|
Mavzu: Skriptlar va paragraflarni formatlash. Ro’yxat va jadvallar bilan ishlash. Reja
|
bet | 14/21 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 205,66 Kb. | | #234867 |
Bog'liq mavzular darslikdanDiagramma turlari.
Sizga ma’lumki, diagrammaning har xil turlari mavjud: chiziqli, aylanma, grafikli va h.k. Exsel da ixtiyoriy tudagi diagrammalarni yasash mumkin, ayrim hollarda o’ziga xos sirli, yaproq, halqali va b. turdagi diagrammalar yasash imkoni mavjud.
Quyidagi rasmda diagrammalarning turli ko’rinishlari tasvirlangan:
Exsel da yasalgan diagrammani har doim o’zgartirish mumkin. Siz xohlagan paytingizda uning turini o’zgartirishingiz, formatlashning maxsus atributlarini kiritishingiz, yangi ma’lumotlarni bosh qa maydonlar hisobiga o’zgartirishingiz mumkin.
Diagramma masteri.
Diagrammani yasashning eng sodda yo’li-diagramma Masteri vositasi RASM dan foydalanishdir.
Diagramma Masteri iteraktiv dialog oynalaridan tashkil topgan bo’lib, ular sizni diagramma yasash jarayonining barcha bosqichlaridan olib o’tadi. Diagramma-bu Exsel hosil qiladigan obektlardan biridir. Bu obekt bitta yoki bir nechta ma’lumotlar to’plamining grafik tasviridan iboratdir (ma’lumotlarning qaysi ko’rinishida tasvirlanishi diagramma turiga bog’liq). Masalan, siz ikkita ma’lumotlar to’plamidan grafik yasasangiz, u holda ikkita chiziq hosil bo’ladi va ularning har biri bitta to’plamni akslantiradi. Chiziqlarni bir- biridan farqlash uchun ularning qalinligi, rangi har xil tanlanadi yoki maxsus belgilar qo’yiladi. Diagrammaning ma’lumotlar to’plami ishchi jadval "list”ining kataklari bilan bog’liq. Ko’pdiagrammalarda xohlagancha ma’lumotlar to’plami akslantiriladi. Agar diagramma bir nechta ma’lumotlar to’plamini akslantirsa, u holda har bir to’plamni ajratish uchun tushuntirish ("legenda”) qo’llaniladi.
Har bir diagrammaning muhim tomonlaridan biri, unda foydalaniladigan o’qlar sonidir. Oddiy diagrammalar: gistogramma, grafiklar va boshqalarda ikkita o’q mavjud bo’lib, ulardan biri kategoriya, ikkinchis esa qimatlar o’qi deb ataladi. Odatda kategoriya o’qi gorizontal, qiymatlar o’qi esa vertikal yo’nalgan b o’ladi.
Doiraviy va halqali diagrammalarda o’qlar bvo’lmaydi. Doiraviy va halqali diagrammalar yuqorida ta’kidlanganidek, bitta ma’lumotlar to’plamini aks ettirsa, halqalida esa bir nechta bo’lishi mumkin.
Yaproqli diagrammalar alohida xususiyatga ega bo’lib, ma’lumotlar to’plamning har bir nuqtasi uchun alohida o’q mavjud. Bu o’qlar diagrammaning markazidan chiqqan bo’ladi.
Uch o’lchovli (fazoviy) diagrammalarda uchta o’q bo’lib, ular:kategoriya o’qi, qiymatlar o’qi vama’lumotlar to’plami o’qi deb ataladi.
|
| |