Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar. Kompaniyaning aktsionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko’pchilik korporatsiyalarning maqsadi aktsionerlarning daromadlarini imkon qadar ko’paytirishdan iboratdir. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda oladilar:
9Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.40
dividendlardan;
bozorning ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) kapitalning qiymati ortishidan
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir, bu esa kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
Tashkilot strategiyasi - bu kompaniyaning to’rgan joyidan erishmoqchi bo’lgan joyiga qanday qilib o’tkazish mumkin, degan masalani yechish xaqidagi yo’riqnomadir. Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi:
korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha umumiy strategiya);
ishbop strategiya (kompaniyaning xar bir yo’nalishi uchun strategiya);
funktsional strategiya (kompaniyaning xar bir funktsional to’zilmasi uchun strategiya);
amaliy strategiya (asosiy to’zilmalar: zavodlar, savdo shaxobchalari va bo’limlar uchun );
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog’onalari10.
Strategiya faqat oliy raxbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas. Uni ishlab chiqishning quyidagi to’rtta pog’onasini ajratib olish maqsadga muvofiqdir:
korporatsiya miqyosi,
bo’linmalar miqyosi
funktsional miqyosi
quyi pog’ona menejerlari (dala komandirlari).
Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Kompaniya strategiyasini aniqlashga ko’plab omillar ta’sir qiladi. Bu omillarning o’zaro ta’siri xar bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Korxona hamisha xam o’zi xoxlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning xarakatlari qonun , davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi11:
jamiyat manfaatlari va odob meyorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish;
ijtimoiy afzalliklar va jamiyat extiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga solish;
tartiblashtiruvchi meyorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur xarakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish;
aktsiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash;
jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini shugullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi lozim.
Strategiyada xisobga olinishi va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli. Bu omillarning o’zaro ta’siri odatda kompleks xarakterga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniyaning faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiyaning o’zi muvaffaqiyat keltirmaydi.
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar
Strategiya to’zishga yondoshuvlar quyidagicha bo’ladi12:
Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi. Bunday xolda boshqaruvchi axvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi.
Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani to’zish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday xolda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardan to’zilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
Qo’shma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv o’rtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab chiqish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni ushalarning o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi.
Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan xam,
«g’oyalar generatorlari» guruxini boshqarishdan xam manfaatdor emas. Bilaks, boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, ximoya qilish va xayotga tadbiq etish uchun menejerlarni o’zlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo’lgan turt asosiy yondoshuvning birortasi xam eng yaxshi yondoshuv sifatida yo’zaga chiqmaydi. Ularning xar birini kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo’yicha variantlarni turlicha bajaradilar.Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik Korxonalar strategiyani xar yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Strategiya ma’naviy jixatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning xar bir xarakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. Kompaniya bilan yetkazib beruvchi xam sherik, xam o’zaro raqibdir. SHuning uchun ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Jamiyat nazarida xar bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos bo’lishi, o’z vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni o’z vaqtida to’lashi lozim.
Falaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon
Agar strategiya kompaniyaning axvoliga mos bo’lmasa, raqobat ustunligi yaratilmasa, ishni yaxshilashga yaramasa - bunday strategiya g’olibona strategiya deyilmaydi. G’olibona strategiyaning 3 ta belgisi bo’ladi13:
moslik darajasi mezoni;
raqobat kurashida ustunlik mezoni;
ishning jadalligini oshirish mezoni.
Moslik darajasi mezoni. Yaxshi strategiya uning imkoniyatlari va intilishlari, ichki va tashqi omillar no’qtai nazaridan kompaniyadagi vaziyatga mos kelmas ekan,u shubxalidir.
Raqobat kurashida ustunlik mezoni. Yaxshi strategiya raqobatda barqaror ustunlikka erishishga olib keladi. Strategiya yordamida raqobat kurashida qanchalik katta ustunlikka erishilsa, strategiya shunchalik kuchli va samarali bo’ladi.
Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining intensivligini oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikkita turi o’ta muxim bo’lib, ular quyidagilar:
Daromadlilikning oshishi.
Kompaniyaning o’zoq kelajakdagi faolligi xamda raqobatbardoshligining oshishi.
Strategiya yaratishda missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo’yicha variantlarni turlicha bajaradilar.Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik Korxonalar strategiyani xar yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Strategiya ma’naviy jixatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning xar bir xarakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. Kompaniya bilan yetkazib beruvchi xam sherik xam o’zaro raqibdir. SHuning uchun ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
jamiyat manfaatlari va odob meyorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish;
ijtimoiy afzalliklar va jamiyat extiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga
solish;
tartiblashtiruvchi meyorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur
xarakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish;
aktsiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash;
jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini shugullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi lozim.
Strategiyada xisobga olinishi va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli 5-rasmda keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta’siri odatda kompleks xarakterga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniyaning faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiyaning o’zi muvaffaqiyat keltirmaydi.
G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi (bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi)14.
|