• 1.1.1 Hisobot parametrlarini sozlash
  • Mavzu: Standart hisobotlar Reja: Standart hisobotlarni umumiy xarakteristikasi




    Download 145 Kb.
    Sana27.02.2024
    Hajmi145 Kb.
    #163175
    Bog'liq
    Standart hisobotlar
    7-MAVZI, Biz Asrorbek va Behruzbek do, 2-amaliy 4-smestr, [-]-fayllar.org, Navro\'z stenariyasi Ro\'ziyeva SH, Madina-3 (2), Madina-2 (3), AMALIYOT papkasi usti dilnoza, @uqituvchiga hujjat nizom, metodika kurs ishi mavzulari, Mavzu O\'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida musta, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’rnatilgan tiziml-fayllar.org, Laboratoriya ishi №9 - mavzu. 74NS595 suruvchi registr mikrosxem-fayllar.org, Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi.

    Mavzu: Standart hisobotlar


    Reja:

    1.Standart hisobotlar

    2.Standart hisobotlarni umumiy xarakteristikasi


    3.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita (MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi
    Standart hisobotlar har xil kesimdagi o‘tkazmalar va subkonto, schetlar aylanmasi va qoldiqlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi uchun ma’lumotlarni olish uchun mo‘ljallangan.
    Standart hisobotlar asosan buxgalteriya hisobini yurituvchi, tashkilotlarda ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan.
    Standart hisobotlarnin keyingi to‘plami ko‘zda tutilgan:

    • Aylanma-saldo qaydnomasi;

    • SHaxmatli qaydnoma;

    • Schet bo‘yicha aylanma-saldo qaydnomasi;

    • Schet aylanmalari;

    • Schet tahlili;

    • Schet kartochkasi;

    • Subkonto tahlil;

    • Subkonto o‘rtasidagi aylanma;

    • Subkonto kartochkasi;

    • Jamlama o‘tkazmalar;

    • O‘tkazmalar bo‘yicha hisobot;

    • Bosh kitob.

    Sanab o‘tilgan hisobotlar Hisobotlar menyusida ochiq.
    Hisobotlar buxgalteriya hisobi sintetik va analitik ma’lumotlaridan foydalanadi.
    Har qanday hisobot ma’lum tashkilot uchun va ma’lum vaqt davri uchun shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, o‘tkazmalar jurnalidan standart hisobotni shakllantirish davrida faqat shunday o‘tkazmalar tanlanadiki, ya’ni tanlangan tashkilot va tanlangan vaqt davriga tegishli bo‘lganlari. Agar hisobotda tashkilot berilmagan bo‘lsa, u xolda u barcha tshkilotlar ma’lumotlar bazasi hisob ma’lumotlari bo‘yicha shakllantiriladi.
    Har qanday standart hisobotni ochish davrida dastlabki ma’lumotlar odatiy xol bo‘yicha o‘rniga qo‘yiladi. Tashkilot sifatida foydalanuvchi sozlanmalarida belgilangan, asosiy tashkilot tanlanadi.


    1.1.1Hisobot parametrlarini sozlash


    SHaklning yuqori qismida buyruq paneli joylashgan.





    Dialog sohasi yordamida hisobot parametrlarini o‘zgartirish mumkin: boshqa davrni o‘rnatish, tashkilot va x.k.


    Hisobotni CHop etish tugmasi yordamida chop etish mumkin. Hisobotni saqlash uchun Qanday saqlash tugmasi mo‘ljallangan.
    Jadval qismi kataklarini ajratib, tezda maydonda yakuniy summani olish mumkin (Ajratilgan kataklar summasi).
    Sozlanmalar paneli tugmasi yordamida ochiladi (yashirinadi).



    Hisobotlar sozlanmalar panelini ko‘rinuvchanligini (Sozlanmalar paneli parametrlari) tugmasi yordamida sozlashmumkin. Hisobot sozlanmalarini saqlash uchun (Hisobot sozlanmalarini saqlash) tugmasidan foydalaniladi, hisobot sozlanmalarini yuklash uchun esa - (Hisobot sozlanmalarini yuklash). Hisobot tarixidan sozlanmalari bilan hisobotni shakllantirish uchun tugmasi mo‘ljallangan


    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: - ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish; - hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir); - fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda; - kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi; - Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi. Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda. Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir. Evropa Komissiyasi esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga hisobotning va umuman buxgalteriya hisobining muvofiqlashishi nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini e’tirof etmoqda. Yevropa Komissiyasi moliviy hisobot standartlari garmonizatsiyasida MHXSK bilan hamkorlik qilish samarali ekanligini rasmiy ravishda e’lon qilgan. AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi: - standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak; - standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak.
    Download 145 Kb.




    Download 145 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Standart hisobotlar Reja: Standart hisobotlarni umumiy xarakteristikasi

    Download 145 Kb.