Mavzu: tarbiya jarayonida oila mahalla hamda ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorligi reja




Download 15.81 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi15.81 Kb.
#96155
Bog'liq
MT7 tarbiya
15.ZAMONAVIY ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR, SLAYD.09, types of writing, 11.WRITE ABOUT THE CHANGES IN TECHNOLOGY OF TEXTILE INDUSTRY, 1. Media madaniyati, MT10 tarbiya, MT2 o\'zb, MT9 tarbiya, Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2, Юрак зарблари6, Юрак зарблари7

Mavzu: TARBIYA JARAYONIDA OILA MAHALLA HAMDA TA’LIM MUASSASALARINING O’ZARO HAMKORLIGI

Reja:


1. Kirish
2. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi
3. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari
4. Xulosa

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi milliy qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi davlatimiz tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e’tibor qaratilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo’lga kiritilgan milliy qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy inostitutlar va uning muammolari bo’yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo’lib qolaveradi. Yosh avlodni tarbiyalashdek buyuk ishga Prezidentimizning ta’lim sohasiga alohida e’tiborlarini qaratganliklari har bir fan o’qituvchisidan o’z faoliyatiga jiddiy yondashishini talab etmoqda. Davlatimiz rahbarining qator qarorlari asosida yoshlar bilan ishlash negizida mahalla maktab va oilaning o’rni haqida fikr yuritilgan. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo’ldi. “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o’zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir. Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining ma’naviy-axloqiy negizi bo’lgan milliy va umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o’zaro aloqasi hamda muhim yo’nalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta’lim muassasasi hamkorligida milliy tarbiya yo’nalishda yoshlarning o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o’zlashtira olishlari zarurligi ko’rsatilgan bo’lsa, umuminsoniy yo’nalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan.


Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida yo’lga qo’yiladi: 1. Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi. 2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi. 3. Hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati. 4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi. 5. Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi. O’zbekistonda sog’lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini ta’minlash samaralarining garovidir. Bu borada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustivor yo’nalishlar quyidagilardan iboratdir: Oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashning huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan uslubiy ta’minotni mustahkamlash; Oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish; O’quvchi yoshlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo’yicha kasbga yo’naltirish; Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llabquvvatlash; Voyaga yetmagan o’smirlar va yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish bo’yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish; Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga keng jalb etish orqali sog’lom oilaga tayyorlash; Barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish; Sog’lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalanish. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo’ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqazo etadi. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan 2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi qarorlari bunday xayrli ishlarning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. O’zbekistonda 1998 yil Oila yili deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. O’zbekistonda yuz berayotgan o’zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo’nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek,Oila jamiyatimizning asosiy bo’g’inidir. Haqiqatan ham oila bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir. 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari bilan Mustahkam oila yili deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo’lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo’g’ini bo’lmish oilainstitutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga ko’tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko’zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon. Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo’lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o’zaro hamjihatliligi talab etiladi. Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o’zbek jamiyatida jamoa bo’lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so’zi arabcha „Mahallun" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo’lib, o’tmishdan meros bo’lib kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz Mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi, deb ta’kidlamagan. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish borasida kichik Vatan bo’lmish mahallaning oldida quyidagi vazifalar turadi: mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko’rasatilishi, mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh bo’lishi,ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish, mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash, ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag’batlantirish;yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ulug’ ajdodlarimizning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini, respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil qilishdir. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bolanitarbiyalashda, maktab, mahalla, oila hamkorligi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga qo’ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deganidek bola ham oilasida qanday tarbiya ko’rsa jamiyatda ham mahallada ham shuni ko’rsatadi. Ulug’ bir donishmandlardan biri “Agar sen bir yilni o’ylasang bug’doy ek, hosini kuzning o’zidayoq olasan. O’n yildan keyinni o’ylasang, bog’ yarat, uch to’rt yil o’tib, meva beradi. Agar sen kelajak tashvishing bilan yashasang farzandlaringga yaxshi tarbiya ber”- degan ekan. Bu bilan nima demoqchi ya’ni kelajaging bolang qolida sen unga qanday tarbiya bersang shuni o’zingga qaytaradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. R. Mavlonova, K. Xoliqberdiyev, "Pedagogika". T: "O’qituvchi nashriyoti". 2002- yil 2. R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulovalarning TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI 3. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o’quvchilarning vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 4. Umumta’lim fanlar Metodikasi jurnali
Download 15.81 Kb.




Download 15.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: tarbiya jarayonida oila mahalla hamda ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorligi reja

Download 15.81 Kb.