yirik kompaniyalarning litsenziyalari asosida ishonchli darajada faoliyat ko‘rsatadi va firmaviy servisni amalga oshiradi.
Xorijda buyurtmachilarga (fermerlarga) xizmat ko‘rsatishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
buyurtmachi o‘zining texnik nosoz texnikasini ta’mirlash oldidan undagi nosozliklar turi, holati hamda bajarilishi rejalashtirilayotgan ishlar ro‘yxati va bahosini oldindan tekshirib oladi;
buyurtmachi faqat o‘zi tanlab buyurtma bergan va bajarilgan ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari uchun haq to‘laydi;
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
bajarilgan remont va texnik xizmat ko‘rsatish ishlar uchun to‘lovlar aniq hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi diler tomonidan qilingan hisob-kitoblarni to‘g‘riligini tekshirishga haqlidir.
Dilerlar fermerlarga va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi sub’ektlarga quyidagi kompleks xizmatlar ko‘rsatadi:
iste’molchilarning yangi mashina, mexanizm va qurilmalar hamda xizmat turlariga bo‘lgan extiyojlarini o‘rganish, ularni jamlash, tahlil qilish va buyurtmalar portfelini shakllantirish;
buyurtmalarga asosan ularga yangi mexanizm va qurilmalar hamda extiyot qismlarni etkazib berish;
yangi mashina va mexanizmlarni sotishga tayyorlash (yig‘ish,
chiniqtirish va bu jarayonda sodir bo‘lgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish);
o‘z balansidagi mashina va mexanizmlarni mijozlarga ijara va prokatga berish;
mijozlarning xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan yoki ma’naviy eskirgan mashinalarini sotib olish, ularni qayta tiklash va sotish;
nosoz mashinalarga tashxis qo‘yish va ularga mavsumiy hamda yillik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish;
nosoz mashinalarni ta’mirlash ustaxonalariga etkazib borish va ularni ta’mirlash;
iste’molchilarga o‘zlarining mustaqil ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bazalarini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish. «Jon—Dir» va «Interneyshn» firmalarining xizmat ko‘rsatish radiusi 40...50 km bo‘lgan kichik diler korxonalarini tashkil etadilar.
«Kaperpillar» firmasi dilerlari esa katta radiuslarda xizmat ko‘rsatadilar. Dilerlar yangi texnikani sotish bilan birgalikda eski texnika savdosini ham o‘tkazadilar.
Rossiya Federatsiyasining Rostov oblastida «Belorusya Servis» dilerlik markazi ochilgan.
Rossiyaning bir qator xududlarida ham mijozlarga yangi texnika vositalari va extiyot qismlarni sotish bo‘yicha dilerlik tizimlari tuzilgan.
«Stavropolagropromsnab» dilerlik tizimi ko‘p yillardan beri faoliyat ko‘rsatmoqda [32, 33].
Nazorat savollari:
Qishloq xo‘jaligida texnik servisning rivojlanish tendensiyalarini tushuntirib bering.
Texnik servisda qanday kompleks xizmatlar bajariladi?
Avvalgi mashina traktor parklarini xozirgi parkidan farqi nimada?
Xorijiy davlatlar texnik servisning firmali usuli qanday tashkil etilgan?
Xorijiy davlatlar texnik servisning ijobiy va salbiy tomonlari nimada?
Xorijiy firmalarning fermer xo‘jaliklariga dilerlik xizmati qanday funksiyalarni bajaradi?
|
| |