|
Mavzu: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash. While operatori Fan
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 17,11 Kb. | | #240854 |
Bog'liq dars ishlanma (konspekt)2024
Sana:
|
|
|
|
|
Sinf:
|
9-A
|
9-B
|
9-D
|
9-E
|
Mavzu: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash. While operatori
Fan: Informatika
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga tarmoqlanuvchi algoritm haqida tushuncha berish , while operatorida masalalar ishlashni o’rgatish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, AKT, multimedia, tarqatma materaillar.
Dars turi: Yangi bilim berish
O‘quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O‘qitish usullari: blits-so‘rov, savol-javob.
O‘qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O‘qitish vositalari: 9-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og‘zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Davomatni aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
II. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish:
O‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va ular bilan savol-javoblar o‘tkazish
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
III. Dars materiallarini tushuntirish:
Nazariy qism:
for sikl operatorini avvaldan takrorlanishlari soni aniq bo‘lgan masalalarni yechish uchun qo‘llash samara beradi. Lekin har doim ham takrorlanishlar sonini avvaldan bilib bo‘lmaydi. Faqatgina shart tekshirish orqali sikl davom etishi yoki to‘xtashi kerakligi haqida xulosa qilish uchun while sikl operatoridan foydalangan ma’qul.
while sikl operatori
while sikl operatori shart ifodasi bajarilgan holatlar (True bo‘lsa) uchun davom etadi, agar shart bajarilmasa (False bo‘lsa), sikl o‘z ishini to‘xtatadi. While sikli – berilgan shart rost bo‘lgan holda sikl tanasi bajariladigan sikl turi. Agar sikl boshida shart bajarilmasa, u holda sikl ishga tushmaydi.
Cheksiz sikl
while siklidagi shart ifodasi doimo bajarilsa (True qiymat qaytarsa), sikl hech qachon to‘xtamaydi, ya’ni cheksiz davom etishi mumkin. Cheksiz sikl yaratish juda ham oson bo‘lib, shartning o‘rniga True kalit so‘zi kiritilsa kifoya.
IDLE interfaol muhitida cheksiz siklni to‘xtatish uchun, Ctrl tugmachasini bosib turgan holda C tugmachasi bosiladi yoki Ctrl+C birgalikda bir necha marta bosiladi. IDLE esa dasturni to‘xtatish uchun so‘rov yuboradi.
IV. Amaliy ish:
1.Qaysi operator Python dasturlash tilida shartli sikl ko‘rinishida ishlaydi?
2.Shart bo‘yicha sikl operatorining hisoblagich ko‘rinishidagi sikl operatoridan farqi nimada?
3.Shart bo‘yicha sikl operatorining yana qanday turini bilasiz?
V. Darsga yakun yasash:
O‘quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
VI. Uyga vazifa berish:
Mavzu 88-betdagi savollarga javob yozib kelish, o‘tilgan mavzu bo’yicha 6 ta test tuzish.
Tekshirdim: ________________________________________________
|
| |