• Dars tuzilishiga doir dars namunalari III Xulosa Kirish
  • Mavzu. Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish (3-sinf). Reja: I kirish II. Asosiy qism




    Download 29.46 Kb.
    bet1/5
    Sana13.04.2024
    Hajmi29.46 Kb.
    #194653
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu. Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish
    kompyuter qurilmalari slayd, 2 mavzu geobotanika, Документ Microsoft Word, Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interaktiv metodlardan f-fayllar.org, Hamroqulova ona tili kurs ishi, 4. Mavzu Sharq uyg`onish davrida fan va pedagogik fikr. Reja-www.fayllar.org

    Mavzu. Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish (3-sinf).

    Reja:
    I Kirish
    II. Asosiy qism:

    1. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari

    2. Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish

    3. Dars tuzilishiga doir dars namunalari

    III Xulosa

    Kirish
    Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH.Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”1,-deb ta`kidlaydi va ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi.. «Tа’lim to‘g‘risidа»gi Qоnundа “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”,- deb ta`kidlab ko‘rsatildi.
    Umumiy o‘rta ta’limning Davlat standartlari va o‘quv dasturiga ko‘ra 1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
    Sinfdan tashqari o‘qish darslari, o‘qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish darslari boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha predmet dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitiblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.
    Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish kurs ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
    Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
    1. Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
    2. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
    3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb muammo ekanligini aniqlash.
    4. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish;
    - Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish;
    - Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish;
    Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti rini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalariva xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmala bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi.
    Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni
    ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni
    ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari
    o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki
    ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini
    tiklashdan iboratdir.
    Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir
    bosqichida ikki-asosiy bo’limga ajratiladi.
    1-boshqichda o’qish doirasi,ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda
    o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
    2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim,ko’nikma va malakalar
    shakllantiriladi.
    Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda
    sinfdan tashqari o’qish mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan
    ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar
    haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi.
    Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod
    o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan
    tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil
    uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muamola
    qilish,kitob o’qish qolidlari, kitobni asrash,asar qhramonlarining hatti-harakatlarini
    kuzatish,ijobiy tamonlarni o’rgamnish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish,
    bilim,ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o’quvchilari uchun asosan
    rasmlarga boy kitoblar olinadi.O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan
    kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning go’zal
    shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,o’tmishi,insonlarning orzu istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi. 2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirrigi asosida mustaqil o’qishga o’tadilar.Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darlari o’tkaziladi.Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,o’simliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o’qituvchi
    topib,tanlab o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qiladi.
    3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning
    mustaqil o’qishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviy ahloqiy turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki harflarda bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasiga kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi.Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda o’qituvchi va o’quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar
    mustaqil ravishda va izchil oqib borilsagina,o’quvchilarning dunyoqarasglarini
    kengaytirishga,shakllantirishga xixmat qiladi.
    Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat
    uyg’otish,boglanishli nutqni o’stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning go’zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.Bolalar adabiyoti o’quvchilarga jonajon o’lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan
    ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan
    voqelikni,bolalarning o’yinlarini tushunshga o’rgatadi.
    Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha
    orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z
    orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham
    o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir.O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar.“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida o’rni bor: ertak yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi.Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxon”larine zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
    Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
    boriladi.O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob
    bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir
    mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.Bunga asosan o’qituvchi
    o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar
    kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib
    boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar
    o’qishga yordam beradi.
    Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir
    qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq.
