|
Mavzu: Sirka kislotasi turli konsentrasiyali eritmalarning
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 27,35 Kb. | | #235725 |
Bog'liq 59038 5-lab. f.k-20
Sirkа kislоtаsining elеktr o‘tkаzuvсhаnligini o‘lсhаsh qiymаtlаridаn fоydаlаnib kislоtаning sоlishtirmа elеktr o‘tkаzuvсhаnligi, hаmdа uning dissоsilаnish dаrаjаsi vа kоnsеntrаsiyasini аniqlаsh.
Mavzu: Sirka kislotasi turli konsentrasiyali eritmalarning
elektr o`tkazuvchanligini o`lchash.
Reja:
1. Sirka kislotasi turli konsentrasiyali eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash.
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Sirka kislotasi turli konsentrasiyali eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash bo`yicha keng qamrovli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
O`quv faoliyatining natijalari: Sirka kislotasi turli konsentrasiyali eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini tajribalar asosida asboblar yordamida o`lchashadi va mavzu bo`yicha keng qamrovli bilim va ko`nikmalarni shakllantiriladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash uchun idish, Reoxord ko`prigi R=38, mis simlari, areometr, o`chov silindri, o`lchov kolbalari, 5-6 ta stakanlar (100 ml), eritmalar, kons. CH3COOH, 1n CH3COOH eritmasi, 1/4, 1/8, 1/16, 1/32 va 1/64 marta suyultirilgan CH3COOH eritmalari
Asbobning tuzilishi.
1 – tekshiriladigan eritma solinadigan idish;
2 – qarshiliklar magazini;
3 – akkumulyator;
4 – kalit;
5 – harakatchan kontakt
6 - telefon (yoki uning o`riniga galvonometr qo`yish ham mumkin);
7 – induktsion g`altak;
AS – reoxord;
VD – ko`prik.
Idish konstantasini topish. Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi turli shakldagi idishlar yordamida o`lchanadi. Elektr tokini yomon o`tkazuvchi eritmalarda elektrodlar bir-biriga juda yaqin o`rnatiladi, bunday eletrodlarning yuzasi ham juda katta bo`ladi. Tokni yaxshi o`tkazuvchi eritmalarda yuzasi kichikroq elektrodlar bir-biriga uzoqroq joylashtiriladi. Elektrodlar platina plastinkalardan yasalib, platina similar kavsharlangan bo`ladi. Simlar shisha nay ichidan o`tkazib ulanadi, tashqariga chiqib turgan sim bilan yaxshi kontakt hosil qilish maqsadida shisha naylarga metallik simob qo`yilgan bo`ladi. Elektrodlar platina qorasi bilan qoplanadi.
Agar idishdagi elektrodlar oralig`i aniq 1 sm, har qaysi elektrodning 1 sm2 kelsa va bunda tok o`tayotganda elektrodlar oralig`idagi eritma hajmigina ishtirok etsa shunday sharoitda o`lchangan elektr o`tkazuvchanlik eritmaning solishtirma elektr o`tkazuvchanligiga teng bo`lar edi. Amalda esa elektr o`tkazuvchanlikni o`lchash uchun yuqorida ko`rsatilgan o`lchamdagi elektrodlar tayyorlash va tajribani shu berilgan sharoitda o`tkazish juda qiyin. Shu sababli oldin har qaysi idishning konstantasi topiladi. Bu konstanta ba’zan elektr konstantasi
Agar formuladagi ρ o`rniga o`rniga esa doimiy kattalik S qo`yilsa kelib chiqadi. Shundan idish doimiysini ga ega bo`lamiz.
Amalda idish konstantasi quyidagicha topiladi. Elektr o`tkazuvchanlikni o`lchash ko`zda tutilgan idishda elektr o`tkazuvchanligi ma’lum bo`lgan eritma qo`yiladi va uning solishtirma qarshiligi o`lchanadi. Bunday eritma sifatida 0,02n kaliy xlorid eritmasi olinadi. Bu eritmaning 250 dagi solishtirma elektr o`tkazuvchanligi 0,0027668 om-1.sm-1 ga teng. Bunday idish konstantasi C, formulaga muvofiq C=0,002768 Rga teng bo`ladi.
Bunda R-zanjirga ulangan qarshiliklar magazining qarshiligi
Solishtirma qarshilik o`lchanayotganda eritma quyilgan idish termostatga botirilgan bo`ladi, bunda termostat temperaturasi 25+ 0,50 ga teng keltirilgan bo`lishi kerak.
