• Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
  • G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi.
  • Strategik ko’rishni shakllantirish
  • Kompaniya maqsadlarini o’rnatish
  • O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar
  • Mavzu. Strategiya yaratishning vazifalari




    Download 52,88 Kb.
    bet1/3
    Sana09.10.2024
    Hajmi52,88 Kb.
    #274184
      1   2   3
    Bog'liq
    MAVZU

    1. MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI

      1. Strategik ko’rishni shakllantirish.

      2. Kompaniya maqsadlarini o’rnatish.
      3. O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar.

      4. Strategiyani ishlab chiqish.
      5. Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.

      6. Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar.
      7. Falaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon.

    2. 8. Strategiya yaratishda missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi.
      1. G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi.

      2. Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqish.



      1. Strategik ko’rishni shakllantirish

    Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.


    Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat8:
    1)kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish; 2)kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan
    tushuntirib berish;
    3)kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida qaror qabo’l qilish;
    Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim: 1)axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak

    1. xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz

    2. texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan

    extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob topish lozim.
    Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:

    1. umumiy

    2. detallashtirilgan

    Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish va xokazo.
      1. Kompaniya maqsadlarini o’rnatish

    Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu korxona boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.


    Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir.
    Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi
    falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
    Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:

    • Korxonaning biznesini aniqlash

    • uning asosiy maqsadlarini belgilash

    • korporativ falsafani aniqlash.

    Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (3-rasm.)




    1. rasm. Maqsadni belgilash va korxona strategiyasini shakllantirishda xarakatlanuvchi guruhlar

    Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:



    • Bizning biznesimiz nimadan iborat?

    • U qanday bo’ladi?

    • U qanday bo’lishi kerak?

    Birgina biznes bilan shug’ullanuvi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni taqozo etadi:

    • kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)?

    • qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)?

    • istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi ustunliklar)?

    Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:

    • xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);

    • korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan. Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • kompaniya portfelining maqsadlari;

    • xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi;

    • portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans.



      1. O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar

    Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga


    erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
    Mashxur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz9:

    • Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo’lish

    • Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish.

    • General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni egallash.

    • Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va oltin ishlab chiqarish xajmini yiliga 125000 untsiyaga yetkazib, 1500000 untsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo’lish.

    • Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni globallashtrishni davom ettirish

    Bu yerda ham o’zoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. O’zoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi: birinchidan, ular o’zoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni o’zoq muddatli istiqbolni xisobga olgan xolda bugungi qarorlarni qabo’l qilishga undaydi.
    Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni xam, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning talab qilingan darajasini xam (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) ko’rsatadilar.
    Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi kompaniyalarning menejerlari xar bir xal qiluvchi natija uchun maqsadlar belgilaydilar va so’ngra erishish lozim bo’lgan maqsadlar sari qat’iy xarakat qiladilar. Odatda ular menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu yerda «daromadni maksimallashtirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo xajmini oshirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
    Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi (bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi).

    Download 52,88 Kb.
      1   2   3




    Download 52,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Strategiya yaratishning vazifalari

    Download 52,88 Kb.