    O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar
    qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni
    yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
    Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos
    ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin.Bu boladagi nutqni
    rivojlantirishga,lug’at boyligini oshirishga yordam beradi.Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi.Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi,ya’ni aktiyorlik
    qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni
    o’rgata boshlaydi.Asarni sahnalashtirishga davrida albatta o’qituvchi rahbarlik
    qiladi.O’quvchilar ifodali o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga,badiiy asarga havas,uni o’qib o’rganishga intilish uyg’toadi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak.Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.Kitobni,asarni qanday paydo bo’lishini,uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’’rgatadi.Shunday qilib badiiy adabiyot,bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar
    yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi.Ularda
    hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi.So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini
    topadi.Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga
    qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan.Badiiy so’z xalqning barcha madaniy
    boyliklarini abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchi albatta og’zaki xalq ijodni yaqindan o’rganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard,jasur,vatanparvar,mehribon bo’lishga,topishmoqlar o’qir ekan,topog’on,bilimdon,zukko bo’lishga intiladi.Shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish”
    burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega.Chunki “Sinfdan tashqari o’qish
    burchagi turlicha bezatilishi mumkin.Bu ishlar o’quvchilarning ilg’or pedagogik
    mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir.”Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday
    bezatilmasin,u yerda topshiriq,,rasm va shu kabilarni ishlab ilib qo’yish uchun taxta yoki kitob javoni bo’lishi shart.(150x100) kattalikdagi stend devorga qistirilib,uning tepa qismiga “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” deb yozub qo’yiladi.O’quvchilar navbatdagi sinfdan tashqari o’qish darsigacha o’qishlari uchun tavsiya etiladigan
    adabiyotlar ro’yxati unga joylashtirilishi mimkin. Masalan:“ Do’stlik” mavzusida
    sinfdan tashqari o’qish burchagi tashkil qilsak ishni quyidagicha bajaramiz.
    Tavsiya qilinadigan adabiyotlar:
    ____________________________
    1.”Laylak bilan tulki” O’zbek xalq ertagi.
    2.”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy.
    3.”Kapalak” Zulfiya. Sherlar to’plami.
    4.”O’tinchi yigit bilan sher” ertak.
    5.”Ko’ngilchan o’tinchi” ertak.
    6.”Asalari bilan pashsha” ertak.
    Ertak asosida chizilgan sur’atlar va
    aplikassiyalar.
    O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan
    asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar o’iydilar.Savol-javob,test uslublaridanfoydalanadilar.
    Darsllar jarayonida o’zgangan xalq maqollari,hikmatli so’zlar,tez aytishlardan
    foydalanib o’quvchilarning o’g’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantiish,mustaqil
    fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar.
    Masalan:”Mexnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish
    mumkin.Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
    O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim berishda faqat ma’lum bilimlargagina berish bilan
    cheklanmay, ularda kuchli e’tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi,qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish kerak.
    Maktabda ta’lim- tarbiya ishlarini yaxshilashda, o’quvchilarning har tomonlama
    kamol topishida sinfdan tashqari o’qish darslarini muntazam ravishda o’tkazib turish yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir.
    Bolalar va o’smirlar ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab
    ehtiyojlarini undirish ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
    Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun,
    mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga
    oshirishi kerak: ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar
    ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini
    ko’paytirish;
    Milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg’or tajribani inobatga
    oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
    O’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va
    jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
    xunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy
    etish.
    Sinfdan tashqari o’qishning asosiy maqsadi, o’quvchilarni kitoblarga, badiiy
    asarlarga qiziqishlarini oshirish, bilimlari asosida kitob ustida ishlash yuzasidan
    ko’nikma va malakalar hosil qilish, dunyoqarashi va nutqlarini o’stirish hamda
    kutubxonada mustaqil ishlash tajribalarini paydo qilishdan iboratdir. Boshlang’ich ta’lim va nutq o’stirish dasturida sinfdan tashqari uqishning maqsadi o’quvchilarning
    bilimlarini kengaytirish, kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash, kitob bilan
    mustaqil ishlash malakasini takomillashtirish, ularning kitob o’qishga qiziqishlarini
    oshirishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yosh kitobxonlarda kitobni mustaqil o’qishga havas uyg’otish; yosh xususiyatlariga mos bo’lgan adabiyotlar va ularningturlari bilan o’quvchilarni tanishtirish, mustaqil o’qish uchun kitob tanlash, tanlangan kitoblarni ongli ravishda o’qib, o’qilganlarning mazmunini idrok etish, fikrlash, mulohaza yuritishga o’rgatish talab etiladi. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o’qish sinfdagidek dars shaklida emas, balki suhbat, ertaklik, mustaqil o’qish kabi turli ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Ammo, o’qish dasturidagi
    talablar asosida, sinfdagi dars mashg’ulotlari bilan bog’liq holda o’quvchilar bilimini kengaytirish, o’qish ko’nikma va malakalarini o’stirish maqsadida guruh tartibda olib
    boriladi.
    Sinfdan tashqari o’qish uchun o’zbek xalq og’zaki ijodi materiallari, o’zbek
    bolalar yozuvchilari asarlari va O’zbekiston tabiati manzaralari asos qilib olinadi.
    Sinfdan tashqari o’qish bolaning sinfda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi. O’quvchi maktabga qadam qo’ygan kundan boshlab kitobni mustaqil o’qish malakalari shakllana
    va bosqichli amalga osha boradi.

    Download 29.46 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 29.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish (3-sinf). Reja: I kirish II. Asosiy qism

    Download 29.46 Kb.