|
Mavzu: Talim metodlari va ularning turlari hamda ularni o'zlashtirishga bo'lgan turlicha yondoshuvlar
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238896 |
Bog'liq Talim metodlari va ularning turlari hamda ularni o\'zlashtirishga bo\'lgan turlicha yondoshuvlar Mavzu: Talim metodlari va ularning turlari hamda ularni o'zlashtirishga bo'lgan turlicha yondoshuvlar Bajardi:____________________ Tekshirdi:____________________ Mavzu: Talim metodlari va ularning turlari hamda ularni o'zlashtirishga bo'lgan turlicha yondoshuvlar - Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. Metodlarning asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga egadir. Metod, oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi.
Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz. - Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.
- Demak, ta’lim metodlari quyidagicha tasniflanadi:
- 1. An’anaviy ta’lim metodlari: og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy , kitob bilan ishlash va video metodlari.
- 2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari: Axboriy-retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon etish, evristik (qisman izlanish), tadqiqotchilikka doir.
- 3. Asosiy didaktik maqsadlarga ko‘ra ta’lim metodlari:
- a) yangi bilimlarni egallash;
- b) ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- d) bilmlarni amaliyotda qo‘llash.
4. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari: 4. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari: a) bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari; b) o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; d) o‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; c) o‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. 5. Interfaol metodlar va grafik organayzerlar. a) o‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari; b) yangi materialni anglash metodlar; d) o‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. - Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
- Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda, odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli. hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko'rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. - Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
- Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi. An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
|
| |