|
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #230990 |
Bog'liq MavzuO‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar - Ushbu Kodeks soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. 2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
- Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
- Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
- Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topiladi:
- 1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
- 2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa;
Soliq tizimidagi moddalar - Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
- Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan e’tiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
- Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
- Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
- Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga ega.
- Soliqlar va yig‘imlarni bekor qilishni, soliqlar va yig‘imlar stavkalarini kamaytirishni, soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar bu soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa, orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
- Yangi soliqlar va yig‘imlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oy o‘tgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari subyektlarining holatini boshqacha tarzda og‘irlashtirishni nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi.
- Soliqlar va yig‘imlar stavkalarining o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular rasman e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi.
- Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
|
| |