|
Excel dasturini ishga tushirish va undan chiqish
|
bet | 4/21 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 205,66 Kb. | | #234867 |
Bog'liq mavzular darslikdanExcel dasturini ishga tushirish va undan chiqish
Excel dasturini ishga tushirish uchun "sichqoncha" ko’rsatkichi dastlab, Puskka keltiriladi, ekranda paydo bo’lgan asosiy vertikal menyu qatoridan Programmы bo’limi tanlanadi va undagi mavjud dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Excel dasturi yuklangandan so’ng, ekranda uning umumiy ko’rinishdagi ishchi stoli ekranga chiqadi.
Ishchi stolning birinchi qatorida dastur sarlavhasi ishga tushirilgan fayl nomi bilan birgalikda (Microsoft Excel-Kniga1) hamda oynani boshqarish tugmachalari joylashgan.
Ikkinchi qatorida Excel dasturining buyruqlarini saqlovchi menyu satri joylashgan.
Menyu satridan keyingi bir nechta qatorda Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtiruvchi Standartnaya
va Formatirovaniye
uskunalar majmuasi joylashgan. Agar dastur bilan ishlash jarayonida boshqa uskunalar majmuasi bilan ishlash zaruriyati tug’ilsa, uni ham oynaning ixtiyoriy chegarasiga o’rnatish mumkin.
Buning uchun menyuning Vid bo’limidan Paneli instrumentov bandidan Nastroyka tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.
Bu yerdan kerakli uskuna «sichqoncha» ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Tanlangan uskuna «sichqoncha» tugmachasini qo’yib yubormasdan oyna chegarasiga o’rnatiladi.
Oynaning asosiy qismini jadval egallaydi va [A1] yacheykada kursor turadi. Kursorni [],[],[],[] ko’rsatkichlar yordamida jadval bo’ylab siljitish mumkin.
Excel dasturi bilan ishni tugallash quyidagi usullarning biri bilan bajariladi:
1. [ALT][F4] tugmachalarini birgalikda bosish bilan.
2. Excel ishchi stolining yuqori o’ng burchagida joylashgan [x] belgida «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan.
3. Menyuning Fayl bo’limidan Vыxod buyrug’ini tanlash bilan.
Agar Excel dasturidan chiqishda ekranda saqlanmagan fayl bo’lsa, u holda, ekranda muloqot oynasi paydo bo’ladi va undagi so’rovga javob beriladi: Yes (Da) - faylni saqlash, No (Net) - faylni saqlamasdan chiqish, Cancel (Otmena) -dasturga qaytish.
|
| |