|
Мавзу: Синхрон генераторлар ишлаш шароити, тузилиши ва афзалликлари
|
bet | 1/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #150465 |
Bog'liq ЛЭЖ 6 маъруза СГ (1) Mavzu: Tortuv elektr mashinalarining klassifikaciyasi. Sinhron generatorlar. Reja: 2.Sinhron generatorlarni tuzilishi 4. Tortuv agregatlarining tuzilishi 1.Sinhron generatorlarni ishlash sharoiti - 1.Sinhron generatorlarni ishlash sharoiti
- Lokomotivlarni tortuv elektr mashinalar sarasiga kiruvchi teplovoz tortuv generatori og’ir sharoitda ishlaydi. Tortuv generator o'z tebranishlaridan tashqari dizeldan va harakatlanish jarayonida lokomotiv va poezddan hosil bo'ladigan bir marotaba va ko'p takrorlanuvchi qo'shimcha tebranishlar ta'sirida ishlaydi.
- Tortuv generatorlar havo haroratini keskin o'zgarishi, ya'ni harorat -50 dan +40 gradusgacha, yilning issiq oylarida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tasaruffidagi uchastkalarda ba'zi hollarda quyosh ostida +50 gradusdan yuqori haroratda ishlaydi.
- Teplovoz sinhron generatorining vazifasi dizel ishlab chiqgan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib berish.
- Sinhron generatorlarda kollektor cho'tka qismining yo'qligi, mashinaning aylanuvchi qismida izolyaciyasi tez ishdan chiqishi mumkin bo'lgan cho'lg’amlarning yo'qligi sababli ishonchliligi yuqori.
Generator rotoriga beriladigan quvvat generator quvvatining 1,5 % tashkil qiladi, bu esa ta'mirlash jarayonidagi ish hajmini keskin kamaytiradi. O'zgarmas tok generatorlariga nisbatan kommutasiya jarayonini yo'qligi elektr magnit yuklanishlarni orttirishga imkon beradi. - Generator rotoriga beriladigan quvvat generator quvvatining 1,5 % tashkil qiladi, bu esa ta'mirlash jarayonidagi ish hajmini keskin kamaytiradi. O'zgarmas tok generatorlariga nisbatan kommutasiya jarayonini yo'qligi elektr magnit yuklanishlarni orttirishga imkon beradi.
- Generatorning og’irligi, qimmat elektrotehnik po'lat listlar va mis simlarni kamroq ishlatilishi, tarkibi, tayyorlanishi, qiymati qimmat bo'lgan kollektor mis plastinalarni ishlatilmasligi evaziga kamaytirilgan.
- Shu bilan birga generatorning tan narhi va, foydalanish jarayonida ekspluatacion sarf - harajatlar o'z navbatida kamayadi. Dizel - generator qurilmasining aylanishlar chastotasini o'zgarmas tok generatorlariga nisbatan kattaroq qilinishi dizel generator qurilmasini og’irligini kamaytirish imkonini berdi.
|
| |