Tajriba: Asbob yig`ib tayyorlanadi, bunda kontaktlar yaxshi ulanganligi va similar butunligi sinchiklab tekshiriladi.
Idish konstantasi topiladi.
Konsentratsiyasi 1/8n, 1/16n, 1/32n va 1/64n bo`lgan sirka kislota eritmasining elektr o`tkazuvchanligi o`lchanadi. Eritmalar 1n li eritmani suyultirish usuli bilan tayyyorlanadi.
Elektr o`tkazuvchanlikni topishdan ilgari idish va elektrodlar avval suv bilan, so`ngra elektr o`tkazuvchanligini topish kerak bo`lgan sirka kislota eritmasi bilan yuviladi va shundan so`ng tekshiriladigan eritma idishga qo`yiladi.
Tekshirilayotgan eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini magazinning shunday qarshiligida o`lchanadiki, bunda suriluvchi kontakt reoxord shkalasining taxminan o`rtasida turadi.
Amaliy ish quyidagi bajariladi. Ustanovka yig`ib batamom tayyor qilingach, telefon quloqqa tutib olinadi va kontakt reoxord o`rtasiga suriladi; zanjirga tok beriladi va telefondan kelayotgan ovozni eshitib turib, eng sekin eshitilayotgan qarshilik tanlab olinadi. Shundan keyin kontaktni o`ngga va so`lga surish yo`li bilan yelkalar nisbati o`zgartiriladi, bunda telefondan kelayotgan tovush juda pasaygan yoki butunlay eshitilmay qiolgan nuqta topiladi.
Tekshirilayotgan eritma qarshiligi Rx quyidagi formula bilan hisoblanadi.
(om)
Bunda R- qarshiliklar magazinining qarshiligi
a - AB reoxord yelkasining uzunligi
b – BC yelkaning uzunligi
Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o`tkazuvchanligi
(om-1.sm-1) bo`ladi.
Bunda C – idish konstantasi
1/8n eritmaning solishtirma elektr o`tkazuvchanligio`lchab bo`lingach, u to`kib tashlanadi, idish oldin suv bilan, keyin tekshiriladigan navbatdagi eritma bilan chayqaladi va yangi eritma quyib to`latiladi.
Eritmaning elektr o`tkazuvchanligini o`lchashga o`tishdan ilgari idish 10 minut davomida termostatga botirib qo`yiladi, bumda eritmaning temperaturasi termostat temperaturasi bilan baravarlashtiriladi.
Hisoblab chiqarish: Tajriba natijalariga asoslanib, sirka kislotaning tekshirilgan barcha eritmalari uchun solishtirma va ekvivalent elektr o`tkazuvchanliklarning qiymati hisoblab chiqariladi. Hisoblashlar kasrning to`rtinchi xonasigacha aniqlik bilan bajariladi.
va larning hisoblab chiqarilgan qiymatlari asosida grafik chiziladi, buning uchun abssissa o`qiga suyultirish darajasi V, ordinata o`qiga esa va ning tegishli qimatlari qo`yiladi.
Kuzatish va hisoblash natijalarining yozilish tartibi
Idish konstantasi C ning qiymatini hisoblab chiqarish:
O`lchash nomeri
|
R
|
b/a
|
C
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
O`rtacha qiymati
|
|
|
|
Sirka kislotaning turli konsentratsiyadagi eritmalarining solishtirma va ekvivalent elektr o`tkazuvchanliklarini hamda dissotsilanish darajalarini hiosoblab topish:
O`lchash nomeri
|
Eritmalar konsentratsiyasi
|
R
|
b/a
|
|
V
|
α*
|
K
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qilingan ish haqida hisobot
Ustanovka mexanizmini toping
Kuzatishlar va hisoblashlar natijasini yozing
C, , , α va K qiymatlarini hisoblab chiqarish
Nazorat savollari va vazifalari:
1. Idish konstantasi deb nimani aytiladi va u qanday o`lchanadi
2. Eritma suyultirilishi bilan solishtirma elektr o`tkazuvchanlik qanday o`zgaradi
3. Elektrolit dissosilanish konstantasi eritma suyultirilishi bilan o`garadi
4. Ionlanish darajasi qanday ta`riflanadi va elektr o`tkazuvchanlik asosida qanday hosoblanadi
|
| |